Balanced scorecard konsepsiyasi asosida kompaniyani operatsion boshqarish
Balanced scorecard konsepsiyasidan foydalanish
Download 494.65 Kb. Pdf ko'rish
|
BALANCED SCORECARD konsepsiyasi asosida kompaniyani operatsion boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Balanced Scorecard Collaborative
Balanced scorecard konsepsiyasidan foydalanish. BSC konsepsi-
yasini joriy etish uzluksiz jarayon bo‘lib, odatda, korporativ yoki strategik biznes jarayon darajasida boshlanadiva bu jarayondan pastki operativ darajada tarqalishi mumkin. Shunday qilib, BSC strategik boshqaruv tizimidir, shuning uchun u kompaniya yuqori rahbariyati loyihalarida faol ishtirok etishi lozim. BSC konsepsiyasini joriy qilgan kompaniyalar biznesjarayonlar katta o‘zgarishlar natijalari bo‘lishi mumkin bo‘ladigan kuchli raqobat bilan tasdiqlangan. Balanced Scorecard Collaborative kompaniyasi bilan birgalikda tarmoqlar uchun maxsus strategiyalar shablonlari ishlab chiqilgan. Shab- lonlar strategiyalar va mayda strategiyalar yo‘naltirilganligidan qat’i na- zar farq qiladi va quyidagi komponentlarga ega: • strategiyalarni yaxlit tasvirlash; • to‘rt istiqbolning har biri uchun maqsadlar; • sabab-oqibat o‘zaro aloqalari zanjiri; • barcha maqsadlar bo‘yicha mezonlar uchun maslahatlar. Bu strategiya shablonlarni maxsus strategiyalarni ishlab chiqishdagi munozaralar uchun asos sifatida qo‘llash mumkin. Kriteriyalarning balanslashgan tizimi g‘oyasi (Balanced scorecard) menejmentning firma ichidagi boshqaruv maqsadlari uchun moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni muallaq tanlashga erishish istagiga javob beradi. Yangi tizim, avvalo, mijoz talabini qondirish, firma ichidagi xo‘jalik jarayon- lari, innovatsion faollik, moliyaviy resurslarni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar kabi korxona faoliyati jihatlarining operatsion mezonlari bilan pul ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlarning bog‘liqligiga yo‘naltiril- gan.Yangi tizim firma maqsadlarini tuzish va ularni o‘zaro bog‘lash munosabatida gipotezani ifodalash uchun bazani o‘zida mujassamlash- tiradi. Taxmin qilingan maqsadli aloqalar tekshiruvda tasdiqlanadi va o‘qitish jarayoni doirasida qo‘llaniladi. Orttirilgan tajriba ularga miq- doriy baholash imkonini beradi. Kriteriyalarning balanslashgan tizimini qo‘llash keng boshqaruv tizimiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ko‘pchilik unda o‘zida bir qator sub jarayonlarni; jamlagan operativ boshqaruvning to‘liq jarayoni tuzilmasini ko‘radilar: (4.2.7-chizma) - istiqbolli reja va strategiyalarni operativ boshqaruvning aniq ko‘r- satkichlari shakliga o‘tkazish; - strategiyalarni boshqaruvning ishlab chiqilgan ko‘rsatkichlari yor- damida umumiy firma iyerarxiyasi past darajasiga kommunikatsiyalash va ulash; - strategiyalami rejaga, shu jumladan, budjet rejasiga aylanishi; - gipoteza tekshiruvi va o‘qitish jarayonlari tashabbuskorligi uchun aylanma aloqa o‘rnatish.Unchalik katta bo‘lmagan servis kompaniyasida BSC ishlab chiqishning amaliy misolini ko‘rib chiqamiz. Tashkiliy iyerarxiya doirasida balanslashgan tizim yuqoridan pastga yo‘nalishida realizatsiya qilinadi. Tizim butun korxona darajasida ishlay boshlashi lozim, keyin esa, xojalik bo‘linmalari darajasida, hattoki, kompaniyaning alohida xodim- lari darajasiga chiqariladi deb hisoblanadi. Download 494.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling