Band Listing


Download 24.81 Kb.
bet2/10
Sana08.06.2023
Hajmi24.81 Kb.
#1463530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Python методичка

Task:

  • ism, familya yosh degan o’zgaruvchi e’lon qiling va konsolga:

ism = Shahzod, Familya = Sharofiddinov, yosh = 20
ko’rinishida consolga chiqaring.

  • yuqoridagi mashqni f-string yordamida ekranga chiqaring (qo’shimchalar qoshish mumkin.)

  • yuqoridagi o’zgaruvchilar toifasini chiqaring.

  • quyidagi misollarning natijasini konsolga chiqaring

32 + 1435
234 - 23
23 * 34
46 / 7
46 ni 7 ga butun bo’ling
56 ni 5 ga bolgandagi qoldiqni toping
54 ning 5 chi darajasini toping


3-DARS
PRINT()
Avvalgi darsimizning yakunida bir nechta kodlarni pythonda bajarib ko'rishni vazifa qilgan edik. Keling shu kodlarning natijasini ko'ramiz:
print("Assalom alaykum")
Natija: Assalom alaykum
Kutilganidek, yuqoridagi kod Assalom alaykum matnini konsolda ko'rsatdi. Keling endi keyingi kodni kiritamiz:
print(Hayrli tong!)
Natija: SyntaxError: invalid syntax
Bu safar esa Hayrli tong! yozuvi o'rniga, Syntax Error (sinteksda xatolik) xabari chiqdi. Xatolik qayerda?
Avval aytganimizdek, print() funktsiyasi matn yoki ifodalarni konsolga chiqarish vazifasini bajaradi. Lekin bu funktsiya to'g'ri ishlashi uchun bir nechta qoidalarga amal qilish lozim. Jumladan, agar konsolga matn chiqarmoqchi bo'lsak, matnimiz albatta qo'shtirnoq yoki (" ") yoki birtirnoq(' ') orasida yozlishi kerak. Demak Hayrli tong! so'zini konsolda chiqarish uchun to'g'ri kod:
print("Hayrli tong!")
yoki
print('Hayrli tong!')
bo'ladi.
Natija: Hayrli tong!
SINTEKS XATOLIK (SYNTAX ERROR)
Har bir tilda orfografik va grammatik qoidalar bo'lgani kabi, dasturlash tillarining ham o'ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Bu qoidalar to'plami sinteks (syntax) deb ataladi. Sinteks xatolik (Syntax Error) deb esa shu qoidalarning buzilishiga aytiladi.
Misol uchun keraksiz joyda qo'yilgan nuqta, vergul yoki bo'sh joy, shuningdek ma'lum funktsiyalar nomini xato yozish (print() o'rniga prit()), ochilmay yoki yopilmay qolgan qavs, noo'rin bo'shliq, qolib ketgan kalit so'z (keyword) kabilar ham Syntax Error hisoblanadi.
Syntax Error eng ko'p uchraydigan xatolik bo'lib, Python bunday xatolik bor dasturlarni bajarmaydi.
Biz darslarimiz davomida turli sinteks qoidalar haqida o'z o'rnida yana to'xtalamiz.
ARIFMETIK AMALLAR
Amaliyotga qaytamiz, print() funktsiyasi nafaqat matn, balki turli ifodalarni ham konsolga chiqaradi.
Keling quyidagi kodlarni ham bajaramiz:
print(2+4*2)
Natija: 10
Python arifmetik amallarni bajarishda Matematika qoidalariga amal qiladi:
Qavs ichidagi amallar qavs ortidagilardan avval bajariladi
Darajaga oshirish (ildiz chiqarish) ko'paytirish va bo'lishdan avval bajariladi
Ko'paytirish va bo'lish, qo'shish va ayirishdan avval bajariladi
Boshqa holatlarda ifodalar chapdan o'ngga qarab bajariladi
Yuqoridagi misolda ham avval ko'paytirish (4*2=8), keyin esa qo'shish amali (2+8=10) bajarildi.
print(19/5)
Pythonda oddiy arifmetik amallar quyidagi jadvalda berilgan.


print() yordamida matn va ifodalarni jamlab chiqarish ham mumkin. Buning uchun har bir ifoda va matn vergul (,) bilan ajratiladi:



Download 24.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling