Ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim:
amaliy tajribaga ega bo‘lishi kerak;
- yuk tashishni hisoblashni bajara olishi;
- transport blokini to‘ldirish va ishga tayyorlash;
- qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun agregatni to‘ldirish va tayyorlash ;
-xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga roiya qiladi;
- mashinalarni texnik va texnologik sozlay olishi.
YAPON TILI BO‘YICHA O‘QUV DASTURI MAZMUNI
Yapon tili o‘quv dasturi butun dunyoda tan olingan vа ommalashgan, chet tillarni o‘qitish talablariga amal qilgan holda tuzildi. Bundan tashqari dasturga qo‘shimcha materiallar - turli xil lug‘atlar, qariyalarni parvarishlash bo‘yicha materiallar, qariyalarni parvarishlash bo‘yicha Yaponiyadagi kunlik kasbiy hayotga tayyorlash bo‘yicha manbalardan foydalaniladi. Ushbu dastur o‘ziga xos vа samarali uslublar va vositalar yordamida xorijiy til malakalarini egallash metodikasi bilan ajralib turadi hamda qisqa muddatda o‘quvchilarda boshlang‘ich darajadan erkin muloqot darajasigacha malakalarga ega bo‘lishni ta'minlaydi.
YAPON TILI TA’LIMINING MAQSADI, VAZIFASI VА MAZMUNI
Ushbu dastur tarkibidagi material nafaqat til malakalarini egallash uchun, balki oraliq vа уаkuniy test sinovi uchun zarur bo‘lgan erkin muloqot va amaliy ko‘nikmalarga oson erishishga imkoniyat beradi.
N5 kursi:
l-daraja (N5) - Yapon tili o‘quv dasturining boshlang‘ich darajasi- og‘zaki ча yozma mаteriallarni o‘z ichiga olgan.
2-daraja (N4) -Yapon tili o‘quv dasturining elementar darajasi - og‘zaki va yozma materiallarni o‘z ichiga olgan.
Yapon tili o‘quv dasturining N5 darajasi o‘quv soatlari jarli 288 soat, ya'ni 45 daqiqalik darslardir.
N4 kursi:
Yapon tili o‘quv dasturining N4 darajasi o‘quv soatlari jami 288 soat ya'ni 45 daqiqalik darslardir.
O‘quvchilar mashg‘ulotlar davomida qisqa muddatda hаr to‘rttala o‘quv malakalari (tinglash, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘qib, test sinovlariga tayyorlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |