Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


Yaponiya – “yapon mujizasi” va sifat to‘garaklari


Download 346.82 Kb.
bet6/68
Sana05.02.2023
Hajmi346.82 Kb.
#1167981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)

1.3 Yaponiya – “yapon mujizasi” va sifat to‘garaklari.

Yaponiya zamonaviy jahon xo‘jaligida alohida o‘ringa ega mamlakat bo‘lib, Meydzi (1868) inqilobidan keyin yuz yil ichida feodal davlatdan rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatiga aylandi. Bu davrda Yaponiya iqtisodiy jihatdan o‘zini tiklabgina qolmasdan sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi. Yaponiyaning “iqtisodiy mujizaga” erishish omillari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:



  • AQSH va G‘arbiy yevropaga nisabatan yapon ishchi kuchining arzonligi, yuqori malakaga egaligi va mehnatsevarligi;

  • yalpi jamg‘arish normasining yuqoriligi - ushbu ko‘rsatkich 1990 yillarning o‘rtalarigacha 30% dan yuqori bo‘ldi;

  • harbiy xarajatlarning pastligi - davlat byudjetidan harbiy mudofaa uchun sarflanayotgan xarajatlar miqdori 1930-1940 yillarda yalpi ichki maxsulotning 9-10% ini tashkil etgani holda, ushbu ko‘rsatkich 1947-1980 yillarda 1% dan oshmadi;

  • va albatta boshqaruvdagi jamoaviy harakatlardagi samaralar natijasi bo‘ldi.

Xorijda boshqarish bo‘yicha yapon tajribasi sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda o‘rganilmoqda.
Yapon tizimining o‘ziga xos xususiyati — mashhur “umrbod yollanish”dir. Bunda xodim o‘quv yurtini tamomlagandan keyin tashkilotga ishga kirgach, uni butun mehnat hayoti mobaynida tark etmaydi. Jamoada samarali ishlashning butun tizimi mazkur tamoyilga buysundirilgan. Masalan, mehnatga haq to‘lash tizimi shunday tuziladiki, xodim oladigan daromadning anchagina qismi kompaniyadagi ish stajiga bog‘liqdir va har yili muayyan miqdorda ortib boradi.
Yapon korxonasi — bu faqat xodimlar birgalikda mehnat qilish uchun birlashadigan iqtisodiy tizim bo‘lib qolmasdan, shu bilan birga, o‘zaro majburiyatlar bilan yagona “ishlab chiqarish oilasi”ga bog‘langan hamfikrlarning ijtimoiy hamjamiyatidir. “Firma oilasi” — yapon menejmentining juda keng tarqalgan shiorlaridan biri bo‘lib, u amalda quyidagicha ro‘yobga chiqariladi. Ish bilan bandlar, ya’ni “bolalar” o‘z sadoqatlarini doimiy ravishda namoyish qilishlari va “o‘zlarini butunlay jonajon oilaga bag'ishlashlari” kerak, astoydil mehnat qilishlari va firmalari farovonligini birinchi o‘ringa qo‘yishlari lozim. Buning uchun “otalar” — ma’murlaming g‘amxo‘rliklari tufayli ular ish bilan, yaxshi turmush sharoiti va doimiy ortib boruvchi daromad bilan ta’min etiladilar.

Download 346.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling