Bank auditi
Pul qoldig’lari ma’lumotlarini tekshirish
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank auditi
Pul qoldig’lari ma’lumotlarini tekshirish
Aniq jarayonlar bo’yicha pul mablag’lari qoldig’lari ma’lumotlarini tekshirish Audit maqsadlari Aniq tekshirish jarayonlari 1. Xodisa, to’liqlik va baholash Kassa kitobi bilan bank balans hisobvarag’iga qabul qilmoq Tranzitdagi tijorat depozitlari, to’lanmagan cheklar va boshqalar, vipiskadagi bazi noaniqliklar bilan bank xisobvaraqlani solishtirish 2. Aniqlik Bank xisobvaraqlarini tekshirib, bank saldo kitobini kassa kitobi bo’yicha tekshirib va asosiy buxgalteriya kitobi bilan taqqoslash; 3. Bekor qilish Pul tushumlarini qabul qilish uchun,oxirgi kundan boshlab xisobdagi pul mablag’larini yilning oxirigacha, xamda tushgan depozit pul mablag’larni taqqoslash; To’langan pul mablag’larini yozma qayd qilish va oxirgi berilgan chek, to’langan pul mablag’larini kassa kitobida qayd etilganini tekshirish va bank xisobvarag’idagi to’lanmagan cheklar va xar qanday uzoq ushlangan kliring cheklarini xam tekshirish; 4. Klassifikatsiya, ma’lumotlarni berish Bank xatlarini, kredit shartnomalarini va pul mablag’larini cheklanishiga aloqador xujjatlarni tekshirish; Bank kreditlarini va oderdraftlarini ta’minlash, moliya xisobotida qayd qilinmagan pul qoldig’larini tekshirish 2. Naqd pul va boyliklarni saqlash binolari va ularni qo’riqlanish auditi Naqd pullar, boyliklar va ular bilan o’tkaziladigan operatsiyalarning qonuniyligini audit qilish bilan bir qatorda pul va boyliklar ish vaqtida, hamda ishdan tashqari vaqtda but saqlanishi ta’minlangani, pul omborlari seyflarni ochish, yopish, muxrlash, qo’riqlash uchun topshirish va qabul qilish qoidalariga rioya etilishi, ularning holati bank muassasalari binolaridagi kassa uzellarining lryixalanishi va qurilishiga doir texnik talablarga muvofiq tekshiriladi. Auditor tekshirilayotgan Bosh boshqarmaning rahbari yoki uning kassa ishiga rahbarlik kiluvchi muovini bilan hamkorlikda bank binosi eshiklarining mustahkamligini, ularda ichki tambalar, eshik-derazalar, erto’la va boshqa xonalarda panjaralar borligi va mustahkamligini ko’zdan kechirib chiqadi. Birinchi kavatdagi xonalarning derazalari tunda ichki eshiklar yoki kalin darpardalar bilan yopilishini tekshiradi. Pul ombori ko’zdan kechiriladi, zirxli eshiklar butunligi, etarlicha jixozlangan javonlar borligi va zich yopilishi, ulardagi kulflar butunligi tekshiriladi. Bank muassasalarining kassa xonalaridagi eshik, derazalarning ichki tambalari, kassirlarning boyliklar saqlanadigan ish stollarida shaxsiy kulflar borligi va butunligi ham shu tartibda tekshiriladi. Kassirlar va inkassatorlar zarur bo’lgan pul omborlari bilan ta’minlangani, omborlar ularga qo’yiladigan talablarga mos kelishi tekshiruvdan o’tkaziladi. Auditor bank binosi, kassa xonalari eshiklari, kassa kabinalarining derazalari, pul omborilar joylashgan javonlarning eshiklari qulf (tamba) bilan berkilishiga ishonch hosil qilishi kerak. Aniqlangan kamchiliklar kassa xodimlari va boshqa xodimlarga boyliklar but saqlanishi uchun javobgar bo’lgan mansabdor shaxslardan biri (bank muassasasi rahbari, bosh buxgalteri yoki ularning kassa ishiga rahbarlik kiluvchi o’rinbosarlari, kassa mudiri)ning xuzurida ko’rsatib o’tiladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling