Bandixon tumani qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi
Mavzu bo ‘yicha asosiy tushuncha va iboralar
Download 0.82 Mb.
|
Navruz O`MT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari
- Guruh
- Ma’lumot ning to„laligi
- Ma’lumot ning taqdim etilishi
- Guruh ishlarini umumlashtiruvchi baho
- Jami ball
- 1,5 - 2 ball - «a’lo» 1,0 - 1,4 ball - «yaxshi»
- Muqobil g„oyalarni baholash varag„i (namuna)
- Baxolash kursatkichlari va mezonlari
- Baxolash kursatkichlari va mezonlari (ballarda)
- Tuproqda gumus (spesifik organik moddalar) ning hosil bulishi va u haqidagi asosiy nazariyalar
Mavzu bo ‘yicha asosiy tushuncha va iboralar
Тупрок, органик моддалари, кимёвий хоссалари, унумдорлик, гумус, микроорганизмлар Baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari
Guruh ishlarini umumlashtiruvchi baho
1,5 - 2 ball - «a’lo» 1,0 - 1,4 ball - «yaxshi» 5 - 0,9 ball - «qoniqarli» - 0,4 ball - «qoniqarsiz» Muqobil g„oyalarni baholash varag„i (namuna)
Bu yerda Q-qashnashuvchi familiyasi; R-rang bo‘yicha baho (1-dan - eng muhim taklif, oxorgi n-gacha unchalik muhim bo‘lmagan, ikkinchi, uchinchi va hokazo takliflar) B-g‘oyani amalga oshirishniyeng tejamliligi bo‘yicha ballardagi bahosi (1- eng yuqori balldan, 10-eng past ballgacha); K- ko‘paytma RxB Baxolash kursatkichlari va mezonlari
Mavzu. Tuproqlarning biologik faolligi Reja: Tuproqdagi organik moddalar manbai va tarkibi Tupro.da gumus (spesifik organik moddalar) ning hosil bulishi va u haqidagi asosiy nazariyalar. Tuproq faunasi, uning turlari, tuproq xosil bo‘lishidagi va tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati. Tuproqdagi mikroorganizmlar, tuproq xosil bo‘lishidagi va tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati.Tuproqning organik qismi turli xildagi va tarkibdagi organik moddalardan tashkil topgan. Bu organik moddalar o‘simliklar, jonivorlar va mikroorganizmlarning har xil darajada chirigan qoldiqlaridan hamda tuproqning o‘ziga xos moddasi - gumus yig‘indisidan iborat. Gumus murakkab kimeviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekulyar modda kompleksi bo‘lib, odatda qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda mineral qismi bilan juda mustahkam birikkan holatdadir. Tuproqning organik moddalari tarkibida doim turli organizmlarning tirik hujayralari va tuproq faunasi (jonivorlari) ham ishtirok etadi. Tuproqlar organik qismining tarkibi taxminan quyidagi nisbatda: gumus 85 foiz, o‘simlik qoldiqlari 10 foiz, tuproq florasi va faunasi (tirik zamburug‘lar, suv o‘tlari, bakteriya va aktinomisetlar, emg‘ir chuvalchanglari kabilar) 5 foiz chamasida bo‘ladi Tuproqning yuzasi va butun profilida to‘planadigan barcha o‘simlik va hayvon qoldiqlari organik moddalarning potensial manbai hisoblanadi hamda tuproq paydo bo‘lish jaraenlarida aktiv qatnashadi. Tuproqdagi biomassa zahirasi, uning strukturasi, dinamikasi va tarkibi turli tabiiy zonalarda bir xil emas. Ayniqsa yashil o‘simliklar eng ko‘p biomassa to‘plash imkoniyatiga ega. Ularning har yili to‘playdigan biomassasi umurtqasiz hayvonlar va mikroorganizmlarga nisbatan o‘nlab yuzlab marotaba, umurtqali hayvonlarga nisbatan esa bir necha ming marotaba ko‘p. Shuning uchun ham tuproqdagi organik moddalarning asosiy qismi yashil o‘simliklarning yer yuzasiga tushadigan qoldiqlari va ildizlari hisobiga bo‘ladi Ammo jonivorlar va mikroorganizmlar qoldiqlarining tarkibida oqsil moddalarning ko‘p bo‘lishi, tuproqda azotga boy organik moddalarning to‘planishida muhim rol o‘ynaydi. Turli o‘simliklar formasiyasi qoldiradigan, har yili to‘planadigan organik modda (biomassasi) bir xil emas va gektariga o‘rtacha 3,4-13,7 tonnani, nam subtropik o‘rmonlarida esa hatto 30-35 tonnani tashkil etadi. Turli tabiiy tuproq zonalarida quyidagi o‘simliklarning qoldiqlari to‘planishi mumkin. Tundra zonasida fitomassa zahirasi 150 dan 2500 g/m2 gacha, o‘rmon- tayga zonasining yuqori bonitetli o‘rmonlarida fitomassa miqdori 25-40 ming g/m2 gacha ko‘payadi. Dasht zonasi o‘tsimon o‘simliklar o‘rmonlarga nisbatan kamroq biomassa (1200-2500 g/m2) to‘playdi, ammo ildiz massasi 3-6 marta ko‘p bo‘ladi. Cho‘l zonasida fitomassa zahirasi keskin kamayadi, ammo ildiz massasi ko‘payadi va yer yuzasidagi organik moddalar hamda ildiz massasining nisbati 1:8-1:9 ga barobardir. Tuproqning biologik aktivligi ancha past bo‘lsa-da, nam yetarli bo‘lgan bahor vaqtlarida kuchayadi. Tuproqda to‘planadigan organik qoldiqlarning kimeviy tarkibi ko‘pincha nobud bo‘lgan organizmlarning turlariga bog‘liq. Tuproqda to‘planadigan organik qoldiqlar tarkibida kul moddalar (Sa, K, R, Si. Fe, S cingari), uglevodlar, oqsillar, lignin, lipidlar, mumlar, smolalar, oshlovchi moddalar va boshqa organikbirikmalar bo‘ladi. Jadval materiallaridan ko‘rinib turibdiki, bakteriyalar va dukkakli o‘simliklar tarkibida o.sil moddalari ko‘p bo‘lib, daraxtsimon o‘simliklarning ..ochlik .ismida juda kam. Ammo daraxtlar tarkibida uglevodlar, lignin va oshlovchi moddalar asosiy rol o‘ynaydi. Demak, tupro.dagi organik moddalar tarkibining murakkabligi va xilma-xilligi organik .oldi.larning turlicha bo‘lishiga .amda keyinchalik o‘zgarish sharoitlariga bo.li. bo‘ladi. Tupro.dagi organik moddalar tarkibida o‘simliklar, bakteriyalar va zamburu.lar plazmalaridagi barcha birikmalar, .amda ularning keyinchalik ta’sirlashuvi va o‘zgarishi (transformasiyasi) dan .osil bo‘lgan ma.sulotlar mavjud. Bularga tupro.da bir sutkadan yuz va ming yillar sa.lanadigan minglab birikmalar kiradi. Tupro.dagi organik moddalar o‘zining tabiati va tupro. paydo bo‘lish jara.nlaridagi roliga ko‘ra ikki gruppaga bo‘linadi. B i r i n ch i g r u p p a g a o‘ziga xos xususiyatga (spesifik) ega bo‘lmagan organik moddalar kiradi va uning tarkibida organik kim.da ma’lum bo‘lgan turli azot sa.lovchi va azotsiz organik moddalar mavjud. Bu gruppaga o‘simlik .oldi.larining parchalanishidan .osil bo‘ladigan organik ma.sulotlar, mikrob tanalari va organik .oldi.lar parchalanishining oxirgi ma.sulotlari sintezidan iborat moddalar kiradi. Ana shu gruppa tupro. organik moddalarining 10-15 foizini tashkil etadi. I k k i n ch i g r u p p a o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan organik moddalar - tupro. gumusi .ki chirindisidan iborat. Gumus organik moddalar sintezidan .osil bo‘lgan yu.ori molekulyar birikmadir va tupro.dagi organik moddalarning 85-90 foizini tashkil etadi. Organik moddalarning parchalanishi natijasida nisbatan oddiy moddalar, sintezlanganda esa juda murakkab birikmalar .osil bo‘ladi. Shunday .ilib, .ar .anday tupro.da bir va.tning o‘zida ikki jara.n: M i n ye r a l l a n i sh - murakkab organik birikmalarning oddiy moddalar (SO2, N2O, NH3, kabi) gacha parchalanishi va G u m u s n i n g .osil bo‘lishi (gumifikasiya) jara.nlari ro‘y beradi. Tupro..a tushadigan organik .oldi.lar, turli biokim.viy va fizik-kim.viy jara.nlar natijasida ularning asosiy .ismi oxirgi ma.sulotlar (SO2, N2O va oddiy tuzlar) ga .adar oksidlanib minerallashadi, bir .ismi esa murakkab o‘zgarishlarga uchrab tupro.ning o‘ziga xos gumusli moddalarini .osil .iladi. Bu jara.nga g u m u s g a a y l a n i sh deb ataladi. Gumus .osil bo‘lish .a.idagi .ozirgi asosiy nu.tai nazar (konsepsiya)lar xa.ida to‘xtab o‘tamiz. K o n d ye n s a t l a n i sh (p o l i m ye r l a n i sh) n a t i j a s i d a g u m u s . o s l b o‘ l i sh k o n s ye p s i ya s i. Bu faraziya dastlab A.G.Trusov tomonidan ishlab chi.ilgan bo‘lib, keyinchalik M.M.Kononova boshli. bir gruppa olimlar rivojlantirdi. Ana shu nu.ta-nazarga ko‘ra gumus .osil bo‘lishida o.sillarning parchalanishidan .osil bo‘lgan perro - S4N5N va benzol (S6N6) kabi monomerlarning oksidlanish va kondensatlanishidanhamda lignin va oshlovchi moddalarning parchalanishidan yuzaga keladigan fenol (S6N5 ON) va xinon ((S6N2O5) singari oddiy moddalarning fermentlar ta’sirida va ishtirokida polimerlashib sintezlanishidan paydo bo‘ladi. Bu faraziyaga ko‘ra gumus moddalarning fulvokislotalari gumus hosil bo‘lish jaraenining dastlabki davrida past molekulyar bo‘lib, keyinchalik bu prosessning rivojlanishi natijasida kondensatlanib (polimerlanib) yuqori molekulyar moddaga aylanadi. Demak, fulvokislotalar gumus hosil bo‘lish jaraenining boshlang‘ich davrida paydo bo‘lgan organik kislota bo‘lib, gumin kislotadan sifat jihatidan farq qiladi (17- rasm chizma). G u m u s h o s i l b o‘ l i sh i n i n g b i o k i m e v i y o k s i d l a n i sh k o n s ye p s i ya s i. Bu nuqtai nazar dastlab I.V.Tyurin keyinchalik L.I.Aleksandrova tomonidan rivojlantirildi. Ana shu konsepsiyaga ko‘ra gumus hosil bo‘lishi murakkab biofizik-kimeviy jaraen bo‘lib, bunda organik qoldiqlardagi yuqori molekulyar holatdagi oraliq mahsuslotlarning parchalanishidan o‘ziga xos yuqori sinfli murakkab organik birikmalar-gumusli kislotalar hosil bo‘ladi. Gumus hosil bo‘lishida sekin boradigan biokimeviy oksidlanish jaraenlari yo‘naltiruvchi ahamiyatga ega bo‘lib natijada qator yuqori molekulyar organik kislotalar sistemasi yuzaga keladi. Gumin kislotalarning murakkab sistemasi o‘simlik qoldiqlari tarkibidagi kul elementlari va tuproqning mineral qismi bilan o‘zaro ta’sirlashib, qator organik-mineral birikmalar hosil qiladi. v) G u m u s h o s i l b o‘ l i sh i n i n g b i o l o g i k k o n s ye p s i ya s i ga ko‘ra gumusli moddalar turli mikroorganizmlar mahsulotlarining sintezidan iborat. Bu nuqtai nazar V.R.Vilyams tomonidan aytilgan bo‘lib, uning fikricha gumus moddalar sifati turlicha ekanligi mikroorganizmlar (aerob va anaerob bakteriyalar, zamburug‘lar)ning turi bilan bog‘liq bo‘lib, har xil gumus moddalar esa, turlicha gruppadagi mikroorganizmlarning ekzoenzimlari (sirtqi achitqisi) maxsulidir. D.S.Orlovning ko‘rsatishicha, tuproqdagi gumus hosil bo‘lish jaraenlari kondensasiya va shuningdek biokimeviy oksidlanish yo‘li bilan ham bo‘lishi mumkin. Xullas gumus hosil bo‘lishi nixoyatda murakkab jaraen bo‘lib, turlicha shart- sharoitlar va omillarga bog‘liq va uni bir xildagi nazariya bilan tushuntirish qiyin. Tuproqda gumus (spesifik organik moddalar) ning hosil bulishi va u haqidagi asosiy nazariyalar Gumus hosil bo‘lish tezligi, uning borish xarakteri qator omillarga, jumladan, o‘simliklar qoldig‘ining miqdori va kimeviy tarkibiga, tuproqning namligi va aerasiyasiga, muhit reaksiyasiga, oksidlanish-qaytarilish sharoitiga, mikrobiologik faoliyatining intensivligiga, mikroorganizmlar gruppalari tarkibiga, shuningdek, tuproq mineral qismining mexanik, mineralogik va kimeviy tarkibiga bog‘liq. Ana shu omillar asosida L.N.Aleksandrova tuproqdagi organik qoldiqlaminggumusga aylanishining fulvatli, gumat-fulvatli, fulvat-gumatli va gumatli tiplarini ajratadi. O‘simlik .oldi.larining gumusga aylanish jara.nidagi o‘zgarish rasm-chizmasi (M.M.Kononova, L.N.Aleksandrova, N.N.Belchikova bo‘yicha). D.S.Orlov (1977) turli tupro. tiplarini gumusga aylanish jara.nlarini xarakterlovchi gumusga aylanish chu.urligi tushunchasini tavsiya etadi. Tupro. gumusini o‘rganish va tekshirish ishlari bundan 150 yildan orti. davrdan bu.n olib borilib, ko‘plab ilmiy asarlar yaratilishiga .aramasdan gumusning tabiati, ayrim tarkibiy .ismlarining struktura formulasi, tuzilishi .amda tupro. chirindisining paydo bo‘lish mexanizmi, tupro. xossalariga va o‘simliklarga ta’siri .a.ida ani. tasavvurga ega emasmiz. Buning asosiy sababi gumus juda murakkab tarkibli organik modda bo‘lib, uni toza .olda ajratib olish .iyin. Chunki tupro.ning mineral .ismi organik moddalar bilan musta.kam birikkan bo‘lib, gumus moddalarini ajratib olish usullari .ozirgacha mukammal emas. Gumusning kim.viy tarkibini o‘rganishga doir dastlabki tad.i.otlar shved olimi Ya.Berselius tomonidan olib borildi. U 1836 yilda tupro. chirindi moddalarini tekshirib .ator o‘ziga xos organik birikmalarinikren, apokren, gumin, ulmin kabi to‘rtta gumus kislotalarini ajratdi. Bu kislotalarning tarkibi keyinchalik V.R.Vilyams va boshqa qator olimlar tomonidan batafsil o‘rganildi. NAZORAT SAVOLLARI Tuproqdagi organik moddalar gruppalarini ta’riflang? Tuproqdagi spesifik (o‘ziga xos) xususiyatga ega bo‘lmagan va spesifik (o‘ziga xos) xususiyatga ega bo‘lgan organik moddalarga nimalar kiradi? Gumus hosil bo‘lishi haqidagi asosiy nazariyalar mohiyatini tushuntirib bering? Tuproqda gumus qaysi sharoitda ko‘p to‘planadi? Mavzu. TUPROQLARNING TARQALISHI VA KLASSIFIKASIYASI Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling