Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta
183 10-BOB. XODIMLARNING MEHNAT STAJIGA OID MA’LUMOTNOMALARNI RASMIYLASHTIRISH 10.1.Fuqarolarga ish staji va ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994- yil 11- maydagi 249-son qarorining ilovasida keltirilgan “Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi to’g’risidagi Nizom”ning 1-bandiga ko’ra mehnat staji ish, xizmat, o’qish joyidan yoki ish stajiga qo’shib hisoblanadigan boshqa faoliyat amalga oshirilgan joyidan, yoxud arxiv muassasalari tomonidan berilgan hujjatlar asosida aniqlanadi. Ish vaqtini hisobga olib bo’lmaydigan xodimlarning mehnat staji O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’langanligi to’g’risida beriladigan ma’lumotnomalar asosida aniqlanadi. Belgilangan tartibga ko’ra nafaqani rasmiylashtirishga mehnat daftarchasi asos bo’ladi. Fuqaro mehnat daftarchasini yo’qotgan yoki unda turli xato va kamchiliklar mavjud bo’lsa, bunday holda qo’shimcha ravishda fuqarodan arxiv ma’lumotnomalari talab etiladi. Mehnat daftarchasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badali to’langanligi to’g’risida berilgan ma’lumotnomalar ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadi. Mehnat daftarchasi bo’lmagan takdirda hamda mehnat daftarchasida zarur yozuvlar bo’lmagan yoki yozuvlar xato va noaniq yozilgan bo’lsa, mehnat stajini tasdiqlash uchun (ish davrini hisobga olib bo’lmaydigan xodimlar staji bundan mustasno) ma’lumotnomalar, buyruqlardan ko’chirmalar, ish haqi berish bo’yicha shaxsiy hisoblar, ro’yhatlar, ularni bajarganligi qayd etilgan yozma mehnat shartnomalari (kontraktlar) va ish davrlari to’g’risida ma’lumotlar bo’lgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi. 184 Yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar bo’lmasa, mehnat stajini isbotlash uchun kasaba uyushmasi biletlari va hisob-kitob daftarchalari qabul qilinadi. Hisob-kitob daftarchalari ish haqi to’langanligi to’g’risida belgi qo’yilgan vaqt uchun kasaba uyushmasiga a’zolik bileti esa – ish haqi yoki stipendiyadan a’zolik badallari to’langanligi to’g’risida belgi qo’yilgan vaqt uchun ish davrini tasdiqlaydi. Kasaba uyushmasiga a’zolik bileti bo’lmagan taqdirda ish staji xodimni hisobga olish varaqasi asosida aniqlanishi mumkin, bunda faqat a’zolik badallari to’langan vaqt stajga kiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son qaroriga 13-ilova bo’lgan “Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi to’g’risida Nizom”ning 12- bandiga asosan faoliyat yurituvchi tashkilotlar tomonidan Pensiyani hisoblab chiqish uchun taqdim etiladigan ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma shakli va uni to’ldirishga oid qoidalar O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ko’rsatilgan ma’lumotnomalar arizachi yoki boquvchi ishlagan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan shaxsiy hisoblar, to’lov qaydnomalari va ish haqi to’langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida beriladi. Agar ular tugatilgan yoki boshqa sabablarga ko’ra o’z faoliyatini to’xtatgan bo’lsa, ma’lumotnomalar uning huquqiy vorisi yoki tegishli arxiv muassasalari tomonidan beriladi. Zarur hollarda pensiyani hisoblash uchun tarif bo’yicha belgilangan maosh (oklad) haqidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi. Ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlar butunlay yoki qisman yo’q bo’lsa, pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani tayinlash kunida rasman belgilangan eng kam ish haqi miqdori olinadi. Tashkilotlar tomonidan berilgan mehnat staji (1-ilova) va ish haqi to’g’risida (2-ilova)gi ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi 482-son qaroriga asosan “O’zarxiv” agentligi tomonidan ishlab 185 chiqilgan “Davlat arxivlarining asosiy ish Qoidalari”da tasdiqlangan shakl bo’yicha rasmiylashtiriladi. Download 2.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling