Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


 Ma’lumotnomalarni rasmiylashtirishga bo’lgan talablar


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/108
Sana06.11.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1750785
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   108
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

10.4. Ma’lumotnomalarni rasmiylashtirishga bo’lgan talablar 
Arxiv idoralari tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan ish haqi va ish 
staji to’g’risidagi ma’lumotnomalar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning (korxona va 
tashkilotlarning) arxivda saqlanayotgan birlamchi hujjatlari asosida to’g’ri va 
sifatli taqdim etilishi shart. 
Arxiv ma’lumotnomasini rasmiylashtirishda quyidagi talablarga qat’iy rioya 
etiladi; 
- ma’lumotnomani arxiv muassasasi yoki tashkilotning maxsus blankasida 
rasmiylashtirish; 
- hujjatning sanasi va indeks raqamini ko’rsatish; 
- fuqarolarga berilayotgan ish staji va ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlarni 
chizilmagan, bo’yalmagan hamda agar arxiv hujjatlarida yakuniy summalar 
mavjud bo’lsa, ma’lumotni so’z va raqam bilan yozilgan holda taqdim etish; 
- arxiv ma’lumotnomasi matnini tuzishda, hujjatdan ko’chirma (asl hujjatda 
ko’rsatilgan fakt, ya’ni ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqning matni) tarzida 
bayon etish; 
- ma’lumotnomaga asos bo’lgan yig’majildning fond, ro’yhat, yig’majild, 
varaqlari raqamlarini aniq ko’rsatish;
- korxonalarning to’lov vedomostlarida asosiy oylik ish haqidan tashqari 
boshqa to’lovlar mavjud bo’lib (masalan; yo’l harajati, ovqat puli, va boshqa 
qo’shimcha to’lovlar), yozuvlar aniq bo’lmagan yoki daromadlar alohida 


187 
ko’rsatilmagan hollarda, arxiv ma’lumotnomasiga hujjatning asl nusxasidan 
ko’chirma yoki kseronusxa ilova qilish; 
- ma’lumotnomani tasdiqlashda tashkilot rahbari, bo’lim mudiri hamda 
so’rovni bajargan xodimning imzolari va ularning ismi-sharifi ko’rsatilishi shart. 
Berilayotgan ma’lumotlar davriy ketma-ketlikda joylashtirilib, hujjatlardan 
olingan ko’chirmalar qo’shtirnoq ichida keltiriladi. Agar asl hujjatda xato va 
kamchiliklar, qisqartma yozuvlar mavjud bo’lsa, u holda «hujjatda shunday» deb 
ko’rsatiladi. Ma’lumotnomaga asos bo’luvchi hujjatlarning matnlariga o’zgartirish 
va qo’shimcha yozuvlar kiritishga yo’l qo’yilmaydi. Agar asl hujjat matni rus yoki 
boshqa tilda berilgan bo’lsa uning tarjimasini qilishga yo’l qo’yilmaydi. Bunday 
hollarda «hujjat matni ______ tilida berilgan» degan yozuvni qayd etish bilan 
cheklaniladi. 
Tugatilgan tashkilotlar, fermer xo’jaliklari, mikrofirma va boshqa korxonalar 
shaxsiy tarkib va buxgalteriya hujjatlarini davlat saqloviga sifatli qabul qilib 
olinishi, ularni talab darajasida saqlanishi, ikqilamchi o’zgartirishlar va 
qo’shimchalar kiritilishiga yo’l qo’ymaslik, barcha fuqarolarga haqqoniy 
ma’lumotlar berilishi uchun arxiv muassasalari rahbarlari shaxsan mas’ul 
hisoblanadilar. 
So’ralgan ma’lumotlar tasdiqlanmasa yoki yo’q bo’lgan taqdirda salbiy 
ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi (3 ilova). Fuqarolarga ish haqi va ish staji 
to’g’risida soxta ma’lumotlar taqdim etish holatlari aniqlanganda, qonunchilikda 
belgilangan tartibda tegishli javobgarlik va jazo choralari ko’riladi.


188 
1-ilova. 

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling