Baliqlarning virusli gemorragik septitsemiya, krasnuxa kasalliklari. Reja
Download 25.54 Kb.
|
Baliqlarning virusli gemorragik septitsemiya, krasnuxa kasalliklari.
Patanatomik oʻzgarishlar. Asosiy patanatomik oʻzgarishlar koʻzning periokulyar pardasida, muskullarda, perivisseral yogʻ qatlamida, suzgʻich pufagida (xaltasida), qorin devorida, yuragida kuzatilib, ularda qon qoʻyilgan. Gemorragiya koʻpincha kasallikni oʻtkir oqimida kuzatiladi, surunkali oqimida esa yoʻqoladi. Oʻtkir oqimida jigar giperemiyalashgan, rangi toʻq-qizil tusda, surunkali oqimida esa oq-kulrang tusda. Gistologik tekshirilganda gepatotsitlarning nekrotik zararlanganligi, sitoplazmaning vakuolizatsiyasi, kariolizis va piknoz holati, jigar parenximasida yoyilgan holatda yoki guruh-guruh boʻlib joylashgan boʻladi. Buyrak kasallikni oʻtkir oqimida qizil tusda, yupqa, yuzasi sillikq surunkali oqimida esa kulrang va gʻadir-budir. Gistologik tekshirilganda nekrotik zararlangan, protoplazmaning sitoplazmatik vakuolizatsiyasi, piknoz, kariolizis, epiteliyasining ajralishi, umumiy shishganligini koʻrishimiz mumkin. Qon tarkibida ham oʻzgarishlar kuzatiladi, gemoglobin miqdori va eritrotsit soni kamaygan.
Patogenez. Virus baliq orgnizmida jabrasi orqali kirib oladi. Jabrasida va butun qon tomirning endotelial xujayrasida rivojlanib koʻpayadi, soʻngra butun ichki organ va toʻqimalarga tarqaladi va chuqur patologik jarayonni keltirib chiqaradi. Nerv sistemasining zararlanishi oqibatida kasallikning nerv formasi namoyon boʻladi. Qon tomirlarning epiteliyasining zararlanishida, ularning oʻtkazuvchanligi oshadi, qon qoʻyilishlar kuzatiladi, devori shikastlanadi va gemorragik holatni kelib chiqishiga sabab boʻladi. Surunkali oqimda toksikoz oqibatida shishlar hosil boʻladi, osmoregulyasiya jarayoni buziladi. Nerv sistemasi zararlanganda harakat koordinatsiyasi buziladi. Giperglikemiya, lipidlar mikdori kamaygan, elektrolitlarning konsyentrasiyasi oʻzgaruvchan, qon zardobida oqsil mikdori, ayniqsa albuminlar kamaygan, biroq alfa va betta globulinlar oshgan. Diagnoz. Kasallikka diagnoz kompleks usulda: epizootologik maʼlumotlar, klinik belgilariga qarab va pat.anatomik oʻzgarishlariga asoslanib qoʻyiladi. Eng ishonchli diagnoz – bu VGS virusini ajratib uni toʻqima kulturasida ustirish, serologik reaksiyalar qoʻyib identifikatsiya qilish hamda kasallikka moyil baliqlarga bioproba qoʻyishdir. Download 25.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling