Malaka amaliyoti magistratura talabalarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1533234
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4. КББИ малака фаолият дастури 2022

 

9-MAVZU. KAPITAL BOZORIDA SUVEREN QARZLAR 
Suveren qarzlar o‘ziga xos xususiyatlari va tasniflanishi. Kredit reytingi va 
uning suveren qarzlar bo‘yicha munosabatlarga taʼsiri. Kapital bozorida 
rivojlangan davlatlar suveren qarzlari. Suveren qarzlar tarkibi va tartibga solish 
mexanizmi. Rivojlanayotgan davlatlar suveren qarzdorligi, ularni tartibga solish 
metodlari va instrumentlari. Xalqaro, mintaqaviy va milliy darajada suveren 
qarzlarni tartibga solish xususiyatlari.
10-MAVZU. XALQARO FOND BOZORI 
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozori tarkibi va dinamikasi. Xalqaro fond 
bozori instrumentlari. Xalqaro fond bozori ishtirokchilari va savdo tashkilotchilari. 
Xalqaro fond bozori markazlari. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar chiqarish va kapital 
bozorida muomalasini tashkil etish. Xalqaro fond bozoridagi listing talablari. 
Aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO, SPO) bozorlari. 
11-MAVZU. KAPITAL BOZORINING INSTITUTSIONAL TARKIBI 
Kapital bozori institutlari tasniflanishi. Xalqaro valyuta fondi. Jahon banki 
guruhi: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi
Xalqaro moliya korporatsiyasi, Ko‘ptomonlama investitsion kafolatlar agentligi
Investitsion bahslarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro markaz. Xalqaro hisob-kitoblar 
banki. 
IV. ILMIY-AMALIYOT (TAJRIBA ORTTIRISH) BO’YICHA ILMIY 
RAHBAR VA TALABANING MAJBURIYATLARI 
Malaka amaliyoti bo’yicha ilmiy rahbarning majburiyatlari: 
– talabalarning amaliyotga chiqishidan oldin tashkiliy tadbirlarni o’tkazadi va 
zaruriy ko’rsatmalar beradi; 
– amaliyot ob’ektlariga talabalarning etib borganligi va zaruriy sharoitlari 
me’yordagidek ta’minlanganligini nazorat qiladi; 
– talabalarning amaliyot bo’yicha hisobotini ko’rib chiqadi, ularning amaliyot 
o’tash yuzasidan tayyorlagan hisobotiga hulosa beradi. 
Amaliyotchi talabalarning majburiyatlari: 
– ilmiy rahbaridan amaliyot o’tash yuzasidan tegishli maslahatlar olish; 
– amaliyot ob’ektiga o’z vaqtida etib borish va tashkilotning ichki mehnat 
tartibi qoidalariga to’liq rioya etish; 
– amaliyot dasturida ko’rsatilgan topshiriqlarni to’liq bajarish va amaliyot 
kundaligiga qayd etib borish; 
– amaliyot ob’ektida dasturda ko’rsatilgan mavzularga oid ma’lumotlarni 
o’rganish va shu asosida hisobot tayyorlash; 



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling