Baliq kasalliklarining muammolari. Reja
Kasallikka tashxis qoʻyish jarayoni tartibi
Download 22.6 Kb.
|
Baliq kasalliklarining muammolari.
6.Kasallikka tashxis qoʻyish jarayoni tartibi. Kasalliklarni va ushbu kasalliklar bilan bogʻliq holatda hayvon organizmida amalga oshuvchi barcha oʻzgarishlarni oʻrganuvchi fan tarmogʻi – patologiya (grek tilida «patos» – kasallik, «logos» – taʼlimot) yoki kasalliklar haqidagi fan deb nomlanadi. Kasallikning tashqi belgilari kasallikka uchragan hayvonlarni tashqi tomondan tekshirish davomida qayd qilinishi mumkin va bu belgilar odatda kasallik simptomlari deb nomlanadi.
Bir qator holatlarda kasallik taʼsiridagi oʻzgarishlar organizm ichki organlarida amalga oshishi qayd qilinadi. Bu koʻrinishdagi kasallik belgilari kasal hayvonning ichini yorib aniqlanishi mumkin va bu belgilar patologoanatomik belgilar deb nomlanadi. Koʻpincha holatlarda kasallik yuzaga kelgan vaqtda hayvon organizmida bir qator organlarning funksiyasi izdan chiqishi kuzatiladi. Bunda ushbu organlarning meʼyoriy funksiyasidagi yuzaga kelgan buzilishlar darajasi tegishli tahlillar orqali aniqlanadi. Ushbu koʻrinishda organlarning meʼyoriy ish faoliyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq kasallik belgilari patologofiziologik belgilar deb nomlanadi. Kasallik belgilari odatda kasallik yuzaga kelgan vaqtda birdaniga yuzaga kelmaydi, bunda belgilar kasallikning boshlanishidan keyin maʼlum bir davrida yuzaga keladi. Bu koʻrinishdagi kasallik belgilari kasallik kechishi davomida qayd qilib boriladi va klinik belgilar deb nomlanadi. Yuqumli kasalliklar odatda klinik belgilariga koʻra yaqqol namoyon boʻluvchi holatda kuzatilib, kasallikning davom etish davri inkubatsiya davri deb nomlanadi, ayrim holatlarda bu koʻrinishdagi kasalliklar yashirin tarzda amalga oshadi, yaʼni kasallik mavjud biroq uning belgilari yaqqol tarzda kuzatilmaydi. Ushbu koʻrinishda, kasallikning inkubatsion yoki yashirin davri kasallik qoʻzgʻatuvchisining organizmga tushishi davri oraliqlarini tashkil qilib, ushbu lahzadan boshlab organizmda, yaʼni kasallangan hayvon tanasida asta – sekin kasallik belgilari namoyon boʻla boshlaydi. Kasallikning klinik davri kasallikning dastlabki belgilari paydo boʻlgan vaqtdan boshlab uning butunlay yoʻqolishigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga qamrab oladi. Ayrim holatlarda kasallikning inkubatsion va klinik davri prodromal davr deb belgiladi va bunda kasallikning belgilari yaqqol aniqlanmasligi qayd qilinadi. Kasallikning oxirgi bosqichi, yaʼni tuzalish davri – rekonvalesdensiya deb nomlanadi va bu vaqtda kasallik belgilari asta – sekin yoʻqola boshlaydi. Ayrim holatlarda prodromal davr va kasallikning rekonvalesdensiya davri juda xam sezilarsiz koʻrinishda namoyon boʻladi yoki butunlay qayd qilinmaydi. Baliqlar kasalliklarini tavsiflashda odatda inkubatsion va klinik davr hisobga olinadi. Kasalliklarning inkubatsion davrida kasallik qoʻzgʻatuvchilarining (masalan, bakteriyalar, sodda hayvonlar, monogenetik soʻrgʻichlilar, parazit qisqichbaqasimonlar va boshqalar) koʻp miqdorda yigʻilishi kuzatiladi, aniqroq aytganda koʻpincha holatlarda ushbu kasallik qoʻzgʻatuvchilari tomonidan ajratiluvchi zaharli moddalarning toʻplanishi darajasi ortib boradi. Kasallik qoʻzgʻatuvchilari sonining ortishi bevosita ularning koʻpayishi orqali amalga oshadi. Ushbu koʻrinishda, ayrim holatlarda kasallik qoʻzgʻatuvchilari soni maʼlum bir miqdorga yetganidan keyin ular tomonidan ajratiluvchi zaharli moddalar qoʻzgʻatuvchilar soniga bogʻliq boʻlmagan holatda jadal tarzda salbiy taʼsir koʻrsata boshlashi qayd qilinadi. Download 22.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling