Baliqlarning virusli gemorragik septitsemiya, krasnuxa kasalliklari. Reja


Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari


Download 25.54 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi25.54 Kb.
#1635541
1   2   3   4
Bog'liq
Baliqlarning virusli gemorragik septitsemiya, krasnuxa kasalliklari.

Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. VGS kasalligini davolash usullari ishlab chiqilmagan. Chet el olimlari antibiotik (oksitetratsiklin) va antiseptik (metilen koʻki) lardan foydalanishni tavsiya qilmokdalar. Bular virusni oʻldirmasada, biroq ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishini oldini oladi va kasallikning kechishini biroz engillashtiradi.
Kasallikni oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari kompleks umumiy veterinar-sanitariya, baliqchilik-meliorativ va biotexnologik tadbirlardan iborat boʻlib, qoʻyidagi larga qaratilgan boʻlishi kerak:
-epizootologiya zanjirni uzish (parazit-xujayin);
-baliqlarning tabiiy rezistentligini oshirish;
-tashqi muhitda qoʻzgʻatuvchining umumiy miqdorini kamaytirish;
-veterinariya va baliqchilik maʼdaniyatini oshirish.
Vet san ekspertiza. VGS qoʻzgʻatuvchisi odam va va hayvonlar uchun xavfli emas. Agarda, nosogʻlom xoʻjaliklardan ovlangan baliqlar tovarlik koʻrinishi va sifati talabga javob bersa, hyech kanday cheklovsiz isʼtemolga chiqariladi. Agarda, talabga javob bermasa vetvrach-ixtiopatologning tavsiyasiga koʻra qaynatilgandan soʻng qishloq xoʻjalik hayvonlariga edirish mumkin.
2. Qizamiq (krasnuxa) - bu oʻta xafvli, keng tarqalgan infeksion kasallik hisoblanadi. Bu kasallik asosan Ukrainada, Shimoliy Kav-kazda, Markaziy Osiyo respublikalarda, hamda Gʻarbiy evropa mamla-katlarida keng tarqalgan. Kasallikka karp va uning yovvoyi turi – sazan moyil. Kasallik bilan kamroq karas, lin, oq amur, peshona-doʻng kabi baliqlar kasallanadi.
Etiologiyasi. Krasnuxaning yuqumli kasallik ekanligi ancha ilgaridan maʼlum. Uning qoʻzgʻatuvchisi toʻgʻrisida uzoq muddat davomida aniq bir fikr yoʻq edi. XX asrning 30-chi yillarda V.Sheperklaus uning bakteriyalar koʻzgʻatilishi haqidagi gipotezani aytadi. Uning fikricha, krasnuxaning qoʻzgʻatuvchisi suvdagi saprofit Aeromonas punstata bakteriyasining virulentli formasi hisoblanadi, qaysikim suv havzalarning tubida uchratish mumkin. Ushbu bakteriyani sogʻlom baliqlarning ichaklaridan, toʻqimalaridan ajratib olish mumkin. Baliqlar uchun noqulay sharoit vujudga kelganida bular virulentli boʻlib kasallik chaqirishi mumkin. Sheperklausning maʼlumot berishicha, kasallik qish faslining oxirida kuzatiladi. Sheperklausning gipotezasini hozirgacha koʻpchilik MDX va chet el olimlari qoʻllab quvvatlaydilar. Sogʻlom baliqka Aeromonasning kuchli kulturasini yuborilganida krasnuxa kasalligini eslatuvchi, oʻlim bilan tugagan kasallik sodir boʻlgan. Biroq, kasallikni oʻrganish jarayonida bu gipotezaga qarama qarshi fikrlar paydo boʻldi. Masalan, krasnuxa bilan kasallangan baliqlar organizmida hamma vaqt ham Aeromonas bakteriyasini topishga erishilmaydi. Kasal baliqlardan ajratib olingan bakteriyalar sogʻlom baliqlardan ajratib olingan bakteriyalardan hech qanday farq qilmagan. XX asrning 30-chi yillarda G.V.Yepshteyn, M.A.Peshkov, G.D.Goncharov va boshqalar krasnuxaning virusli tabiati haqida oʻzlarining muloxazalarini aytishdi. Ularning fiklarini keyinchalik bir qancha chet el olimlari ham maʼqulladilar. Enshteyn kasal baliqlarning bosh miyasidagi xujayrada eozinofilli tanachalar borligini aniqlagan, lekin sogʻlom va bakteriyasining kulturasini yuborilgan baliqlarda bunday tanachalar yoʻqligini aniqlangan. Fiyan xodimlari va Svillenberg bilan birga elektron mikroskopda virusni tekshirganlar. Uning uzunligi 70-180 nm boʻlib, shakli uzunchoq, oʻqsimon shaklda. Varionlarning bir tomoni yumaloq, ikkinchi tomoni yassi. Krasnuxa kasalligining virusini rabdoviruslar guroʻhiga kiritilib, uni Rabdovirus karpio deb nomlangan.
Epizootologik maʼlumotlar. Kasallikka karp turdagi baliqlar, sazan, ularning gibridlari moyil. Kasallik bahor faslining oxiridan boshlab yoz oylarida eng yuqori choʻqqisiga etib, kuzda kelib kamayib boradi. Koʻpincha 2-3 yoshdagi baliqlar kasallanadi. Kasallik manbai bu kasal baliqlar, ular ajratilayotgan chiqindilar, oʻlgan baliqlar, infeksiyani tashuvchi sogʻlom baliqlardir. Suv havzalarida qoʻzgʻatuvchi suv orqali, kasal baliqlar orqali hamda ovda ishlatiladigan asbob-uskunalar orqali kiritiladi. Baliqlarda viruslar shikastlangan teri orqali, jabrasi orqali qoʻzgʻatuvchi kirib kasallikni chaqiradi. Kasallanib sogʻaygan baliqlar organizmida nisbiy immunitet hosil boʻladi.


Download 25.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling