Bakteriyasi yordamida insulin ishlab chiqardi


O’tga xavfli va portlovchi moddalar bilan ishlash qoidalari


Download 94 Kb.
bet5/8
Sana10.10.2023
Hajmi94 Kb.
#1697035
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biotexnologiya 1-lab

O’tga xavfli va portlovchi moddalar bilan ishlash qoidalari Laboratoriyada ishlatiladigan reaktivlarning ko’pi reaktsiya natijasida hosil bo’ladigan oraliq mahsulotlar hamda reaktsiyaning bug’, gaz, qattiq va suyuq holatdagi mahsulotlari tez alangalanuvchan va yonuvchan moddalardir. Ba'zi moddalar portlovchan, ba'zilari esa havo bilan aralashganda portlovchi aralashmalar hosil qiladi.


  1. Efir, petroley efir, atseton, uglerod sulfid, benzol va boshqa oson alangalanadigan moddalarni gorelka alangasida, elektr plitkalarda, ochiq idishda bug’latish va qizdirish mumkin emas. Oson alangalanadigan suyuqliklar suvli sovitgich ulangan kolbada oldindan isitib qo’yilgan suv hammomi bilan isituvchi asboblardan uzoqda isitiladi.


  2. Oson alangalanuvchan moddalar (efir, petroley efir, atseton, uglerod sulfid, benzol, spirt) suvli sovitgichli asbobda haydash protsessi borayotgan joydan uzoqda isitib keltirilgan suv xammomi yordamida haydaladi.


  3. Oson alangalanuvchan moddalar solingan asboblarni bir-biridan ajratishdan oldin ular yaqinidagi gorelkalarni o’chirish kerak.


  4. Oson alangalanuvchan moddalarni kanalizatsiyaga, axlat solinadigan chelak va yashikka to’kmaslik kerak. Ularga tasodifan chaqilgan gugurt cho’pi tashlansa, yong’in chiqishi mumkin.


  5. Oson alangalanuvchan moddalarni oxirigacha haydamaslik kerak, chunki ko’p moddalar (dietil efir, dioksan) portlovchi peroksidlar hosil qiladi. Ular qizdirilganda va havo ta'sirida portlaydi. Efir bug’i havodan og’irroq bo’ladi va pastga tomon tushadi. Shuning uchun sovitgich yaxshi ishlamaganda yoki efir qattiq qaynab ketganda efir bug’lari ko’p miqdorda chiqib atrofga tarqaladi. Shu vaqtda atrofda ochiq gaz alangasi bo’lsa yong’in chiqishi va portlashi mumkin.


Natriy metalining ustidagi efir va alangalanuvchan moddalarni haydash uchun kolba suv hammomida emas, qum hammomida qizdiriladi.


  1. Organik erituvchi (dioksan, efir) larni ishlatishdan oldin ular tarkibida peroksidlar bor- yo’qligini tekshirib ko’rish kerak.


  2. Vodorod bilan ishlashda shuni esda tutish lozim, vodorod havo bilan aralashganda portlaydi. Shuning uchun quyidagilarga amal qilish kerak:


  1. vodorod bilan ishlashda asbobning germetikligini tekshirib ko’rish kerak;


  2. asbobning ichidagi havo vodorod oqimi bilan siqib chiqarilgandan keyin vodorodning tozaligini tekshirib ko’rish kerak. Probirkaga yig’ib olingan vodorod toza bo’lsa, yoqib ko’rilganda ovozsiz yonadi;


  3. vodorodning tozaligi aniq bo’lgandan keyingina vodorod to’ldirilgan asbobni qizdirish mumkin;


  4. tajriba tugagach, qizdirish to’xtatiladi va asbob vodorod oqimida sovitiladi.



Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling