Bandixon tuman xtb gaqarashli 23-sonli umumta‘lim maktabida o‘tkazilgan yig’ilish bayonnomasi №


Download 19.96 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi19.96 Kb.
#1064258
Bog'liq
23-maktab Konstitutsiya yig\'ilish bayoni


“Tasdiqlayman”
Maktab direktori:
_________ B.Nazarov
“29 ” noyabr 2022-yil


Bandixon tuman XTB gaqarashli 23-sonli umumta‘lim maktabida o‘tkazilgan yig’ilish


BAYONNOMASI №

29.11.2022-yil Gulbog’ MFY


Yig‘ilish raisi: B.Nazarov
Kotib: O.Xo’jamberdiyev
Qatnashdi: Maktabning 24 nafar pedagog xodimlari

KUN TARTIBI:


1.8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya-huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusidagi ma’ruza matni


Eshitildi:Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Shaydulloyev
yig‘ilganlarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirib o‘tdi.
Maktabning huquq fani o‘qituvchisi A.Jumayevning “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusidagi ma’ruzasi pedagog xodimlarga o‘qib eshittirildi.
Biz joriy yilda Konstitutsiyamiz qabulqilinganligining 30yilligini keng nishonlamoqdamiz. Shu qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Asosiy qomusimiz 2 marta -1992-yil sentabr va noyabr oylarida umumxalq muhokamasiga olib chiqildi. Loyihalar muhokamasida keng jamoatchilik, butun xalqimiz faol ishtiro ketib, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, uning kelajagiga daxldor ko‘plab fikr-mulohazalar va takliflar bildirdi.
Umumxalq muhokamasi yakunlariga ko‘ra, Bosh Qomusimiz loyihasiga 100 ga yaqin tuzatishlar kiritildi va 1992-yil 8-dekabr kuni Oliy Kengash sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchillashtirish va modernizatsiya qilish bilan birga ta’lim, fan, madaniyat hamda ma’naviyat rivojida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir. U mustahkam ma’naviy-madaniyatimizga tayangandir.Unda o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllantirilgan va sayqal toptirilgan madaniy qadriyatlari, axloqiy fazilatlari, tarixiy va muayyan’ analari, sharqona o‘ziga xosligi v atafakkuri xazinasi durdonalari o‘zining mantiqiy huquqiy ifodasini topgan. Jahonda yuksak madaniyat, tarix va siyosat manbalari sanalmish “Temurtuzuklari”, Navoiyning “Xamsa” si, “Boburnoma”, “Zafarnoma” va boshqa manbalarning mazmun va mohiyati Konstitutsiya matniga singdirilgan e’tiborga sazovor va bu bilan g‘ururlanish lozim.
Konstitutsiya xalqimizning siyosiy-huquqiy tafakkurini shakllantirish, yurtimizni erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lishiga zamin yaratmoqda
Biz sud-huquq tizimiga alohida ahamiyat berayotganimiz bejiz emas.Chunki, Konstitutsiyamizda mustahkamlangan inson huquqlarini ta’minlash ushbu islohotlarning amaliy natijasi bilan bevosita bogliqdir
Shu nuqtai nazardan, Konstitutsiya hamda qonuntalablariga og‘ishmay amal qilish ma’naviy saviyamiz, madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi, davlat organlarining kundalik faoliyatida inson huquq va erkinliklari ustuvorligiga oid konstitutsiyaviy tamoyil so‘zsiz ta’minlanishi shart.
“Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan prinsip barcha bo‘g‘indagi rahbarlar faoliyatida asosiy qoidaga aylandi.
Bugun biz jonajon Vatanimizni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga olib chiqishdek yuksak maqsad yo‘lida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirmoqdamiz.
Hech shubhasiz, oradan yillar, asrla ro‘tadi, lekin xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz yangi-yangi avlodlar uchun hayot qomusi, davrning o‘zi o‘rtaga qo‘yadigan dolzarb muommolarni yechish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
.
Yig‘ilish qatnashchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ul xodimlarning axborotlari tinglanib, yig‘ilish qatnashchilarining fikr-mulohazalari inobatga olingan holda yig‘ilish


QAROR QILADI
1.Kun tartibidagi masalalar yuzasidan eshitilgan axborot, fikr va mulohazalar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Maktabning MMIBDO‘ E.Xasanov, Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi X.Allanazarovga:
8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbirida Konstitutsiyaga bag`ishlab she`r va qo`shiqlar o`quchilar o`rtasida'' Konstitutsiya baxtimiz qomusi ''mavzusida musobaqalar o’tkazish;
- 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish,
- o‘tkazilgan tadbirlar va ochiq tarbiyaviy soatlarni OAV larda yoritish;
3.Barcha sinf rahbarlarga:
-barcha sinflarda 8-dekabr –“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Sinf soatlarida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida tarbiyaviy soatlar o‘tkazish
4.Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Maktab direktori: B.Nazarov


Kotib: O.Xo’jamberdiyev
Download 19.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling