Bakteriyasi yordamida insulin ishlab chiqardi


Download 94 Kb.
bet1/8
Sana10.10.2023
Hajmi94 Kb.
#1697035
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biotexnologiya 1-lab


Biotexnologik jarayonlar bundan 1500 yil oldin insonlar o’z ehtiyojlarini qondirish uchun ongsiz ravishda qo’llanilgan. Biotexnologiya atamasi esa 1917 yili Karl Ereki tomonidan kiritilgan bo’lsada, bu fanning chin ma’noda paydo bo’lishi XX asrning 70-yillariga to’g’ri keladi. Chunki mazkur yillar davomida Gerbert Boyer va Stenli Koenlar (1972) rekombinant DNK olish texnologiyasini, Sezar Milshteyn va Jorj Koler (1975) tomonidan gibrodoma texnologiyasini yaratishdi, Alan Maksam, Uolter Jilbert va Frederik Sengerlar (1975) irsiy axborotlarni nukleotid ketma-ketligini aniqlash mexanizmini ochib berishdi va AQSH ning Gentech biotexnologik kompaniyasi birinchi marta biotexnologik usullar bilan E.coli bakteriyasi yordamida insulin ishlab chiqardi.
Ma’lumki, biotexnologiya ilmiy-amaliy fan hisoblanib, u bevosita molekulyar biologiya, biokimyo, biofizika, mikrobiologiya, virusologiya, genetika va boshqa texnik fanlar bilan bevosita bog’liq. Yuqorida nomlari keltirilgan fanlarning erishgan yutuqlari va natijalari asosida biotexnologiya paydo bo’lgan. Biotexnologiya fani yutuqlari hozirgi kunda xalq xo’jaligida muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytga kelib biotexnologiyaning gen muxandisligi, hujayra muxandisligi, immunobiotexnologiya, ekobiotexnologiya, qishloq xo’jalik biotexnologiyasi, tibbiyot biotexnologiyasi va uning boshqa sohalari o’ta tezlik bilan rivojlanmoqda. Qisqa qilib aytganda, biotexnologiya zamonaviy biologiya, kimyo va boshqa texnik fanlarni nazariy va amaliy yutuqlari asosida vujudga kelgan inson manfaatlari uchun xizmat qiluvchi ilmiy va amaliy fandir.
Mazkur uslubiy qo’llanmada biotexnologiyaning turli yo’nalishlarida qo’llaniladigan uslublar keltirilgan. Ayniqsa, ferment preparatlarini ajratib olish, tozalash usullari, fermentlarni fizik va kimyoviy usullar yordamida immobillash kabi usullar oziq-ovqat biotexnologiyasida keng qo’llanilmoqda. Shuningdek, biotexnologiyaning zamonaviy usullari hisoblangan gaz-suyuqlik xromatografiyasi, nativ va denaturatsiyalangan sharoitdagi oqsil tabiatli moddalarning elektroforezi kabi usullar ham yoritilgan.



Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling