Bakalavrlarni tayyorlash sohasidagi vazifalarni qamrab olgan


-rasm. XEK xalqaro tashkilotining tashkiliy tuzilmasi


Download 207.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana04.01.2023
Hajmi207.04 Kb.
#1078574
1   2   3   4
Bog'liq
1 мавзу

1.1.2-rasm. XEK xalqaro tashkilotining tashkiliy tuzilmasi 


XEKning Oliy rahbar idorasi XEK kengashidir, u yerda mamlakatlarning 
hamma milliy qo’mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident 
bo’lib, u har 3 yil muddatda saylanadi. Bundan tashqari vitse-prezident, g’azinachi, 
bosh sekretar lavozimlari ham bor. XEK har yili bir marta o’z kengashiga yig’iladi 
va o’z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi. Uning tashkiliy tuzilmasi 1.1.2-
rasmda keltirilgan. 
1972 yilga qadar XEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya 
sifatida faolèÿò ko’rsatar edi. 1972 yili esa XEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro 
standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi. 
Sinov 
laboratoriyalarini 
akkreditlash 
bo’yicha 
Xalqaro 
konferentsiya - (ILAC) 1977 yil (Kopengagen, Daniya)da birinchi 
bo’lib tashkil etilgan. 
Konferentsiyani ish olib borishidan maqsadi savdoda texnik 
to’siqlarni sinov laboratoriyalarini akkreditlash yo’li bilan xalqaro darajadagi 
tamoyillar va usullarni, sinov natijalarini o’zaro ishonchliligini o’rnatish asosiy 
yo’nilishdir. 
ILAC o’zining faoliyati darajasida xalqaro kelishuvni ikki turini ko’zda 
tutadi:
- akkreditlanmagan laboratoriya sinov sertifikatlari, bayonnomalarni o’zaro 
tan olish bo’yicha kelishish;
- milliy tizim akkreditlagan sinov laboratoriyalarini o’zaro tan olish bo’yicha 
kelishish (sertifikatlarni va ulardan foydalanish imkoniyati mavjudligi). 
O’tgan asrning 90-yillarining o’rtalarida Yevropa Ittifoqida (EC) ishlab 
chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlar sifati bo’yicha yangi siyosat qabul 
qilindi.
ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalariga asosan laboratoriyalarini 
akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarini aniq sinovlar yoki aniq tur 
sinovlari (ISO /IES Rukovodstvo 2.86) o’tkazishga huquq berishdan iborat. 
Akkreditlangan sinovlar tushunchasi mahsulotni sertifikatlashtirish faoliyati 
bilan chambarchas bog’langandir. 
ILAC (Internationai Laboratory Accreditation Conference) birinchi marta 
1977 yili Kopengagen (Daniya) da chakirilgan. ILAC ning yaratilishidan milliy 
tizimlarini o’zaro tan olish bilan amaldagi va xalqaro bitimlardagi ma’lumotlarni, 
mahsulotni sinash natijalarini va boshqa mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirishga harakat qilish. 
1980 yilda chakirilgan ILAC ning konferentsiyasida milliy tizimlarining 
akkreditlangan laboratoriyalarini o’zaro tan olish bo’yicha amaldagi ikki va ko’p 
tomonlama bitimlar haqida ma’ruza tayyorlashga qaror qabul qilindi. 


Ish jarayonida ikki xil xalqaro bitimlar borligi namoyon bo’ldi: 
Laboratoriyalarni 
akkreditlamasdan 
sinov 
natijalarini 
va 
sertifikat 
bayonnomalarini o’zaro tan olish bitimi; 
Sinov laboratoriyalarining akkreditlash milliy tizimlarini o’zaro tan olish 
bitimi (tan olishni sertifikatga yozish bilan). 
SHu masalalar bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va ularning natijalariga 
ko’ra shunday bitimlar zarurligi qayd qilindi.
Laboratoriyalarning akkreditlash masalalari hozirgi kunda aktual bo’lib, ular 
bilan bog’liq bo’lgan materiallarni sistemali ravishda chop etilish zarurati tugildi. 
SHu masalalarda har doim ILAC o’z materiallarining chop etilishini 
«Metrologiya» jurnali tahririyati bilan hamkorlikda amalda oshirilishiga qaror 
qildi. 
1983 yili ILAC tashabbusi bilan sinov laboratoriyalari uchun sifat bo’yicha 
qo’llanma tuzishga tavsiyaviy loyiha tayyorlandi, 1986 yili esa bunday tavsiya 
qabul qilindi. ISO va MEK lar tomonidan qayta ishlangan bu hujjat ISO - IES 49 
qo’llanmasi nomi bilan ma’lumdir. 
ILAC tomonidan ishlab chiqarilgan xalqaro hujjatlar mahsulotni chetga 
chiqaradigan va chetdan mol olib keladigan mamlakatlardagi savdo – iqtisodiy 
siyosatiga katta ta’sir o’tkazmoqda. Bunga misol tariqasida YeES mamlakatlari 
tomonidan 1989 yili qabul qilingan akkreditlanuvchi laboratoriyalarga talablar 
asosini belgilovchi akkreditlar va sertifikatlashtirish idoralari uchun zarur Yevropa 
EN – 45000 standartini ko’rsatish mumkin. 
Nazorat savollari 
1. Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti qachon va qaerda tashkil 
qilingan? 
2. Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti ISO (International Standards 
Organization) qachon tashkil etilgan. 
3. ISO ning tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsad nima? 
4. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi qachon tashkil etilgan? 
5. ISO va MEK faoliyatlari bo’yicha qaysi soxalarda ish olib boradi? 

Download 207.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling