Bakteriyasi yordamida insulin ishlab chiqardi


Download 94 Kb.
bet6/8
Sana10.10.2023
Hajmi94 Kb.
#1697035
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biotexnologiya 1-lab

Brom bilan ishlash


  1. Brom faqat qalin devorli, silliqlangan shisha qopqoqli shisha idishlarda saqlanadi. Shisha idishlar mo’rili shkafda qumli metall yashikda saqlanishi kerak.


  2. Teriga brom tegsa qiyin tuzaladigan yara hosil qiladi, shiliq pardalarga ta'sir etadi. Bromli barcha ishlar, albatta, rezina qo’lqop, himoya ko’zoynagi taqib yoki maska kiyilib, yarmigacha berkitilgan mo’rili shkafda bajariladi.


  3. Bromli shisha idishlar qum hammomi yoki chinni idishlarda tashiladi.


  4. Tomchi voronkasi yordamida brom qo’shish bilan bajariladigan ishlarda oldin voronka jo’mragining germetikligini efir yordamida tekshirib ko’rish lozim. So’ngra jo’mrakka surtilgan moyni artib, o’rniga fosfat kislota surtiladi. Jo’mrak favqulodda, voronka korpusidan chiqib ketmasligi uchun uning turtib chiqib turgan uchiga rezina kiygiziladi yoki jo’mrak bog’lab qo’yiladi. Tomchi voronkasiga birdaniga 10 ml dan kamroq brom quyiladi.

  5. Simob metali bilan ishlash

Simob solingan hamma asbob va apparatlar maxsus idishga joylashtirilishi kerak.
Simobni ochiq idishlarda saqlash man etiladi.


  1. Simobni kanalizatsiyaga, chiqindilar tashlanadigan chelakka va hokazolarga tashlash mumkin emas. Chiqindi simobning hammasini yig’ib, og’zi tiqin bilan berkitiladigan qalin devorli maxsus idishga solinadi. To’kilgan simob amalgamalangan mis plastinka yordamida yig’ib olinadi, qolganlariga esa temir xlorid (III) eritmasi quyib, ikki sutka qoldiriladi.
    Past bosim ostida ishlash qoidalari


  1. Har qanday ishni shisha asboblar bilan vakuum ostida bajarayotganda maska yoki himoya ko’zoynagi taqish shart. Vakuumda haydashda vakuum-eksikatordan havo chiqarilayotggnda ham bunga amal qilish kerak.


  2. Vakuumda haydash tugagandan so’ng asbob sovitilib, atmosferaga ulanmaguncha himoya ko’zoynagini echmaslik kerak. Uni faqat uch-to’rt minutdan so’ng (bosim tenglashgach) echish mumkin.



Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling