Baliq kasalliklarining muammolari. Reja
Parazitlarning xoʻjayin organizmiga taʼsiri
Download 22.6 Kb.
|
Baliq kasalliklarining muammolari.
5.Parazitlarning xoʻjayin organizmiga taʼsiri. Parazitlarning baliqlar organizmiga taʼsiri juda xilma xil hisoblanadi. Parazitlar baliqlar tanasiga mexanik taʼsir koʻrsatishi mumkin, bunda ular baliq tanasi toʻqimalarini jarohatlashi, organlarga yopishish organlari orqali shikast yetkazishi qayd qilinib, parazit yopishgan organ sohasida va uning atrofida biriktiruvchi toʻqimalarning meʼyoriy struktura va funksional holati izdan chiqishi kuzatiladi, shuningdek parazit yopishib olgan tana organi funksional faolligi oʻzgarishi qayd qilinadi. Bundan tashqari, parazitlar taʼsirida baliqlar qon tomirlarida emboliya holati yuzaga keladi, ichakning tiqilib qolishi, tuxum yoʻllarining oʻtkazish xususiyati yoʻqolishi qayd qilinadi. Parazitlar baliqlar organizmini zaharlovchi taʼsirga ega moddalar ajratish xususiyatiga ega boʻlib, seroz qavatining jarohatlanishi, yoki yiring toʻplanuvchi eksudativ shamollash koʻrinishidagi jarohatlarni yuzaga keltiradi, shuningdek xoʻjayin organizmi toʻqima hujayralari suyuqligi bilan oziqlanishi yoki baliqlarning tayyor oziq moddalari hisobiga oziqlanishi, boshqa turdagi kasalliklarni yuzaga keltirishi qayd qilinadi. Ayrim turlagi parazitlar kasallangan baliqlardan boshqa sogʻlom baliqlarga kasallikning yuqishiga sabab boʻladi.
Gyrodactylus avlodiga mansub hisoblangan monogenetik soʻrgʻichlilar karp baliqlarining epiteliy qavati va shilliq qavatlariga yopishishi orqali terining epiteliy qavati qatlamlanishiga sabab boʻladi. Natijada baliq teri qatlamlari yupqalashib, baliq qovurgʻalari teridan tashqariga chiqib qolishi kuzatiladi. Baliqlar tanasida Calygus lacustris turiga mansub qisqchibasimon parazitlar taʼsirida yassi koʻrinishdagi jarohatlar yuzaga keladi. Yirik koʻrinishdagi tasmasimon chuvalchang parazitning jinsiy jihatdan voyaga yetmagan rivojlanish bosqichida baliq tana boʻshligʻida yashashi kuzatilib, natijada baliqlarning jinsiy bezlari (urugʻdon va tuxumdoni) zararlanishi, ularning atrofiyaga uchrashi va baliqlarning butunlay bepusht boʻlib qolishi kuzatiladi. Dumaloq chuvalchang Philometra mariae Yapon dengizida uchrovchi ayrim skorpen baliq turlari tuxumdonida joylashishi kuzatilib, natijada baliqlarning jinsiy bezlari toʻliq holatda atrofiyaga uchrashi qayd qilinadi. Monogenetik soʻrgʻichsimon nisshiya (Nitzchia) osyotrsimon baliqlarning jabra yaproqlariga yopishib olishi orqali koʻp miqdorda qon soʻrishi aniqlangan. Gulmoy (forel) baliqlarda Discocotile gelmint turi parazitlik qilishi aniqlangan. Argulyus qisqichbaqasimon paraziti qon soʻrishi orqali baliq tanasida sezilarli jarohatlarni yuzaga keltirishi kuzatiladi. Bundan tashqari, baliqlar tanasida ayrim turdagi zuluklar xam qon soʻrishi qayd qilingan. Azygia soʻrgʻichsimon paraziti choʻrtan baliqlarning oshqozon devorida yara xosil boʻlishiga olib keladi. Qirgʻichsimon Echinorhynchus baliqlar ichagida parazitlik qilishi natijasida proliferativ shamollash jarayoni yuzaga kelishiga sabab boʻladi va bu jarayon natijasida ovqat xazm qilish kanalining oʻyiqlari xosil boʻlishi (petrifikatsiya) yuzaga kelib, bu holat oʻz navbatida ovqat xazm qilish kanali orqali ovqat moddalarining qonga meʼyoriy soʻrilishini jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. Soʻrgʻichsimon metatserkariy diplostomum (Diplostomum) baliqlar koʻz gavhari sohasida parazitlik qilib, gavharning xiralashishi va oqibatda baliqlarning koʻzi koʻr boʻlib qolishiga sabab boʻladi. Baliqlarda gemolitik (qonning suyulgan holatga oʻtishini chaqiruvchi) moddalar ajratuvchi parazitlarga dumaloq chuvalchanglar Cystidicola sabab boʻlib, bu parazitlar baliqlarning suzgich pufagida joylashadi, shuningdek baliqlar teri qatlamida joylashuvchi metatserkariy Neascus cuticola xam gemolitik taʼsir xususiyatiga ega hisoblanadi. Akademik K.I.Skryabin tomonidan quyidagi fikr bildirilgan: “Invaziya infeksiya darvozasini ochadi”. Bu holat shu bilan tasdiqlanadiki, koʻpgina baliqlarning koʻp hujayrali parazitlari (gelmintlar, qisqichbaqasimonlar) baliq teri qatlami bir butunligini buzib, shuningdek ovqat xazm qilish kanali devorini jarohatlashi natijasida organizm ichki muhitiga suv muhitida mavjud boʻlgan infeksiya (bakteriya, virus va zambrugʻlar) kirishi ehtimollik darajasi ortadi. Gelmintlar, qisqichbaqasimonlar taʼsirida baliqlarning tanasida xosil boʻlgan jarohatlar orqali baliq tanasiga infeksion kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining kirishi ortadi. Yakuniy holatda parazitlar (zuluklar, argulyus qisqichbaqasimon paraziti) bitta baliq tanasidan boshqasiga turli xil patogan sodda hayvonlar, bakteriya va viruslarni tashishi kuzatiladi. Download 22.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling