Baliq kasalliklarining muammolari. Reja


Parazitning uni oʻrab turgan tashqi muhit bilan oʻzaro aloqalari


Download 22.6 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi22.6 Kb.
#1635516
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Baliq kasalliklarining muammolari.

3.Parazitning uni oʻrab turgan tashqi muhit bilan oʻzaro aloqalari. Parazitning tashqi muhit bilan oʻzaro aloqalari – bu juda muhim masalalardan biri hisoblanib, bu munosabatlarning har jihatdan batafsil oʻrganilishi bevosita ushbu parazitlarga qarshi kurashishning samarali usullarini ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Bu koʻrinishdagi chora – tadbirlar avvalo xoʻjayin organizmi (baliqlar) uchun qulay va parazitlar uchun noqulay boʻlgan tashqi muhit sharoitlarini yuzaga keltirishdan tashkil topgan. Shuningdek, organizmning immun tizimi qarshilik xususiyatini oshirishga qaratilgan ishlarning tabiiy va suʼniy tanlash vositasida amalga oshirilishi va shuningdek chatishtirish orqali turli xil kasalliklarga nisbatan chidamli boʻlgan baliq zotlarini yaratish samarali natijalarga olib kelishi mumkinligi taʼkidlangan.
Umuman aytganda, parazitlarning ular yashovchi tashqi muhit bilan oʻzaro munosabalari, aloqalarini ularning hayoti davomida batafsil oʻrganish parazitlarga qarshi kurashishning samarali yakunlanishida muhim oʻrin tutadi.
4.Parazitlarning rivojlanish sikllari. Har bir parazit turi oʻzining rivojlanish davri davomida bir qator bosqichlarni bosib oʻtadi, bu bosqichlarda parazitlar morfologik xususiyatlariga koʻra oʻzaro bir – biridan keskin farqlanadi. Shuningdek, parazitlarning turli xil rivojlanish bosqichlarida yashash sharoitlari xam oʻzaro farqlanadi. Masalan, voyaga yetgan askarida anaerob sharoitda yashashga moslashgan boʻlib, shu bilan bir vaqtda uning tuxumi va lichinkalari rivojlanishi aerob sharoitda amalga oshadi. Parazitlarning rivojlanish sikllari xam turli xilda amalga oshadi. Ayrim holatlarda parazitlar bitta yoki ikkita oraliq va bitta yakuniy holatdagi xoʻjayinlar tanasida yashashga moslashadi. Dastlab ular yakuniy holatdagi hayvon tanasida yashaydi (bu tipdagi hayvonlar odata koʻpincha holatda umurtqali hayvonlardan tashkil topgan), keyin esa parazitning tuxum va lichinkalari tashqi muhitga tushadi va bunda koʻproq parazitar hayot sikli qayd qilinadi. Keyin lichinka oraliq xoʻjayin tanasiga joylashadi (oʻz navbatida oraliq xoʻjayin odatda umurtqasiz hayvon turlaridan tashkil topgan), ushbu xoʻjayin tanasidan esa tashqi muhitga chiqqanidan keyin ikkinchi oraliq xoʻjayin tanasiga yoki yakuniy xoʻjayin tanasiga tushishi kuzatiladi.
Boshqa turdagi parazitlarda koʻpincha holatlarda oraliq xoʻjayinlari mavjud boʻlmasligi qayd qilinib, ularning tuxumlari va lichinkalari boshqa organizm tanasida inkapsulyatsiya davrini boshdan kechiradi. Biroq, bu rivojlanish davida xoʻjayin organizmni oraliq xoʻjayin sifatida tavsiflash mumkin emas, ushbu koʻrinishda parazitlar oʻz rivojlanish sikli davomida oraliq xoʻjayinlarsiz xam rivojlanishi mumkin. Yuqoridagi koʻrinishdagi xoʻjayin organizmi rezervuar organizm deb nomlanadi. Parazit rezervuar organizm tanasiga tushishi uchun ushbu organizm tomonidan parazit joylashgan organizm isteʼmol qilinishi talab qilinadi. Rezervuar xoʻjayin sifatidagi organizmga misol qilib yomgʻir chuvalchangini koʻrsatish mumkin, ularni isteʼmol qilish orqali ayrim qush turlari dumaloq chuvalchanglarga mansub parazitlar bilan zararlanadi, bu parazitlar ushbu holatda xoʻjayinlarini almashtirmasdan rivojlanishi qayd qilinadi. Bu koʻrinishdagi rivojlanish sikli qoʻsh holatda rivojlanish deb nomlanadi.
Parazitlar bilan zararlangan baliqlar bevosita boshqa baliqlar bilan turli xil aloqalarga kirishish orqali parazitlar yuqish ehtimolligi darajasi ortadi yoki parazitlar kasallangan baliqlardan suv orqali boshqa baliq turlariga yuqishi kuzatiladi.

Download 22.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling