Bakalavrlarni tayyorlash sohasidagi vazifalarni qamrab olgan
Download 207.04 Kb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
1-mavzu. “Sertifikatlashtirish asoslari” faniga kirish 1.1. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari 1.1. Sertifikatlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlari va ISO, ISO/IEC, ILAC tashkilotlarining faoliyatlari 1.1. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari Ushbu fan iqtisodiyotda mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirishda sifatni nazorat qilish, sifatni ta’minlash va sifatni boshqarishning tavsiflari, ularning sifat ko’rsatkichlari va sinash usullari, me’yoriy xujjatlar bilan ta’minlanishi, korxona va tashkilotlarda sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etilgan sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirishda audit o’tkazish, audit turlari, o’tkaziladigan va o’tkazilgan ichki audit natijalarini taxlil qilish, taxlil natijalari asosida sifat menejmenti muvofiqligini baholash va tasdiqlash tartiblari, fan tarixi va rivojining tendentsiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va sertifikatlashtirish sohasidagi xalqaro, hududiy muammolarning sertifikatlashtirish istiqboliga ta’siri kabi masalalarini qamrab oladi. Bu fanining axamiyati xalqaro savdo tizimiga O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining integratsiyalashuvi bilan aloqador metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va mahsulot sifat menejmenti yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlarni tayyorlash sohasidagi vazifalarni qamrab olgan. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini boshqarish va sifatni ta’minlashda sertifikatlashtirish faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini kafolatlanishi, muvofiqligini xolisona baxolash va raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlanishi bilan mahsulotlarni sertifikatlashtirish muhim o’rin tutadi. Shuning uchun mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish jarayoniga alohida talablar va vazifalar qo’yilgan. Ishlab chiqarish, maxsulot va xizmatlar xamda xodimlarni sertifikatlashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish, sertifikatlashtirish ob’ektlarini eksport qilishga tayyorlash, ularning tannarxini va sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishning tashkiliy masalalarini yoritib beradi. SHu sababli ushbu fan asosiy mutaxassis fani xisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo’g’ini bo’lib xisoblayadi. Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning strategik maqsadlari belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida «raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash» alohida ta’kidlab o’tilgan. Iqtisodiy islohotlarning ustivor sanalgan yo’nalishlarida ham quyidagilarni ko’rishimiz mumkin: - ilg’or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish; - aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash; - mamlakatning eksport quvvatidan to’la-to’kis foydalanish, uni jadallik bilan rivojlantirish. Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida ulkan ishlar amalga oshirildi va natijada O’zbekiston sanoatlashgan hamda iqtisodiy jihatdan buyuk imkoniyatlarga ega davlatlar safiga qo’shildi. Mahsulotlar, xizmatlar va ishlarni sertifikatlashtirish – mahsulotni o’rnatilgan talablarga va uning sifati bilan to’g’ri bog’liqligini tasdiqlashdir. Sifatsiz mahsulot sertifikatlashtirilishi mumkin emas. Sertifikatlashtirish quyidagi yo’nalishlarga: - mahsulot (xizmat) iste’molchilarning tanlash layoqatliligi faoliyati; - iste’molchilarni nopok va vijdonsiz ishlab chiqaruvchilar (sotuvchi, bajaruvchi)dan himoya qilish; - mahsulot (xizmat, ishlar)ni atrof-muhit, yashash va jamiyat sog’lig’i uchun xavfsizligini nazorat qilish; - mahsulot (xizmat, ishlar) sifat ko’rsatkichlari va ushbu mahsulotni ishlab chiqargan ishlab chiqaruvchilar (bajaruvchilar)ni tasdiqlash; - tashkilot va xususiy tadbirkorlar faoliyatini Respublikamiz yagona tovar bozorini hamda xalqaro iqtisodiyotda, ilmiy-texnik hamkorlikda va xalqaro savdolarda qatnashishi uchun imkoniyat yaratish sohasida ish olib boradi. Muvofiqlikni tasdiqlash va baholash tizimi mahsulot sifati va xavfsizligini, ishlar va xizmatlarni nazorat qilish va buning uchun davlat tekshiruvi va nazorati, litsenziyalashtirish, ixtiyoriy sertifikatlashtirish bilan boshqa nazorat shakllarining asosiy mexanizmi bo’lishi bilan ahamiyatlidir. Respublikamizda sertifikatlashtirishni rivojlantirish istiqboli mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish, shu bilan birga «muvofiqlikni tasdiqlash va baholash» - tizimiga o’tish, hamda bu faoliyatni takomillashtirish bo’yicha «O’zstandart» agentligi tomonidan qabul qilingan kontseptsiyada to’liq tarzda yoritib berilgan. SHu sabablarga ko’ra, ushbu darslik respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ta’lim borasidagi islohotlarga yondashgan holda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti sohalaridagi bilimlarni yetkazishda sertifikatlashtirish asoslari va sifat menejmenti tayanch faoliyat ekanlagini inobatga olib yaratishga harakat qilindi. Fanni o’qitishdan maqsad — talabalarda maxsulot va xizmatlar, korxona sifat menejmenti tizimini xamda xodimlarni sertifikatlashtirish, sertifikatlashtirish sxemalari, sertifikatlashtirishning shakllari, sinov laboratoriyalarini tashkil qilish, sinov turlari, sertifikatlashtirish va sinov natijalarini rasmiylashtirish xamda muayyan sharoitlarga mos xolda sertifikatlashtirishni tashkillashtirish, sifat menejmenti tizimini rivojlanish istiqbollari, respublikamizda sifat menejmenti tizimini korxonalarda joriy etish va sertifikatlashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar bo’yicha yo’nalish ixtisosligiga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifasi — uni o’rganuvchilarga: - sertifikat,sertifikatlashtirish faoliyatlari to’g’risida; - sertifikatlashtirish bo’yicha xalqaro, xududiy va milliy tashkilotlarning faoliyatlari va tuzilmasi to’g’risida; - maxsulot va xizmatlarining sifatini kafolatlovchi hujjatlar haqida; - savdodagi texnik to’siqlar va maxsulotlarning eksport va import jarayonlari; ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar va ularning mahsulot sifatini ta’minlashdagi ahamiyati; - mahsulot sifatiga jarayonli yondoshish roli; - sifat ta’minoti tizimlari va ularning rivojlanish bosqichlari; - sifat menejmenti tizimini korxonalarda qo’llash; - sifat boshqaruv hujjatlarini elektron versiyasini; - sifat tizimini zamonaviy boshqarishda axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish istiqbollarini o’rgatishdan iborat. Download 207.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling