Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


Talab va takliflarni umumlashtirib to


Download 346.82 Kb.
bet44/68
Sana05.02.2023
Hajmi346.82 Kb.
#1167981
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)

2. Talab va takliflarni umumlashtirib toplash tizimini tashkil etish.
Bunday tizim faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan ko‘zlangan maqsad tashkiliy tuzilmaning quyi pog‘onasidan keladigan axborotlarni yuqoridagi rahbarlarga yetkazishni yengillashtirishdan va tashkiliy bo‘g‘inlar bo‘ylab uzatiladigan axborotni saralanishi saqlashni ta’minlashdan iborat. Mazkur tizim asosida tashkilotning barcha bo‘g‘inlaridagi xodimlar birdek tashkiliy faoliyatni takomillashtirish yo‘llarini izlash jarayoniga jalb etilishi mumkin.
3. Informatsion ma’lumotlar.
Yirik tashkilotlar, odatda barcha xodimlar uchun mo‘ljallangan oylik axborotnomalarni chop etadi. Bu xil nashrlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish usullarini izlashga, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa xil dolzarb masalalarga alohida e’tibor beriladi.
4. Zamonaviy axborot texnologiyalari.
Ularning joriy etilishi tashkilotdagi axborot oqimlarining harakatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, elektron pochta orqali har qanday xodimga kerakli ma’lumotni o’z vaqtida yuborish mumkin, videokonferensiyalar vositasida tashkiliy tuzilmaning har xil pog‘onasida turgan xodimlar bir vaqtning o‘zida muhim masalaning muhokamasida qatnasha oladi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Tashkiliy tuzilma miqyosida amal qiluvchi axborot tizimlarining alohida xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. Kommunikatsiya, kommunikatsion jarayonning asosiy maqsadlari va elementlari nimalardan iborat?

  3. Kommunikatsion jarayon bosqichlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  4. Kommunikatsion jarayonlarning kechishi bilan bog‘liq o‘ziga xos holatlari haqida nimalarni bilasiz?

  5. Zamonaviy firmada kommunikatsion jarayonlar mohiyati, tarkibiy elementlari va rivojlanish bosqichlari haqida aytib bering.

  6. ”Informatsiya” atamasiga ta’rif bering.

  7. Zamonaviy firmada kommunikativ aloqalar tizimini yaratish yo‘llarini ko‘rsatib bering.



Download 346.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling