Bank hisobi tahlili Mavzu: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati


Download 123.6 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi123.6 Kb.
#1034426
Bog'liq
Bank hisobi tahlili

Bank hisobi tahlili

Mavzu: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati


Toshkent Moliya instituti
Guruh: BIA-85
Talaba: Saidnazarov Alijon

Reja:


1. Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni
2. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi
3. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning vazifalari
Banklarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisob-operatsion ishlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va samarali nazoratning joriy etilishi bank vazifalarini to‘liq bajarishini, investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar va mijozlar, shuningdek, bank aksiyadorlari uchun zarur axborotlar olish va qarorlar qabul qilish imkoniyatini ta’minlaydi.
Banklarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va ularni joylashtirish
jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni hisob varaqlarda aks
ettirish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish bank buxgalteriya hisobining predmeti
hisoblanadi.
Banklarning aktivlari, majburiyatlari, kapitali, zahirasi, daromad va
xarajatlari, foyda va zararlari hamda ularning harakati bilan bog‘liq operatsiyalari
bank buxgalteriya hisobining ob’ekti hisoblanadi.
O‘zbekiston bank tizimida buxgalteriya hisobini tashkil etish va amalga oshirish to‘liq avtomatlashtirilgan elektron to‘lov tizimiga o‘tkazilgan, mazkur vazifalarni amalga oshirish Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalari tarkibida tashkil etilgan Axborotlashtirish bosh markazi va uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan.
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kabi, banklar buxgalteriya hisobining
asosiy maqsadi undan foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy
va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdan iboratdir.
Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish boshqa korxona va tashkilotlarnikiga nisbatan o‘zining operativligi bilan ajralib turadi. chunki ularda soat 16-00 gacha operasion kun bo‘lib, shu davr mobaynida amalga oshiriladigan operasiyalar o‘sha kuniyoq mijozlarning analitik hisobidagi shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va kundalik balans orqali umumlashtirish usuli bilan nazorat qilib boriladi.

Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi- bank aktivlari va passivlaridan samarali foydalanish, ularni joylashtirish va ko'rsatilgan bank xizmatlari yuzasidan daromad (foizli)larni hamda bank operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha xarajatlar (foizli) ni, shuningdek, byudjet va byudjetdan tashqari to'lovlarni o'z vaqtida hisoblab, yakuniy moliyaviy natijalarni to'g'ri aniqlashdan iboratdir.


Buxgalteriya hisobining ob’ektlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va bank faoliyatining asosiy ko'rsatkichlarini hisoblash hamda ular bo'yicha to'liq ma'lumotlarga ega bo'lish uchun o'lchov birliklari (natura mexnat va pul) dan foydalaniladi. Shu boisdan, Banklarda buxgalteriya hisobini to'g’ri yuritishda quyidagi asosiy vazifalami bajarishni talab qiladi:
  • hisob-kitoblardagi mablaglar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta xizmat ko'rsatish, hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to'g’ri bajarish;
  • bankdan pul mablag'lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat'iy hisobda turadigan blankalardan foydalanishning qonuniyligini ta'minlash;
  • operatsion kun davomida bajarilgan va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha rasmiylashtirilgan hujjatlaming qonuniyligini hamda to'g’riligini nazorat qilish;
  • Banklarda bajarilgan va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha moliyaviy natijalami shakllantirish va ulami to'g’ri aniqlash;
  • kundalik balansni tuzish uchun dastlabki hujjat ma'lumotlarini qayta ishlash va ulaming har bir hisobvaraqlari bo'yicha taqsimlashni samarali tashkil etish;
  • oylik, ehoraklik va yillik buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tuzish hamda tegishli nazorat organlariga o'z vaqtida taqdim etib borishdan iboratdir.

Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobining qonuniy va uslubiy asoslari bo'lib, O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g’risidagi qonuni", «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari», «Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari» hamda O'zbekiston Respublikasi markaziy banki tomonidan ishlab chiqarilgan me'yoriy hujjatlari hisoblanadi. Ushbu qonuniy hujjatlar buxgalteriya hisobini yuritishda tartibga soluvchi qonuniy hujjatlar hisoblanadi va mulkchilik shaklidan, ya'ni, qaysi tarmoqqa tegishliligidan hamda katta-kichikligidan qat'iy nazar barcha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar uchun amal qilinadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, banklarda amalga oshiriladigan operasiyalarni turkumlash bank xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik maqomga ega bo‘lgan shaxslarga xizmat turlaridan foydalanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir. Shuningdek, bank ko‘rsatadigan xizmat turlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi.
Etiboringiz uchun rahmat
Download 123.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling