Bank auditi


Pul tushumlari va amaliyotlari nazoratini jarayonlari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/35
Sana04.04.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1327552
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
Bank auditi

Pul tushumlari va amaliyotlari nazoratini jarayonlari
Audit maqsadlari Aniq teshiruv jarayonlari 
1. Xodisalar
 Kassa kitoblaridan tushgan pul mablag’lardan 
bazilarini misol tariqasida olib, pul o’tkazmalari kirim 
orderlariga to’g’ri kelishini va bank xisobotlarini 
tekshirish. 
 Kassa kitobidan pul o’tkazmalari misollarni va to’lov 
cheklarini (tasdiqlovchi xujjatlar bilan birga) tanlab olib va 
bank xisobvarag’i pul mablag’lar bilan solishtirish. 
 Xujjatlar va to’lov qog’ozlari orqali bazi holatlarda
tafsilotlarni tekshirish, masalan bazi to’lovlarni 
to’xtatilganligi, to’langan cheklar, avtorizatsiya va boshqa 
xujjatlar. 
2. Tugallanganlik 
 Kassa chekini kirim,chiqim jurnallarida aks ettirilgan 
to’lovlarini tekshirish. 
 Kassa kitobidagi to’lov xujjatlarini tekshirish 
(tasdiqlovchi xujjatlar bilan) 
3. Aniqlik 
 Umumiy pul tushumlari va to’lovarni umumiy 
buxgalteriya kitobida qayd qilmoq 


4. Baxolash 
 Kassa kitobida ro’yxatga olingan avizo misolini 
tushgan pul mablag’larini ko’rsatgan xolda taqqoslash 
 Chek nusxasini (bekor qilingan cheklar) kassa kitobida 
qayd etilgan pul tushumlari bilan taqqoslash 
5. Bekor qilmoq 
 Kassa amaliyotlari yozilgan sanalarni naqd pul tushgan 
sanalar bilan taqqoslamoq (bankka qo’yilgan ki cheklar 
bo’yicha) 
6. Klassifikatsiya 
 Pul tushumlari , to’lovlari va amaliyotlarini misollarini 
to’g’ri klassifikatsiya maqsadida taqqoslash 
Bankdan olingan mablag’lar kirimga to’liq, kiritilgani bank bergan 
ko’chirmalar va bankdan pul olish uchun yozib berilgan cheklar aosida tekshiriladi. 
2-sonli jurnal-order bilan debet “Kassa” va kredit “Bank” summalariga mos kelishi 
kerak, agarda fark borligi aniqlansa, chek milki, kassa kirim orderi bank 
ko’chirmalari bilan solishtiriladi, shubx;a tug’ilgan taqdirda bevosita bank 
bo’limida ham tekshirilishi mumkin. 
Pul mablag’lari belgilangan maqsadda, ish haqki to’lash, xizmat safari 
xarajatlari, ishga vaqtinchalik layokatsizlik uchun to’lanadigan nafaqalarga 
ajratilgan xo’jalik xarajatlari va hokazolar uchun ishlatilgani tekshiriladi. 
Bankdan olingan pul summalari ish haqi uchun to’g’ri ishlatilganini aniqlash 
maqsadida uni yozilgan ish haqi to’g’risida bankka taqdim etilgan ma’lumotnoma 
bilan qiyoslash kerak. 
Barcha kirim-chiqim pul hujjatlarini hujjatlar asosida tekshirishda ularning 
ishonchliligini sinchiklab nazardan o’tkazish kerak. Hisob-kitob to’lov 
qaydnomalari yozilgan ish haqi summasi bo’yicha ham, uni berish bo’yicha ham 
tekshiriladi. Bunda hujjatlar, kassa chiqim orderlari, to’lov qaydnomalaridagi 
imzolar ishonchli ekaniga alohida e’tibor beriladi, "berilsin" degan holatda 
chiqarilgan yakunlarning to’g’riligini yalpi tekshirish shular asosida olib boriladi, 
undan tashqari kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish kitobi mavjudligi 
hamda kim tomonidan qayd qilib borilayottanligi tekshiriladi. 
Imzolarning ishonchliligi (haqiqiyligi) aynan shu shaxslarning imzolarini 
boshqa hujjatlar, qaydnomalar, hisobvaraqlardagi imzolariga qiyoslash orqali 
aniqlanadi. 
To’langan hujjatlar yoki xususiy shaxslar bajargan ishlar uchun to’ldirilgan 
naryadlar ayniksa sinchiklab tekshirilishi kerak. Bu hisobvaraqlarga qo’yiladigan 
oddiy talablar, shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili (pasportiga 
doir to’liq ma’lumotlar) ko’rsatilishidan tashqari shu ishlar bajarilgani to’g’risida 
tasdiqnoma bo’lishi kerak. 
Alohida olingan har bir holda bajargan ishlarning asosli ekanligi, zarurligi, 
qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi aniq belgilanadi. 
Kassir to’lov qaydnomalarida summani olmagan shaxslarning familiyasi 
ruparasiga "deponentga o’tkazildi" deb qayd etgani, shuningdek, amalda to’langan 
va 
qaydnomalar 
bo’yicha umuman to’lanmagan summalar to’g’risida 


qaydnomalarda qayd etgani, deponentdagi summalar ro’yhatini tuzgani va kassa 
hisobotini topshirishda to’lov hujjatlariga ilova kilgani auditdan o’tkaziladi. 
Auditor undan tashqari, tekshirilayotgan muassasa ma’muriyati buyrug’i 
bilan komissiya xay’ati tasdiqlanganligini va ushbu komissiya tomonidan oy yoki 
chorak oxirida xazina qoldiqdarini tusatdan tekshirishdan o’tkazgan yoki 
o’tkazmaganligini tekshirishi lozim.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 
1. Naqd pullarni audit qilish. 
2. Bank auditi deganda nimani tushunasiz? 
3. Naqd pullarni audit qilishda kassadagi pullarni sanalish tartibi. 
4. Naqd pul va boyliklarni saqalashda binolarga qo’yiladigan talablar. 
5. Naqd pullarni qo’riqlash tartibi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling