Bank auditi
Pul omborlarini qo’riqlash xizmati xodimlariga topshirish va ulardan
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank auditi
Pul omborlarini qo’riqlash xizmati xodimlariga topshirish va ulardan
qabul qilish tartibi ham ko’zatish orqali, hamda har bir ombor bo’yicha post daftarlaridagi yozuvlar bo’yicha tekshiriladi. Bunda boyliklar but saqlanishi uchun javobgar shaxslar pul omborlarini qabul qilib olishda eshiklar, kulflar, tizimcha, muxr izlari butunligini tekshirishi aniqlanadi. Ish kunlari pul omborlari ko’zdan kechirish va tekshirish uchun albatta ochilishi ta’minlangani, shuningdek, davlat boyliklarini saqlash shart-sharoitlariga rioya qilinishi post daftaridagi yozuvlarga qarab tekshiriladi. Xavf xatardan darak berish vositalarining ahvoli bank muassasi rahbari yoki uning boyliklar but saqlanishi uchun javobgarlik zimmasiga yuklatilgan muovini bilan hamkorlikda tekshirib chiqiladi. Pul omborlari, deraza, eshiklar, pol va shiftlardagi lyuklar, boyliklar tashishda foydalaniladigan liftlar, kirish mumkin bo’lgan boshqa joylar kodlashtirilgani yoki mustahkamlangani, kassa tarmogi (uzeli) xavf xatar va yong’indan darak beruvchi texnik vositalar bilan jihozlangani ko’zdan kechiriladi. Ayni paytda pul sanash kassasi mudiri, oborot, kechki, kirim, chiqim va boshqa xil operatsiya kassalari kassirlarining, shuningdek, muassasa rahbari, bosh buxgalter (yoki ularning zaxira fondlarini saqlash vazifalari ishonib topshirilgan muovin-lari), kassa mudirining ish o’rinlarida, postlarda hamda boyliklar bo’lgan boshqa xonalarda tugmachali datchiklar borligi tekshiriladi. Audit rahbarining talabiga ko’ra, xavf-xatardan darak berishch vositalarining to’g’ri ishlashi va "Xavf-xatar" degan darak berilishi bilanok militsiya xodimlari o’z vaqtida etib kelishi tekshirib qurilishi lozim. Shuni nazarda tutish lozimki, banklarning viloyat (shahar) boshqarmalari boshliklariga, kassa operatsiyalari bo’limlari boshliklariga, bank bo’limlari boshqaruvchilariga ichki ishlar organi, idoraga qarashli bo’lmagan qo’riqlash xizmati bo’limi (bo’linmasi) boshlig’i yoki ularning muovinlari xuzurida qo’riqlanayotgan ob’ektda xavfli holat e’lon qilish huquqi beriladi. Bank hisoblarini audit tekshirish jarayoni (A) Bank hisobvaraqlarini va kassa kitobidagi aniq balansni aniq matematik tarzda tekshirilishini nazorat qilish (B) Muslashtirish va tasdiqlash bosqichlardagi balanslar mosligi (S) bank hisobi tekshirilgan bir xafalik sanaga mo’ljallangan Bank hisobvaraqlaridagi xujjatlar bilan depozitlarni taqqoslash; (D) Bank hisobotlarini tekshirish ro’yxatiga qo’shilgan xar bir xujjatni nazorat qilish; (E) Korrektsiya qilingan balans kitobini asosiy bank hisobi bilan moslashtirish; Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling