Bakteriyasi yordamida insulin ishlab chiqardi
Kuyganda va zaharlanganda ko’rsatiladigan birinchi yordam
Download 94 Kb.
|
Biotexnologiya 1-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fiziologik eritmalar
Kuyganda va zaharlanganda ko’rsatiladigan birinchi yordam
Issiqlik ta'sirida kuyganda darhol kaliy premanganat eritmasi, etil spirt yoki taninning spirtdagi eritmasiga latta yoki paxtani botirib, kuygan joyga bosish kerak. Kislota to’kilib kuygan joyni tezlik bilan suv oqimida yuvib, keyin natriy gidrokarbonatning 3% li eritmasi bilan artiladi. Uyuvchi ishqorlar to’kilib kuygan joy suv oqimida yuvilib, so’ngra suyultirilgan sirka kislota bilan artiladi va yana suv oqimida yuviladi. Ko’zga kislota yoki ishqor sachraganda ko’zni 3—5 minut davomida (qiyin bo’lsa ham) ko’p suv bilan yuvish kerak. Keyin, kislotali reagent sachragan bo’lsa gidrokarbonat eritmasi bilan, ishqor sachragan bo’lsa borat kislota eritmasi bilan yuviladi. Shundan so’ng, albatta, vrachga murojaat qilish kerak. Fenol ta'sirida kuyganda zararlangan joyni spirt bilan artish kerak. Brom ta'sirida kuygan joyni darhol spirt yoki suyultirilgan ishqor eritmasi bilan yuvib, keyin yana spirt bilan artiladi. Shundan keyin kuygan joyga surtiladigan maxsus moy dori surtiladi. Brom hidi bilan zaharlanganda spirt bug’idan chuqur nafas olib, sut ichib, ochiq havoga chiqish kerak. Agar suvda erimaydigan organik modda teriga to’kilib kuydirsa, kuygan joy shu modda eriydigan erituvchi bilan yuviladi. Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko’rsatyalgandan keyin uni medpunktga olib boriladi Fiziologik eritmalar - tarkibidagi tuz miqdori osmotik bosimi va boshqa xossalari boʻyicha qon plazmasiga yaqin turadigan suvli eritmalar (0,9% li NaCl, glyukozaning 4,5% li eritmasi, Ringer, Lokk eritmalari va boshqalar). Fiziologik eritmalar, odatda, izotonik eritmalar deb ham yuritiladi. Tarkibi jihatidan qon plazmasiga koʻproq Ringer, Lokk va Tirode eritmalari yaqin, bularda NaCl dan tashqari K.S1, SaS12, NaHCOj, baʼzan MgCl,, fosfatlar va glyukoza boʻladi. Tibbiyotda (davolash maqsadida organizmga yuboriladi) va organizmdan ajratilgan aʼzolarni oʻrganishda (tadqiqot ishlarida) Fiziologik eritmalardan foydalaniladi. Organizmda kon yo’kolishi, kamayishi, karaxtlik, suv-elektrolit balansining o’zgarishi yoki kislotali-ishqoriy holatining o’zgarishi kabi patologik holatlarda, kon tomirlariga ko’p miqdorda shu holatlarni normallashtirishga yordam beradigan eritmalar yuborilishi zarur. Bunday, ya’ni ko’p miqdorda va kon tomiriga to’gridan-to’gri yuboriladigan eritmalar umumiy nom bilan infuzion eritmalar deyiladi. Fiziologik va kon o’rnini bosuvchi eritmalar in’eksion eritmalar guruhining eng murakkabi hisoblanadi. Fiziologik eritma deb shunday eritmalarga aytiladiki, ular o’zining tarkibidagi erigan moddalar bilan xujayralar xayot faoliyatini saqlab turadi va organizmdagi fiziologik holatni sezilarli darajada o’zgartirmaydi, xossalari bo’yicha odam koni zardobiga eng yakin turadigan kon o’rnini bosuvchi eritmalar deyiladi. Fiziologik va kon o’rnini bosuvchi eritmalar eng avvalo izotonik bo’lishi kerak. Ammo faqat bitta shartning o’zi etarli emas. Bundan tashkari ular izoionik bo’lishi zarur, ya’ni tarkibida kaliy, natriy, kalsiy va magniy ionlarining miqdori kon zardobi tarkibidagi miqdorga teng yoki yakin bo’lishi kerak. Fiziologik eritmalar va kon o’rnini bosuvchi eritmalar izotonik va izoionik bo’lishdan tashkari, izogidrik talablariga ham javob berishi shart, ya’ni eritmalar pH ini kon zardobi pH iga teng bo’lishi kerak, konni pH-7,36. Bu erda shu narsa ahamiyatliki, ular vodorod ionlari konsentratsiyasini bir xilda saqlash kobiliyatiga ega bo’lishlari darkor. Konda darajasining doimiyligi buferlar, ya’ni karbonat sistemasi (gidrokarbonat va CO2), fosfat sistemasi (birlamchi va ikkilamchi fosfat) va tabiati jixatidan amfoter bo’lgan va shuning uchun Hq va OH— ushlab qola oladigan oksillar sistemasi ishtirokida saqlanadi. Buferlar borligi uchun kon reaksiyasini o’zgartirish kiyin, ular o’ziga reaksiyani o’zgartirish mumkin bo’lgan hamma ta’sirlarni qabul qiladi va bu ta’sirlarni kamaytiradi. Konga mos ravishda kon o’rnini bosuvchi va fiziologik eritmalarga muxit pH ini saqlovchi regulyatorlar kiritiladi va buning natijasida ular izogidrik bo’ladi. Fiziologik va kon o’rnini bosuvchi eritmalar kon kabi xujayralar xayot faoliyatini ta’minlash va kerakli oksidlanish-qaytarilish potensialini hosil kilish uchun odatda glyukoza saqlaydi. Eritmalarni fizikaviy va kimyoviy xossalari bo’yicha kon zardobiga yakinlashtirish uchun ularga ba’zi bir yuqori molekulali birikmalar (YUMB) qo’shiladi. YUMB natriy xlorid eritmasini qovushqoqligini kon qovushqoqligi bilan bir kilish uchun qo’shiladi. YUqorida sanab o’tilganlardan tashkari, kon o’rnini bosuvchi suyuqliklar pirogenlik, antigenlik va toksik xossalarga ega bo’lmasligi kerak, shuningdek ular konning ivuvchanligini pasaytirmasligi va eritrotsitlar agglyutinatsiyasi paydo kilmasligi kerak. 1941—45-urush yillarida olimlar tomonidan kon o’rnini bosuvchi eritmalar sifatida keng qo’llaniladigan, yangi, original izotonik eritmalar ishlab chiqilgan edi (16-jadval). Uglevod YUMB lardan kon o’rnini bosuvchi eritmalar tayyorlashda dekstrin keng qo’llaniladi. Dekstrin glyukoza polimeri bo’lib, (C6H10O5) qand lavlagisidan mikrobiologik sintez orqali olinadi. Kraxmaldan molekulyar zanjirining o’zunligi va glyukoza molekulalarining boglanishi tartibi bilan farq qiladi. (glyukozid boglari 1:6 holatida). Dekstrindan kon o’rnini bosuvchi 2 ta eritma tayyorlanadi — poliglyukin va repoliglyukin: — molekulyar massasi 60 000±10 000 bo’lgan dekstrinning natriy xlordagi izotonik eritmasi, gemodinamik ta’sirli preparat. – molekulyar massasi 35 000±5 000 bo’lgan dekstrinning natriy xlordagi eritmasi. Reopoliglyukin — pastmolekulyar dekstrin eritmasi. U kon shakli elementlarining agregatsiyasini kamaytiradi va giperosmotik eritma bo’lganligi uchun suyuqliklarni to’kimalardan kon okimiga o’tishiga yordam beradi. Kimmatli kon almashtiruvchi eritmalarga yana oksilli gidrolizatlar ham kiradi. Gidrolizatlar guruhi preparatlaridan biri gidrolizin L-103 preparatidir. Natriy xlorid eritmasi - osh tuzi sifatida yaxshi tanilgan - va suv sho'r eritma sifatida tanilgan; sizga kerak bo'lishining sabablari juda ko'p. Masalan, organizmning sho'rlanishiga mos keladigan oddiy fiziologik eritma tish yuvish yoki ko'zni yuvish uchun eng yaxshi hisoblanadi. Siz qo'shgan tuzni ma'lum miqdordagi suvga tortish orqali og'irlik bo'yicha foizli fiziologik eritmani aralashtirishingiz mumkin yoki natriy xlorid molekulasining molekulyar og'irligini hisoblash bilan laboratoriya ishi uchun foydali bo'lgan molyar eritmani aralashtirishingiz mumkin. Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling