Bandixon tumani qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi


Download 0.82 Mb.
bet15/35
Sana15.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1200040
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
Navruz O`MT

Mustaqil ishi savollari

  1. Magmatik tog„ jinslari

  2. Cho„kindi tog„ jinslari

  3. Metamorfik tog„ jinslari

  1. Mavzu. Tuproq paydo bo„lishi, tarkibi va xossalari. Tuproqning paydo

bo„lishi haqida tushuncha
1. Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi

O ‘quv soati: 2 soat

Talabalar soni:

O ‘quv mashg ‘ulotining shakli

Kirish ma’ruzasi

Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi

  1. Tuproq paydo qiluvchi asosiy ona jins to‘rtlamchi davr yotkiziqlar tuproqni xossa-xususiyatilarini belgilovchi asosiy faktor ekanligi.

  2. yotqiziqlarni kimyoviy mineralogik va mexanik tarkibi,ularni hosil bo‘lishi.

  3. O‘simliklar va xayvonot olami.

  4. T uproq paydo qiluvchi ona jins, j inslar, iqlim, relyef, tuproqning yoshi, inson







faoliyati, tuproq paydo qiluvchi omillarning o‘zaro ta’siri.

O ‘quv mashg ‘ulotining maqsadi

Pedagogik vazifalar:

  • o‘quv fanining ahamiyati va vazifalari, hamda o‘quv fanlari tizimidagi roli, o‘rni bilan tanishtirish;

  • fanning strukturaviy tuzilishi va tavsiya etiladigan o‘quv- uslubiy adabiyotlar haqida ma’lumot berish;

  • iqtisodiyot tarmoq fanlari nazariyasi va amaliyoti sohasidagi yangiliklarni yoritish;

  • fanni o‘rgatish jarayonidagi uslubiy, tashkiliy ishlar maz­munini, hamda baholash muddatlari va shakllarini yoritish;

  • fanning boshqa fanlar bilan bog‘liklik tomonlari haqida ma’lumot berish.

O ‘quv faoliyatining natijalari:
Talaba:

  • fanning ahamiyati va vazifalarini tushuntiradi;

  • o‘quv faoliyati bo‘yicha fanning strukturaviy tuzilishini tushuntiradi;

  • fandagi nazariy va amaliy yangiliklarni yoritadi;

  • fan bo‘yicha uslubiy va tashkiliy ishlarning asosiy tomonlari, hamda baholash shakllari va muddatlarini yoritadi;

O ‘qitish uslubi va texnikasi

Ma’ruza, «aqliy hujum», namoyish etish

O ‘qitish vositalari

Ma’ruza matni, proyektor, tarqatma materiallar, kodoskop, slaydlar, format qog‘ozlari, markerlar, skotch

O ‘qitish shakli

Jamoaviy va guruhlarda ishlash.

O ‘qitish shart-sharoiti

Texnik vositalardan foydalanishga va guruxlarda ishlashga mo‘ljallangan auditoriya

Monitoring va baholash

Savol-javob, Nazorat savollari




  1. Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat
boskichlari

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchining

Talabaning

I. Mavzuga kirish bosqichi
(20 daqiqa)

1.1.O‘quv fanining nomini e’lon kiladi. Fan haqida dastlabki tushuncha beradi va fan miqyosida uslubiy va tashkiliy ishlarning asosiy tomonlarini ochib beradi.

  1. Mazkur fan bo‘yicha o‘rganiladigan mavzularni e’lon qiladi, ular haqida qisqacha ma’lumot beradi, hamda seminar va amaliy mashg‘ulotlar bilan bog‘laydi. Fan reytingi: joriy, oraliq va yakuniy nazoratning baholash mezonlari bilan tanishtiradi (1-ilova).

Adabiyotlar ro‘yxatini taqdim etadi va izoxlaydi (slayd).

  1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilajak o‘quv natijalarini e’lon qiladi.

  2. «Aqliy hujum» metodini qo‘llab, mavzu bo‘yicha tanish tushunchalarni aytishlarini taklif qiladi (2-ilova). Barcha takliflarni doskaga yozib boradi.

  3. Ushbu ishni o‘quv mashg‘ulotining yakunida oxiriga yetkazishlarini aytadi.

Tinglaydilar.
Tinglaydilar va yozib oladilar
Mavzuni daftarlariga yozadilar.
O‘z fikrlarini bildiradilar.

II. Asosiy bosqich (50 daqiqa)

2.1.Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnlarini tarqatadi: mavzu rejasi va asosiy tushunchalar bilan tanishib chiqishni taklif qiladi.

Tinglaydilar.







  1. Namoyish qilish va izoxlash yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni beradi. Fanning predmeti, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasini slaydlarda namoyish etib, tushuntiradi (3-ilova).

Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. Talabalarning e’tiborini asosiy tushunchalarga va ahamiyatli tomonlariga jalb qiladi.

  1. Doskada qayd etilgan asosiy tushunchalarga qaytishni taklif qiladi. Talabalar bilan hamkorlikda tushunchalar ro‘yxatini aniqlash-tiradi, qaytarilganlarini olib tashlaydi, mavzuga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni olib tashlaydi, hamda qayd etilmagan zarur tushuncha va atamalarni qo‘shadi (yozadilar).

Har bir tayanch ibora va atamani muxokama qiladilar, daftarlariga yozib oladilar

III. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

  1. Mavzu bo‘yicha yakuniy xulosalar qiladilar. Faoliyat natijalarini izoxlaydi. Mazkur mavzu bo‘yicha egallangan bilimlar kelajakda qayerlarda qo‘llanilishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.

  2. Talabalar faoliyatini va belgilangan o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini taxlil qiladi va baholaydi.

  3. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: (1) sxemaning bo‘sh kataklarini to‘ldirish (3-ilova); (2) nazorat savollariga og‘zaki javob berish.

Savollar beradilar

Vazifani yozib oladilar


1-ilova
Mavzu bo ‘yicha asosiy tushuncha va iboralar
Метаморфик тог жинслари, куру клик, денгиз таги, Тог жинслари, минералларнинг нураши
Г

  1. Mavzu. Tuproq paydo bo„lishi, tarkibi va xossalari. Tuproqning paydo

bo„lishi haqida tushuncha
REJA:

  1. Tuproq paydo qiluvchi asosiy ona jins to‘rtlamchi davr yotkiziqlar tuproqni xossa-xususiyatilarini belgilovchi asosiy faktor ekanligi.

  2. Yotqiziqlarni kimyoviy mineralogik va mexanik tarkibi,ularni hosil bo‘lishi.

  3. O‘simliklar va xayvonot olami.

  4. Tuproq paydo qiluvchi ona jins, jinslar, iqlim, relyef, tuproqning yoshi, inson faoliyati, tuproq paydo qiluvchi omillarning o‘zaro ta’siri.

Turli omillar, jumladan o‘simlik va mikroorganizmlar ta’sirida mineral qismi o‘zgarib tuproqqa aylanayotgan g‘ovak holdagi tog‘ jinslariga tuproq paydo qiluvchi yoki ona jinslar deb ataladi.Ona jinslar tuproqning material asosi bo‘lib, tuproq paydo qiluvchi jinslarning mexanik, mineralogik va kimyoviy tarkibi va shuningdek fizik, kimyoviy, fizikkimyoviy xossalari unda shakllanayotgan tuproqlarga bevosita ta’sir etadi. Bu tarkibiy qismlar va xossalar keyinchalik tuproq paydo qiluvchi omillar ta’sirida asta-sekin turli darajada o‘zgarib boradi.Tuproq ona jinslari o‘zining kelib chiqishi, tarkibi tuzilishi va xossalari bilan keskin farq qiladi. Shuning uchun ham unda o‘sadigan o‘simliklar hamda mikroorganizmlarning rivojlanishi va nihoyat tuproqning paydo bo‘lishi uchun bir xil sharoit mavjud bo‘lmaydi.Tuproqning sifat ko‘rsatkichlari, jumladan potensial unumdorligi darajasi va agronomik qimmati ko‘pincha ona jinslar xarakteri bilan bevosita bog‘liq. Tuproq paydo qiluvchi jinslar Yerning qattiq qobig‘ini va litosferasini tashkil etuvchi turli tog‘ jinslaridan h osil bo‘ladi. Barcha tog‘ jinslari kelib chiqishiga ko‘ra: magmatik, cho‘kindi va metamorfik gruppalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda magmatik va metamorfik jinslari yer yuzasi
quruqlik qismiga juda kam chiqib turgan bo‘lib, ular qalin qavatli cho‘kindi jin slar bilan qoplangan. Turli tuproqlar Qaynazoy erasining oxirgi - to‘rtlamchi davr g‘ovak cho‘kindi jinslarida shakllangan. To‘rtlamchi davrga xos jinslar esa o‘zining g‘ovakligini yo‘qotib zich jinslarga aylangan.To‘rtlamchi davr cho‘kindi jinslari tub (magmatik va metamorfik) jinslarning nurashi va ular mahsulotlarining suv, shamol va muzliklar ta’sirida qayta yotqizilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jinslarning paydo bo‘lishi hozir ham davom etib kelmoqda. Cho‘kindi jinslar tub jinslardan farqlanib tuproq paydo bo‘lishi uchun qator qulay sharoitlarga, jumladan, g‘ovak qovushmasi, g‘ovakligi, suv o‘tkazuvchanligiga, nam saqlab turishi va singdirish qobiliyatining yuqori bo‘lishi kabi xususiyatlarga ega. Tuproqning paydo bo‘lishi tog‘ jinslarining nurashi va nurash mahsulotlarining olib ketilishi va qayta yotqizilishi bilan bog‘liq.Aytilganidek, to‘rtlamchi davr g‘ovak cho‘kindi jinslari asosiy tuproq paydo qiluvchi jinslar hisoblanadi. Ana shu jinslarda deyarli barcha hozirgi zamon tuproqlari shakllangan. Kelib chiqishi (genezis)ga va hosil bo‘lish sharoitlariga ko‘ra to‘rtlamchi davr cho‘kindilari turli tarkib, tuzilish, g‘ovakligi va har xil xossalari bilan xarakterlanadi. Bu o‘z navbatida tuproq paydo bo‘lish jarayonlarida va hosil bo‘ladigan tuproqlar unumdorligida aks etgan bo‘ladi. Barcha tuproq paydo qiluvchi yoki ona jinslar kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi gruppalarga: elyuvial, delyuvial, elyuvial-delyuvial, kollyuvial, delyuvialkollyuvial, soliflyusion, delyuvial-soliflyukasion, allyuvial, ko‘l- allyuvial, prolyuvial, allyuvial-prolyuvial, muz yotqiziqlari, flyuvioglyasial, dengiz, eol, agro-irrigasiya yotqiziqlari va lyoss jinslariga bo‘linadi.Bu jinslar o‘zining tashqi ko‘rinishi, belgilari, tuzilishi va shuningdek kimyoviy mineralogik va mexanik tarkibi bilan farqlanadi.
Elyuvial jinslar va elyuviy - tub jinslar nurash maxsulotlarining nurash qobig‘ida, o‘z joyida qolib to‘planishidan hosil bo‘ladi.
Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb, nurash mahsulotlarining yomg‘ir va erigan qor suvlari ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog‘ yonbag‘irlariga keltirib, to‘planishidan hosil bo‘ladigan yotqiziqlarga aytiladi.
Allyuvial yotqiziqlar yoki allyuviy -doimiy oqar suvlar-daryolar faoliyati bilan bog‘liq yotqiziqlardir. Toshqinlar natijasida daryo sohillari va daryo bo‘ylarida ko‘p to‘planadi.
Allyuvial yotqiziqlar qatlamli ekanligi va yaxshi saralanganligi bilan xarakterli. Allyuvial yotqiziqlar uchun mineral donachalarning yaxshi yumaloqlanganligi xarakterli. Ular qadimgi va hozirgi zamon all yuvial jinslarga ajratiladi.Allyuvial yotqiziqlar Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo,
Zarafshon, Surxondaryo, Chirchiq, Oxangoron, Murg‘ob, Tajan daryolari vodiylarida, sohil va deltalarida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pgina gidromorf tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi.
Prolyuvial yotqiziqlar yoki prolyuviy - tog‘li o‘lkalarda bahorda erigan qor suvlari va vaqtincha kuchli jala yog‘in suvlari-sel oqimlari natijasida hosil bo‘ladi. Prolyuviy tog‘ yonbag‘irlari va tog‘oldi yoyilma konuslarida keng tarqalgan.Prolyuviy yaxshi saralanmagan yirik parchali aralash jinslardan iborat. Prolyuviy O‘rta Osiyoning tog‘ vodiylarida (Farg‘ona, Zarafshon) va shuningdek,tog‘ oldi baland tekisliklarda keng tarqalgan.
Muzlik yotqiziqlari yoki morenalar - muzliklar keltirib aralash holda yotqizilgan gil, qum, qirrali va silliqlangan shag‘al toshlardan iborat jinslardir.
Flyuvioglyasial yoki muzlik suvlari yotqiziqlari - muz suvlarning kuchli oqimi bilan bog‘liq. Bu oqimlar o‘z yo‘lida uchragan morenalar va boshqa xil yotqiziqlar (jumladan, tub jinslar)ni yuvib ketib yotqizgan bo‘ladi. Muzliklar atrofida asosan yumaloqlangan yirik shag‘al va yirik qum, qumloqlar to‘planadi.
Dengiz yotqiziqlari. Bu jinslar qadimgi dengiz o‘rnida va to‘rtlamchi davrda dengiz transgressiyasi va regressiyasi natijasida hosil bo‘lgan yotqiziqlardan iborat. Dengiz yotqiziqlari odatda qatlamli bo‘lishi, yaxshi saralanganligi va tuzlarni ko‘p saqlashi bilan xarakterlanadi.
Eol yotqiziqlari - shamolning turli tog‘ jinslari zarrachalarini uchirib olib ketishi va yotqizishi natijasida hosil bo‘ladi.
Shamol faoliyati, ayniqsa quruq iqlimli cho‘l zonasida kuchli bo‘lib qum barxanlari, qum tepachalari, gryada qumlari va mo‘tadil iqlimli dengiz qirg‘oqlari hamda daryo vodiylarida o‘ziga xos qum tepalari -dyunalar shaklidagi releflaryuzaga keladi.
Lyoss va lyossimon yotqiziqlar. Bularga lyoss va lyossimon qumoqlar kabi o‘ziga xos qator belgilari bilan ajralib turadigan to‘rtlamchi darv yotqiziqlari kiradi. Bu jinslar MDH-Yevropa qismining janubiy va janubi-sharqiy rayonlarida shimoliy Kavkaz va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Lyoss va lyossli jinslarda tabiiy unumdorligi yuqori bo‘lgan bo‘z tuproqlar, qora, kashtan tuproqlar hosil bo‘ladi.O‘rta Osiyodagi to‘rtlamchi davr jinslari orasida agroirrigasiya yotqiziqlari alohid o‘rin tutadi. Bu jinslarning hosil bo‘lishi sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitda insonlar faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Qadimdan sug‘orilib kelinayotgan (Zarafshon va Farg‘ona vodiysi, Xorazm,
Murg‘ob va Tajan) vohalarida sug‘orish suvidagi loyqalarningerga o‘tirishidan, go‘ng, paxsa devorlari kabilar solingan maydonlarda 2-3 metrgacha qalinlikdagi yotqiziqlar hosil bo‘lgan va ularda o‘ziga xos voha tuproqlari shakllangan.


  1. Download 0.82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling