7
– o’quv jarayoni grafigiga mos ravishda belgilangan muddatlarda amaliyot
o’tash yakuni bo’yicha to’liq rasmiylashtirilgan yozma hisobot topshirish va uni
himoya etish.
V.
ILMIY-AMALIYOT (TAJRIBA ORTTIRISH) BO‘YIChA
HISOBOTNI TAYYORLASh, RASMIYLAShTIRISh VA UNI HIMOYA
QILISh TARTIBI
Amaliyot yakunida magistrant yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni
bevosita amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftar bilan
birga oliy ta’lim muassasasidan tayinlangan rahbarga topshiradi. Hisobot
magistrantning amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to’g’risidagi ma’lumotlar,
amaliyot ob’ektlari bo’limlarining qisqacha izohi, ular faoliyatini tashkil qilinishi,
amaliyot natijalari bo’yicha xulosa va takliflarni o’z ichiga olishi lozim.
Amaliyot yakunida magistrant o’z hisobotini kafedra mudiri tomonidan tashkil
etilgan komissiya oldida himoya qiladi.
Magistrant malaka amaliyotini o’tash davrida dasturdagi har bir mavzu
bo’yicha amaliyot materiallarini to’playdi, ularni o’rganib chiqadi. Mavzuda
ko’rsatilgan va bajarilishi lozim bo’lgan ishlar yozib boriladi. Unga amaliy
materiallar, hisob-kitoblar va jadvallar ilova qilinadi.
Hisobotning matn qismi jadvallar, sxemalar, rasmlar, chizmalarga muvofiq
tushuntirishlar va tahlillar bilan talabaning shaxsiy fikr-mulohazalari asosida
tayyorlanishi lozim.
Kafedra tomonidan tayinlangan rahbar hisobotni tekshirib, unga ijobiy xulosa
berganidan so’ng hisobot himoyaga tavsiya etiladi. Magistrant amaliyotda bajargan
hisobotini maxsus komissiya oldida himoya qiladi. Himoyada magistrant,
komissiyaning talabiga ko’ra, amaliyotning maqsadi, bajarilgan ishlarning mazmuni,
olib borilgan tahlillarning xulosalari haqida hisobot beradi.
VI. ILMIY-AMALIYOT
(TAJRIBA
ORTTIRISH)
Do'stlaringiz bilan baham: |