Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b
Mehnat daftarchalari hisobotini olib borish
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta
6.7. Mehnat daftarchalari hisobotini olib borish Ish beruvchilarda bo’lgan yangi mehnat daftarchalari bo’yicha quyidagi hujjatlar yuritiladi: a) mehnat daftarchalarini qabul qilib olish kitobi; b) mehnat daftarchalarini sarf qilish kitobi; v) mehnat daftarchalarini hisobini olib borish kitobi. Mehnat daftarchalarini qabul qilib olish va ularni sarf qilish kitoblari korxonalarning hisob-kitob bo’limi (buxgalteriya) tomonidan olib borilib, ularda hamma mehnat daftarchalarini qabul qilib olish va sarf qilish, ularning seriyalari va son raqamlari ko’rsatilgan holda yoziladi. Mehnat daftarchalari hisobotini olib borish kitobi xodimlar bo’limi yoki ish beruvchi tomonidan shunga mas’ul qilingan xodim tomonidan yuritiladi. Bu kitobda xodimlardan ishga kirishda olingan, hamda yangi kirgan xodimlarga berilgan hamma mehnat daftarchalarining seriyasi va son raqamlari, shuningdek, 129 yangi yozib berilgan mehnat daftarcha (dublikat)lari berilgani uchun haq olinganligi to’g’risida yozib qo’yiladi. Mehnat daftarchalarini qabul qilib olish va sarf qilish hamda ularni hisobotini olib borish kitoblarining sahifalarida son raqamlari qo’yilgan bo’lishi hamda ular ip bilan tikilib, ish beruvchi rahbari imzosi va surg’uchli muhr bilan mustahkamlangan bo’lishi shart. Mehnat daftarchalari korxonaning xodimlar bo’limida qat’iy hisobot hujjati sifatida saqlanadi. Xar oyning oxirida mehnat daftarchasini yuritish bo’yicha mas’ul shaxs mehnat daftarchalari mavjudligi haqida va yangi to’ldirilgan mehnat daftarchalari uchun undirilgan pul mablag’lari to’g’risida ish beruvchining hisob-kitob bo’limiga hisobot beradi. To’ldirish paytida yoki boshqa sabablarga ko’ra yaroqsiz bo’lib qolgan mehnat daftarchalariga dalolatnoma (akt) tuziladi. Mazkur Yo’riqnomada belgilangan tartibda shartnoma bo’yicha mehnat daftarchalari, mehnat daftarchasiga qo’shimcha varaqlari sotib olgan korxonalar bunday shartnoma tuzilganidan keyin bir oydan kechikmasdan ular maqsadli ishlatilganligi to’g’risida mehnat organlariga ma’lumot taqdim qilishlari lozim. Ma’lumot mehnat daftarchalari, mehnat daftarchasiga qo’shimcha varaqlari berilgan (yuritilgan) xodimlar to’g’risida ma’lumotlar, ishga qabul qilish to’g’risida buyruq rekvizitlari ko’rsatilgan holda erkin shaklda beriladi. Korxona tuzilgan mehnat shartnomasi asosida belgilangan tartibda faqat ishga qabul qilingan xodimlarga mehnat daftarchasi berishi shart. Begona shaxslarga mehnat daftarchasi berish taqiqlanadi. Download 2.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling