Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Download 93.01 Kb.
|
1 қишлоқ хўжалиги ишчиси ENG oxirgisi 111 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 MODUL. Yapon tili N4 № Fan
- Ta’lim mazmuni (nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mavzulari), qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari va tavsiya etilgan adabiyotlar
- TIL KO‘NIKMALARI: Lingvistik kompetensiya: Tinglab tushunish
- Gapirish/Dialog
TIL KO‘NIKMALARI: Lingvistik kompetensiya: Tinglab tushunish: Uzoq davom etgan suhbat va murakkab dalillar keltirilgan matnni tushunish va idrok etish; ma’ruza, suhbat, mukammal yo‘riqnomalar, akademik va kasbiy prezentatsiyalar, savol-javoblar asosiy mazmunini tushuna olish; reklama, e’lon va ma’lumotnomalarni tushunish; murakkab autentik nutqni tanish va notanish kontekstda tushuna olish; til sohiblari suhbatlari va bahs- munozaralarini tushuna olish; radio va internet materiallari, intervyularni (suhbat) to‘liq darajada tushuna olish. Gapirish/Dialog: Suhbatdoshi bilan muzokara olib borish; aniq masalalar bo‘yicha axborot olish; uzoq muddatli muzokaralarda til sohibi bilan qatnashish, ularni qo‘llab-quvvatlash, kerak bo‘lsa muzokaralarni boshqarish; kundalik mavzularda bahs-munozara, muzokaralarda faol qatnashish; ixtisoslik (kasb) bo‘yicha intervyu, suhbatlarda qatnashish; fikrni aniqlashtirish, qaytadan tuzish va bahs-munozara rivojiga o‘z hissasini qo‘shish; muzokaralar olib borish jarayonida muammolarning yechimini ustalik bilan hal etish; vaziyatga qarab savollar berish va javob qaytarish. Monolog: Alohida mavzu bo‘yicha qilingan prezentatsiyalar o‘tkazish; ixtisosligi bo‘yicha asbob-uskunalarni aniq va ravshan tasvirlash; alohida mavzu bo‘yicha og‘zaki ma’ruza tuzish; maqola, ma’ruza, bahs-munozaralarni aniq va ravshan qilib umumlashtirish; aniq tizimga asoslangan holda qo‘shimcha, yetarli bo‘lgan holda va tanish mavzu bo‘yicha o‘z fikrini ifoda qila olish. O‘qish: Tanish va notanish mavzu bo‘yicha tuzilgan matnlardan asosiy kerakli bo‘lgan axborotni, shaxsiy va mutaxassislik bo‘yicha korrespondensiyalarni (xat-xabarlarni) tushunish; diagramma, sxema, chizmalarning qisqacha ta’rifini tushunish; murakkab bo‘lgan ma’lumotlarni idrok etish; maxsus, murakkab bo‘lgan yozma yo‘riqnoma va qo‘llanmalarni tushunish; kasbga oid maqola va ma’ruzalardan kerakli axborotni ajratib olish; kerak yoki nokerakligini aniqlash maqsadida matnning u yoki bu qismini sinchiklab o‘qish, konferensiya dasturlarini o‘qib tushunish. Yozuv: Maxsus ma’lumotlarni (til yuzasidan bo‘lgan xatlarni, ma’lumotlarni, elektron xatlarni) yoza olish; esse (insho) va ma’ruzalarni yoza olish; aniq mantiqqa ega bo‘lgan ilmiy maqolalar va ilmiy tadqiqot ishlarni yoza olish; yozma takliflar, hisobot va rezyumelar tuza olish; bitiruv malakaviy ishlarni zarur bo‘lganda yoza olish. Download 93.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling