Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


-rasm. Jamoa boshqaruvning asosiy funksiyalari3


Download 346.82 Kb.
bet32/68
Sana05.02.2023
Hajmi346.82 Kb.
#1167981
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)

4-rasm. Jamoa boshqaruvning asosiy funksiyalari3
Ko‘rib turibmizki, rag‘batlantirish vazifasi boshqa barcha vazifalar bilan bog‘liq bo‘lib turibdi. Jamoarda boshqaruv jarayonining birinchi zanjiri bo‘lib, rejalashtirish vazifasi turadi. Bu jamoaning menejerlar korpusining ishi bo‘lib, jamoaning maqsadlarini aniqlash, ularga erishishning yo‘li va vositasi bilan bog‘liqdir. Jamoani boshqarishdagi eng muxim bo’lgan asosiy vaziflarni atrofliycha yoritib boorish qolgan realer ketma ketligida davom etadi.


5.2 Rejalashtirish va nazorat funksiyasi

Rejalash funksiyasi. U tashkilotning maqsadi qanday bo‘lishi, bu maqsadga erishish uchun uning a’zolari nima qilishini belgilashni ko‘zda tutadi.


Reja tashkilotning kelajakdagi holatining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy modelini tasvirlaydi. Vaziyatga mos keladigan yagona rejalash usuli mavjud emas. Rejalash tipi va yo‘nalishi firmaning tashkiliy iyerarxiyada tutgan o‘rniga bog‘liq, ya’ni rejalashtirish tashkilotning darajasiga mos ravishda amalga oshiriladi va u asosan uch tipga bo‘linadi:
Strategik rejalash — bu tashkilotning tarkibi asosida uzoq istiqbolga nazar solish uchun intilishdir, ya’ni hududiy doirada qanday o‘zgarishlar bo‘layotganini hamda raqobatchilar xulqini baholashdir. Bu darajada rejalashning bosh maqsadi— tashkilot bozor sharoitida o‘zini qanday tutadi. Tashkillash jarayoni bo‘linma ishini korxona ko‘lami, uning maqsadi, texnologiya va personal asosida tizimlaydi va shakllantiradi. Tashkil qilish funksiyasini bajarish jarayonida quyidagi tamoyillarga amal qilish kerak:— rejalash jarayonida aniqlangan firma maqsadlarini detallashtirish va aniqlash;

  • bu maqsadlarga erishish uchun faoliyat turini belgilash;

  • shaxslarga turli topshiriqlar berish (mehnat taqsimoti) va ularni boshqariladigan ishchi guruhlarga yoki bo‘linmalarga birlashtirish;

  • o‘zaro ish munosabatlari vositasida har bir guruhga topshirilgan faoliyat turini bir-biriga moslash;

  • maqsad birligi — tashkilotning har bir a’zosi umumiy maqsad uchun ishlashi;

  • nazorat yoki menejment ko‘lami — har bir menejerning guruhdagi boshqariladigan xodimlar soniga javob bera olishi.

Shunday qilib har bir menejer o‘zi rahbarlik qiladigan xodimlarning ideal sonini belgilashi zarur. Shuning bilan bog‘liq ravishda ikki faktorga e’tibor berishi darkor: boshqarish me’yori (bir menejer samarali boshqariladigan xodimlar soni) va vaqt hamda tebranish (chastota).

Download 346.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling