12
Maxsus tarix fanlari, jumladan sfragistika,
hujjatshunoslik, arxivshunoslik
bilan ham chambarchas bog’liq.
Sfragistika — hujjatlarga qo’yilgan muhrlar orqali uning qaysi davlat, idora
yoki mansabdor shaxsga tegishliligini aniqlashda yordam beradi.
Hujjatshunoslik — hujjat turlari, ularni
rasmiylashtirish va hujjat
aylanishini tashkil etish kabi masalarni to’g’ri tashkil etishni o’rganishda yordam
beradi.
Arxivshunoslik — arxiv muassasalari saqlovxonasiga kelib tushgan shaxsiy
tarkib hujjatlari,
fond tashkilotchilari, ularning tarkibiy bo’linmalari, hujjat
turlarini tadqiq etishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, zamonaviy talablar asosida xodimlar faoliyatiga doir shaxsiy
tarkib hujjatlarini to’g’ri
yuritishni tashkil etishda informatika fani ham alohida
ahamiyatga ega. Fan yutuqlari asosida shaxsiy tarkib hujjatlarini qidirib topish,
hujjatlar hisobini yuritish va but saqlanishini ta’minlash
kabi ishlarni maxsus
dasturlar yordamida avtomatlashtirishda yetakchi tashkilot, korxona va
muassasalar tomonidan qo’llanib kelinmoqda.
Umuman olganda, kadrlar xizmatida ish yuritish fanini o’rganishni bir qator
boshqa fanlar bilan bog’liq ravishda olib borish hamda
olgan nazariy bilimlarni
amaliyotda muassasalar faoliyatini takomillashtirishda qo’llash joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: