Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


Download 93.01 Kb.
bet11/28
Sana22.02.2023
Hajmi93.01 Kb.
#1219998
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
1 қишлоқ хўжалиги ишчиси ENG oxirgisi 111 2

Umumiy soat:

6



1. Modulning maqsad va vazifalari
Modulning maqsadi: “Mehnat migrantlari orasida diniy ekstremizm, missionerlik va odam savdosi holatlarini oldini olish” modulini o‘qitishdan maqsad – tinglovchilarda dunyoda kechayotgan diniy ekstremizm va fundamentalizm, missionerlik, odam savdosining turli ko‘rinishlari haqida umumiy tasavvur hosil qilish orqali ularni bu kabi salbiy kuchlar ta'siriga tushib qolishdan o‘zlarini himoya qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Modulning vazifalari: qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagilar asosiy vazifa qilib belgilanadi:
- odam savdosining turlari, umuminsoniy qadriyatlarga zid ekanligi, bu ish bilan shug‘ullanuvchi shaxlarning turli vositalardan foydalanishi ehtimollari, uning ta'siriga tushib qolishning ayachli oqibatlari aniq fakt va dalillar asosida tushintirib berish;
- diniy ekstremizm va terrorizmning bugungi kundagi global xavfi, diniy mutaassib va fundamentalistik guruhlarning turli mintaqalardagi fuqarolarni, xususan yoshlarni o‘z domiga tortish yo‘lidagi xarakat, uslub va vositalari haqida keng tushunchalar berish;
- missionerlik, prozelitizm va bu kabi siyosiy g‘araz maqsadlarni ko‘zlagan guruhlarning faoliyati natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar, missionerlarning shaxsga o‘z ta'sirini o‘tkazishdagi uslub, vositalari, ularni qo‘llab turgan kuchlarning asl g‘oya va maqsadlarini yoritib berish.


II. Modul mazmuni
1-Mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash . Diniy fundamentalizmning mohiyati, vujudga kelishi va uning salbiy oqibatlari. Diniy ekstremizm va uni keltirib chiqaruvchi omillar. Dindan siyosiy manfaatlar yo‘lida foydalanishga urinishlarning ijtimoiy xavfi. Radikal diniy oqimlar. Diniy ekstremizm – milliy xavfsizlikka tahdid. Diniy ekstremizmning xalqaro terrorizm bilan bog‘liqligi.
2-Mavzu. Islom – tinchlik, bag‘rikenglik, insonparvarlik dini. Sof islomiy tushunchalarning mohiyati va talqini: jihod, shahidlik, hijrat, takfir, xalifalik. “Ma'rifiy islom” kontseptsiyasi. “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiorining mazmun-mohiyati. O‘zbekistondagi diniy tashkilotlar. Diniy qadriyatlar va ijtimoiy ma'rifat. Musulmon olamining diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashi. O‘zbekistonning halqaro sahnada diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdagi faoliyati. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan vijdon erkinligining kafolatlanishi. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyati. Mustaqillik va din.

Download 93.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling