190
3-ilova
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
MA’LUMOTNOMA
№ 12-19/M-109 20.10. 2011_
Dilorom Raximovaga
Sizning murojaatingizni ko’rib chiqib shuni ma’lum
qilamizki, TDIUning
1993-1995 yillarga taalluqli shaxsiy tarkib hujjatlarida D.Raximovaning
mehnat
faoliyatiga doir ma’lumotlar topilmadi.
TDIU rektori
imzo I.Sh. Familiyasi
Xodimlar bo’limi mudiri
imzo
I.Sh. Familiyasi
Gerbli muhr
191
Qisqacha xulosalar
Kadrlar xizmatida Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash
maqsadida
mehnat staji ish, xizmat, o’qish joyidan yoki ish stajiga qo’shib
hisoblanadigan boshqa faoliyat amalga oshirilgan joyidan,
yoxud arxiv
muassasalari tomonidan berilgan hujjatlar asosida aniqlanadi. Buning uchun
Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son
qarorida keltirilgan
ilovalarga asoslanib tegishlicha tartibda ma’lumotnomalar rasmiylashtiriladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Mehnat stajiga doir ma’lumotnoma qanday rasmiylashtiriladi?
2. Mehnat stajiga doir ma’lumotnoma ramsiylashtirishda
qanday xujjatlar
talab etiladi?
3. Fuqaro mehnat daftarchasini yo’qotgan yoki unda turli xato va
kamchiliklar mavjud bo’lsa ma’lumotnoma qanday ramiylashtiriladi?
4. Ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnomalarni
berish uchun nimalar asos
bo’ladi?
5. Mehnat staji to’g’risidagi ma’lumotnomalarini berish uchun nima asos
bo’ladi?
6. Ma’lumotnomalar turlari va ularni rasmiylashtirish
qoidalari haqida
nimalarni bilasiz?