BOB. JAMOADA SAMARALI ISHLASH FANING RIVOJLANISH TARIXI, PREDMETI VA MAZMUNI
Muhim tushunchalar: Korxona, kadrlarni boshqarish, samarali faoliyat, fanning rivojlanish tarixi, xotorn tadqiqotlari, xodimlar, jamoa samaralarni tavsiflash, jamoadan ajralish, guruhlar, rasmiy, norasmiy, yapon mujizasi, sifat to‘garaklari, ijtimoiy-psixologik, mehnat jamoalar, guruhlar va jamoalar, jamoalarning asosiy xusuiyatlari, rejali iqtisodiyot, mamuriy buyuqbozlik, jamoa mulki.
1.1. Jamoada samarali faning ishlashningning mohiyati va mazmuni
Jamoani samarali boshqarish bir qator vazifalar amalga oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan, korxona va tashkilotlarni modernizatsiyalash sharoitida o‘z mavqelarini saqlab qolishi, ularning raqobatbardoshliligini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida jamoani samarali boshqarish sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning ilmiy va amaliy usullari to‘g‘ri tanlanishini talab etadi.
Korxona va tashkilotdagi kadrlarni boshqarish bo‘yicha asosiy tarkibiy bo‘linma kadrlar bo‘limi bo‘lib, unga kadrlarni ishga qabul qilish va bo‘shatish, shuningdek, o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi vazifalar yuklanar edi. Ayni paytda, kadrlar bo‘limi tarkibiy jihatdan mehnatni tashkil etish va ish haqi bo‘limlari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limlari, kadrlarni boshqarish vazifalarini bajaradigan xususiy bo‘limlar va boshqa bo‘linmalar bilan tarqoq holda ish olib borardi. Shu sababli ham, kadrlar bo‘limi xodimlarni boshqarish va ularga me’yoriy ish sharoitlari yaratib berishni ta’minlash sohasidagi bir qator vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega emas edi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz otib borayotgan hozirgi davrda jamoani boshqarish va umuman boshqaruv sohasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng muhimlari: ya’ni, ijtimoiy-psixologik diagnostika; jamoalarda o‘zaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish; ishlab chiqarish va ijtimoiy ixtiloflarni hamda stresslarni bartaraf etish; kadrlar boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash; ish bilan bandlikni boshqarish; bo‘sh lavozimlarga nomzodlar tanlash va baholash; kadrlar potensiali va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish; kadrlar marketingi; xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilish; xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi; mehnat jarayonidagi motivlar va sabablarni boshqarish; mehnatning huquqiy munosabatlari masalalari; mehnat psixofiziologiyasi, ergonomikasi va mehnat etikasidan iboratdir.
“Jamoada samarali ishlash” fanining predmeti korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va ishlovchilar ehtiyojlarini qondirish maqsadida jamoa a’zolariga maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |