3
KIRISH
Malaka amaliyoti magistratura talabalarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan
bog’laydi va uni mustahkamlaydi. Ushbu dastur davlat ta’lim
standarti,
malaka
talablari, o’quv reja, “Magistratura to‘g‘risda”gi Nizom, O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PQ-2909-sonli Qarori (2017 yil 20 aprel) hamda “Oliy ma’lumotli
mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot
sohalari va tarmoqlarining
ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli
Qarori
(2017 yil 27 iyul) ijrosini bajarishga qaratilgan. 70410402 – “Kapital bozori va birja
ishi” mutaxassisligi magistratura talabalari mutaxassislik fanlaridan 1, 2, 3-semestrlar
davomida nazariy bilim oladilar. Bu davr davomida magistratura
korporativ moliya
va qimmatli qog’ozlar bozori faoliyati bo’yicha milliy va xalqaro tajribalarni hamda
korporativ moliya tizimi samaradorligini ta’minlash haqida to’liq va asosli xulosalar
chiqarishgacha bo’lgan amallarni o’rganadilar.