Bank auditi
Kassa va kassa operatsiyalarini auditi
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank auditi
3. Kassa va kassa operatsiyalarini auditi Markaziy bank xuzuridagi tashkilotlarning (Axborotlash-tirish Bosh markazi, Bank kolleji va “Davlat belgisi” maxsus ishlab chiqarish birlashmasi fabrikalari) kassasi audit qilinayotganda obe’ktga kelgan zaxoti, kassir va bosh (katta) buxgalterning ishtirokida zudlik bilan audit qilinadi. Amalda bo’lgan pul mablag’lari, pul hujjatlari va qat’iy hisobda turadigan blankalar buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan qiyoslanadi. Kassa naqd pul qoldiqlari, hamda kassada mavjud boshqa boyliklar auditi bevosita muassasaning bosh hisobchisi va kassiri ishtirokida amalga oshirilib, boshqa xodimlarning kassaga kirishi takiklanadi. Xazinada audit o’tkazilayotgan paytda barcha kassa operatsiyalari tuxtatiladi va kassa qoldig’i hisoblanishidan avval kassirdan u barcha naqd pul va jamiki pul mablag’larini bergani to’g’risida tilxat olinadi. Agar kassirning so’nggi kassa hisobotida ko’rsatilmagan pul operatsiyalari bo’lsa, kassirning kassa hisoboti auditor va bosh buxgalter xuzurida tuziladi. Auditor tomonidan kassa naqd pul qoldiqlarini sanash bilan birga kassa chidamli seyf, yong’inga karshi va ogoh moslamalari bilan jixozlanganligiga, kassa ish kuni oxirida muxrlanib' qo’riqlash posgiga topshirilishi nazoratdan o’tkazilib, bu haqda dalolatnomada qayd etish lozim. Amaldagi pul mablag’lari, qimmatbaho qog’ozlar sinchiklab tekshirilganidan keyin alohida dalolatnoma tuziladi. Kassa va kassa operatsiyalarini audit qilishda auditor quyidagilarni aniqlashi zarur: a) kassa operatsiyalari kirim-chiqim orderlari bilan rasmiylash-tirilishi, o’z vaqtida va to’g’ri tuzilishi, pul qabul qilingan va berilgan sanalar, hamda shuning asosi ko’rsatilishi, chiqim hujjatlarida tegishli imzolari borligi; b) bank hujjatlarini yoki ish haqiga doir hisob-kitoblar bilan bog’liq hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo’lgan buxgalter yoki boshqa bir hisobchi xodim kassir vazifasini bajarmayotgani; v) deponentdagi summalar bankka to’liq va o’z vaqtida topshirilishi, kassadagi naqd pul kundalik qoldig’ining bank belgilab bergan limitiga rioya qilinishi va ular but saqlanishi qanday ta’minlangani; g) kassirning moddiy javobgarlik haqida kassa operatsiyalarini o’tkazish to’g’risidagi nizomga muvofiq belgilangan shaklda tuzilgan majburiyatnomasining mavjudligi; d) kassa hujjatlari audit o’tkazilayotgan davr bo’yicha to’liq tekshirishdan o’tkaziladi. Kassa hujjatlarini tekshirilishi birdaniga kassa, hamda moliya tartiblariga rioya qilinishi tekshirilishi hisoblanadi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling