Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta
135 Qisqacha xulosalar Mehnat daftarchalari xodimlarning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo’lib, mulkchilik va xo’jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda 5 kundan ortiq ishlagan, shu jumladan, muayyan muddatga yollanganlar ya’ni xodimlarga, shuningdek, davlat ijtimoiy sug’urta qilinishi ko’zlangan taqdirda, shtatlar jadvalidan tashqari xodimlarga xam yuritiladi. Mehnat daftarchasi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda 402-son bilan davlat ro’yhatidan o’tkazilgan Yo’riqnoma asosida yuritiladi. Mazkur Yo’riqnoma O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va u mehnat daftarchalari yuritilishining yagona tartibini belgilaydi Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Mehnat daftarchasini yuritishning umumiy talablari nimalardan iborat? 2. Mehnat daftarchasiga xodim to’g’risidagi ma’lumotlarni yozish qanday amalga oshiriladi? 3. Ish to’g’risidagi ma’lumotlarni yozish tartibi qanday? 4. Ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinishida mehnat daftarchasini to’ldirish tartibi qanday? 5. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat daftarchasini berish tartibi qanday? 6. Mehnat daftarchasining dublikati nima? Mehnat daftarchalari uchun olinadigan haq va ularni saqlash to’g’risida nimalarni bilasiz? 7. Mehnat daftarchalari hisobotini olib borish qanday amalga oshiriladi? 136 7-BOB. XODIMLARNI TANLOV ASOSIDA ISHGA QABUL QILISH 7.1. Xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish qoidalari Har qanday tashkilot, muassasa, korxona o’z faoliyatin to’g’ri tashkil etishda malakali xodimlarni tanlab olishdan manfaatdor bo’ladi. Tanlab olishda tashkilotdagi mavjud xodimlarni yoki chetdan jalb qilingan nomzodlani tashlash o’rinli ekanligi ko’pchilik mutaxassislar tomonidan ko’rsatib o’tilgan. Ayrim tashkilotlar xodimlarni ishga qabul qilishda ularning ishga layoqatliligini intizomiy tartib asosida ko’rib chiqadilar, bunday tartiblarga yomon ishga qatnash kabi vaziyatlarga nisbatan qo’llaniladigan past ko’rsatkichlar bilan bog’liq asosli dalillarni keltirish mumkinligi amerikalik professor M.Armstrong kitoblarida ko’rsatib o’tilgan 17 . Shu nuqtai-nazardan xodimlarni ishga tanlab olishni tashkil etish ma’lum qoidalar asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq sanaladi. Mazkur amaliyotni oliy ta’lim muassalariga professor-o’qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi asosida ko’rib chikamiz. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20- son qarori bilan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida” Nizom tasdiqlandi. Nizom chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyat va axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug’ullanishga munosib bo’lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi. Download 2.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling