3-mavzu. Naqd pul va kassa operatsiyalarining auditi
Reja:
1. Naqd pul va boyliklarni audit qilish tartibi
2. Naqd pul va boyliklarni saqlash binolari va ularni qo’riqlanish
auditi
3. Kassa va kassa operatsiyalarini auditi
1. Naqd pul va boyliklarni audit qilish tartibi
Bank kassalaridagi mavjud pul va boyliklar to’satdan, bir kunning o’zida,
barcha boyliklar, ular bilan o’tkaziladigan operatsiyalar, pul va boyliklar sanash
chog’ida but saqlanishini to’liq audit qilish imkoniyatini ta’minlaydigan, hamda
boyliklar yashirilishi, pul va boshqa boyliklardan kamomad borligini yashirishga
imkon qoldirmaydigan izchillikda audit qilinadi.
Audit qilish boyliklar but saqlanishi uchun javobgar bo’lgan mansabdor
shaxslarning ishtirokida o’tkazilishi hamda bank muassasalarida operatsiyalar
amalga oshirilishining odatdagi maromini buzmasligi kerak.
Auditdan o’tkazish paytida Yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslar yo’q
bo’lsa, bu holat dalolatnomada alohida qayd ztiladi, umumiy dalolatnoma audit
rahbarining, hamda mas’ul rahbarlarning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Audit qilish razberi bank muassasasiga kelganidan aylanma (operatsiya) va
kechki kassalarda, qayta pul sanash kassasida va kassirlar bilan inkassatorlarning
javobgarligida bo’lgan jamiki naqd pulni, zaxira fondlarida bo’lgan pul bileti va
tangalarni, chet el valyutasi va boshqa boyliklarni o’z nazoratiga qabul qiladi.
Audit qilish rahbari, uni o’tkazishga kirishar ekan, mansabdor shaxslarning
xuzurida Naqd pul bo’lgan barcha omborlarni uzining lavozimiga doir surg’uchli
muxr bilan muxrlab chiqadi. Kassa tarmogida joylashgan boshqa omborlar esa
audit boshlangan payt ularda pul va boyliklar yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun
ko’zdan kechiriladi.
Ish kuni tugaganidan so’ng pul omborlari muxrlanishi va boyliklar but
Do'stlaringiz bilan baham: |