Bank faoliyati indd


Bank majburiyatlari tahlili


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/74
Sana28.10.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1730201
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Bog'liq
42.y.Bank-faoliyati-tahlili-oquv-qollanma-T.M.Qoraliyev-T.-2016y.

4.3. Bank majburiyatlari tahlili
Avvalambor, shuni yana bir bor eslatib o‘tishni lozim topdikki, bank 
resurslarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalari – passiv ope-
ratsiyalar deyiladi.
Passiv operatsiyalar bank aylanmasiga chetdan mablag‘lar jalb etish va 
o‘z mablag‘larini tashkil etish bilan bog‘liq operatsiyalardan iboratdir. Bank 
resurslari uning majburiyatlari va o‘zining kapitalidan tashkil topadi.
Bank faoliyatining yana bir asosiy o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shun-
dan iboratki, uning resurslari asosan chetdan jalb etilgan majburiyatlaridan 
tashkil topadi.
4.7-jadval
«A» Bankning chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘lari tarkibi
1
(yil boshiga)
№ Ko‘rsatkichlar
O‘tgan yil
Joriy yil
O‘zgarishi
Summa
mln
so‘m
Salmo-
g‘i %
Summa
mln
so‘m
Sal mog‘i
%
Summada
mln
so‘m
Salmoq-
da %
1. O‘z mablag‘lari
3910
8,8
4100
9,1
190
4,9
2.
Chetdan 
jalb etilgan 
mablag‘lar
40510
91,2
41000
90,9
490
1,5
3.
JAMI:
44420
100
45100
100,0
680

«A»tijorat banki shartli ravishda olingan.


61
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, «A» bank passivining asosiy 
qismi, 1-yanvar o‘tgan yil holatiga 40510 mln so‘m, ya’ni 91,2 foizi joriy 
yil yanvar holatiga 41000 mln so‘m yoki 90,9 foizi chetdan jalb etilgan 
mablag‘lar qolgan qismi esa (8,9% va 9,1%) o‘z mablag‘lari hisobiga tashkil 
etilgan. Tahlil etilayotgan davrda o‘z mablag‘lari 1900 mln so‘m, ya’ni 4,9 
foizga, chetdan jalb qilingan mablag‘lar esa 490,0 mln. so‘m, ya’ni 1,2 foizga 
o‘sgan.
Bank majburiyatlari ularning o‘ziga xos-xususiyatlari, manbalari va mud-
datlari hisobga olingan holda asosan quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
• talab qilib olingunicha saqlanadigan depozitlar;
• jamg‘arma depozitlar;
muddatli depozitlar;
• boshqa banklarning hisobraqamlari;
• olingan qisqa muddatli kreditlar;
• olingan uzoq muddatli kreditlar;
• mijozlarning boshqa depozitlari.
Ushbu guruhlarga hisobvaraqlar, ularning manbalari nuqtayi nazaridan 
yana bir necha hisobraqamlardan tashkil topadi (3– ilovaga qarang).
Shuning uchun ham har bir hisobvaraq qoldiqlari alohida tahlil etilishi 
lozim bo‘lgan taqdirda ularning tarkibi ushbu hisobvaraq tarkibiga kiruvchi 
hisobraqamlar qoldiqlariga asoslangan holda amalga oshiriladi. 
Bank majburiyatlarini tahlil etishda asosiy e’tibor ularning tarkibi, dina-
mikasi va barqarorlik darajasiga qaratiladi.
4.8-jadval

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling