Mavzu:Bakteriyalardan sanoatda va qishloq xo`jaligida foydalanish
- O’simliklar sitematikasining vazifasi va usullari
- Bakteriyalar dunyosi
- Suvo’tlar dunyosi
O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
Hozirgi vaqtda dunyoda tirik organizmlarning 3–3.5 mln atrofida turlari mavjud va 500 mlndan kam bo’lmagan turlar esa turli geologik davrlarda yashab, qirilib ketgan. Shuning uchun ham bioxilma-xillikni o’rganish biologiyaning muhim vazifalaridan biridir va bu bilan sistematika fani shug’ullanadi. Sistematika (lotin. “systematica”-batartib, rejali) – biologik fan bo’lib, barcha tirik va qirilib ketgan organizmlar xilma-xilligini o’rganadi.
Sistema turlari. Birinchi sodda sistemalar eramizdan oldingi IV asrda paydo bo’lgan. Hozirgi kunda ham sistemalar yaratish biologiyaning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Shu kungacha ko’plab sistemalar yaratilgan bo’lib, ularni uchta asosiy turlarga ajratish mumkin. Bular sun‘iy, tabiiy va genealogik (filogenetik) sistemalardir.
O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
Sun‘iy biologik sistemalar asosan qaysidir bir belgi yoki unchalik ko’p bo’lmagan morfologik belgilarga qarab tuzilgan. Bunday sistemalar ob‘ektlar klassifikatsiyaning asl mohiyatini yoritib bera olmaydi, ular faqat bir muncha biologik ma‘lumot va asosan qulay tartibli saralashda hamda organizmlarni bilib olish uchun foydalanilgan. Bu sistemalar eramizdan oldingi IV asrdan to XVIII asr o’rtalariga qadar davom etdi. Bunda ko’pgina antik olimlar Aristotel, Teofrast, Pliniy, Dioskorid o’rta asrlarda esa, K.Klyuzius (1525-1609), K.Baugin (1560-1624), Andrea Chezalpinlar (1519-1603) dastlabki sun‘iy sistemalar tuzdilar. Jon Rey (1587-1657) sistematikaga “tur” tushunchasini, Turnefor (1656-1708) esa sistematik kategoriyalar - sinf, sessiya, turkumni (avlod) kiritdi.
Ayniqsa, shved tabiatshunosi K. Linney (1707-1778) yaratgan sun‘iy sistema ancha mashhurlikka erishdi, o’zidan oldin o’tgan olimlarning sistemalarini takomillashtirdi. U o’zining «Tabiat sistemasi» («Systema Naturae», 1735) nomli kitobida 3 ta olamni: minerallar, o’simliklar va hayvonot olamini qamrab olgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |