Hayvonlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Hayvonot dunyosi o'simliklardan farqlanib: Hayvonlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Hayvonot dunyosi o'simliklardan farqlanib: • erkin harakatlana oladi; • asosan, geterotrof oziqlanadi; • ko‘pchiligida asab tizimi taraqqiy etgan bo‘ladi. Hayvon organizmi organlar sistemasidan tashkil topgan. Masalan: hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish sistemasi. Organlar sistemasi organlardan iborat. Masalan: yurak, buyrak, o‘pka, jigar. Organlar to‘qimalardan tuzilgan. Hayvon organizmi organlar sistemasidan tashkil topgan. Masalan: hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish sistemasi. Organlar sistemasi organlardan iborat. Masalan: yurak, buyrak, o‘pka, jigar. Organlar to‘qimalardan tuzilgan. Hayvonlarda to‘rt xil: qoplovchi, biriktiruvchi, nerv va muskul to‘qimalari bor. To‘qimalar hujayralardan tarkib topgan. Hayvonlarning ahamiyati. Hayvonlarning ahamiyati. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati quyidagilardan iborat: • oziq zanjirida ishtirok etadi; • tabiat sanitarlari hisoblanadi (yomg‘ir chuvalchangi, go‘ng qo‘ng‘izi); • suvni organik qoldiqlardan tozalovchi biofiltr organizm (ikki pallali mollyuskalar) vazifasini bajaradi; • urug‘ va mevalarning tarqalishiga yordam beradi (yumronqoziq, olmaxon, qushlar); • o simliklarni changlatadi (asalari, kapalak). Inson faoliyatidagi ahamiyati: • oziq-ovqat (go‘sht, tuxum); • sanoat xomashyosi (jun, pat); • transport vositasi (ot, eshak); • qo‘riqchi (it); • dorivor (ilon zahari, bo‘rsiq yog‘i); • kasallik tarqatuvchi (pashsha, chivin); • kasallik qo‘zg‘atuvchi (leyshmaniya, triponosoma). Hayvonlar sistematikasi. Hayvonlar sistematikasi. Hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lib, 2,5 mln ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ularni farqlashda hayvonlar sistematikasidan foydalaniladi. Hayvonot dunyosi umurtqasining mavjudligiga ko‘ra, umurtqali va umurtqasiz hayvonlarga bo‘linadi. Umurtqa ichki organlar uchun tayanch vazifasini bajaradi. Umurtqalilarga bitta tip xordalilar tipi kiradi. Xordalilar tipi esa baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar sinflariga bo‘linadi. Umurtqasiz hayvonlarga sodda hayvonlar tipi, bo‘shliqichlilar tipi, yassi chuvalchanglar tipi, to‘garak chuvalchanglar tipi, halqali chuvalchanglar tipi, mollyuskalar tipi va bo‘g‘imoyoqlilar tipi kiradi.
Hayvonlarni sistematikaga solishda quyidagi sistematik birliklardan foydalaniladi:
Hayvonlar sistematikasida tuzilishi o‘xshash organizmlar bitta turga kiradi. O‘xshash turlar birlashib urug‘ni, urug‘lar birlashib oilani, oila turkumni, turkumlar sinfni, sinflar esa tipni, tiplar hayvonot dunyosini tashkil qiladi
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |