Bank hisobi va audit


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana12.11.2020
Hajmi0.68 Mb.
#144091
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tijorat banklarida kredit riskini boshqarish


1-bob bo’yicha xulosa 

 

Birinchi  bobga  xulosa  qiladigan  bo'lsak,  unda  umumiy  risklarga  ta'rif 



berilgan  va  bir  qancha  misollar  bilan  tushuntirib  berilgan.  Risklarning  turlari 

haqida  ma’lumotlar  berilgan  bo’lib,  ularni  xo’jalik  yurituvchi  subyektlar 

faoliyatida  tutgan  o’rni  haqida  ma’lmotlar  aks  ettirilgan.  Hamda,  risklarni 

boshqarish tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, ularni qay tarzda amalga oshirish 

kerakligi haqida fikr yuritilgan. 

                                                           

7

 Abdullaeva Sh.Z., Qulliev I.Ya. Bank risklari fanidan o’quv-uslubiy majmua. Moliya-2014, 42-bet.  



25 

 

 Risklarni boshqarish jarayonlari, usullari, qo'llaniladigan metodlar barchasi 



aks  ettirilgan.  Risklarni  kamaytirish  usullari  ya’ni  sug’urtalash,  xeyjerlash  hamda 

diversifikatsiyalash  haqida  ma’lumotlar  berilgan  bo’lib,  ular  orasidagi  farqlar 

keltirib  o’tilgan.  Hamda,  risklarning  xo’jalik  yurituvchi  subyektning  moliyaviy 

holatiga, daromadlilik darajasiga bog’liqligi tushuntirib berilgan. 

Xususan,  bank  risklariga  qisqacha  ma'lumot  berilgan  bo'lib,  kredit  riski 

mohiyati  chuqur  yoritilib  berilgan.  Keyingi  bosqichimizda  esa,  Hukumatimiz 

tomonidan, kredit risklarini boshqarishda bevosita va bilvosita yordam beradigan, 

bir  nechta  normativ-huquqiy  hujjatlar  keltirib  o'tilgan  va  ularning  mazmun 

mohiyati  bilan  tanishib  chiqilgan.  Bunda  biz,  aktivlar  sifatiga  qo’yilgan  talablar, 

xojalik  yurituvchi  subyektlarning  moliyaviy  holatini  tekshirish  va  nazorat  qilish 

bo’yicha yo’riqnomalar bilan tanishdik.  

Aktivlar  sifati  bo’yicha  guruhlanishi,  ularga  ajratiladigan  rezerv  miqdorlari 

haqida  ma’lumotlar  keltirilgan.  Muamoli  aktivlar  tushunchasiga  ta’rif  berilgan 

bo’lib, ularni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar aks ettirilgan. 

Aktivlarning  tavakkalchilik  darajasi  bo’yicha  tasniflanishi  va  ularning 

risklilik darajasi keltirilgan. 

Tijorat banklarining kreditlash faoliyatini samarali tashkil etishda Markaziy 

bankining tijorat banklari kredit siyosatiga qo’yiladigan talablari va ularni bajarish 

ustidan nazorati haqida fikr yuritilgan. 

Yuqoridagi  keltirib  o’tilgan  ma’lumotlar  mamlakatimizdagi  tijorat 

banklarida  kredit  riskini  boshqarishda  amalda  qo’llanilib  kelinayotgan  chora-

tadbirlar sarasiga kiradi. 

 

 

 



 

 

 



 

26 

 

2-BOB. KREDIT RISKI VA ULARNI BOSHQARISHNING TAHLILI 



2.1 . Kredit riski va uni boshqarishning xalqaro tajribasi 

 

Yuqorida biz kredit  riskini  boshqarish  bo’yicha  mamlakatimzda  qo’llanilib 



kelinayotgan  chora-tadbirlar  bilan  yaqindan  tanishib  chiqdik.  Quyida  esa  xorijda 

qo’llanilib  kelinayotgan,  kredit  riskini  boshqarish  bo’yicha  o’rnatilgan  me’yorlar 

bilan tanishib chiqamiz. 

 

Barcha  rivojlangan  davlatlarda  bank  tizimi  iqtisodiyotning  boshqa 



tizimlariga  qaraganda  eng  qattiq  nazorat  qilinadigan  obyekti  hisoblanadi.  Bank 

faoliyati “pul savdosi” bilan shug'ullanuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatiga nisbatan 

ko'proq  umumiy  xususiyat  kasb  etadi.  Banklar  mijozlar,  tashkilotlar,  sanoat  va 

tijorat korxonalari va xususiy shaxslarning himoyasini o'z zimmalariga oladilar va 

o'z  qarzdorlarining  to'lov  qobiliyatini  kuzatib  boradilar.  Kreditlarni  o'z  vaqtida 

qaytara  olmagan  qarzdorlar  bank  talabi  bilan  o'z  korxonalarini  boshqarish 

huquqidan mahrum bo'ladilar. 

 

Banklarning  turi  ba'zi  bir  mamlakatlarda  har  xil  bo'lsada,  ular  ustidan 



ko'plab  cheklovlar  o'rnatilgan.  Shulardan  eng  umumiy  va  muhimlari 

quyidagilardir:  

1.  Bank vakolatining chegarasi.  

 

Riskni pasaytirish maqsadida bank portfellaridagi bir qator aktivlarga hamda 



bank  faoliyatining  ba'zi  turlariga  chegaralar  o'rnatilgan.  Ko'pincha  likvidlilik 

darajasining  pastligi  va  shu  turdagi  investitsiyalar  bilan  bog'liq  risklarning  ulushi 

kattaligidan  banklarning  ko'chmas  mulkiga  bevosita  egalik  qilish  huquqi 

cheklanadi.  

2.  Kredit hajmini cheklash.  

 

Kredit  portfelining  ulushi  tegishli  kredit  diversifikatsiyasi  yo'li  bilan 



pasaytirilishi  mumkin.  Uning  asosiy  yo'llaridan  biri  individual  kredit  hajmining 

yuqori  chegarasini  belgilashdan  iborat.  Bu  yo'ldagi  keyingi  qadam  aniq  bir 

iqtisodiy  soha  yoki tarmoqga  berilayotgan  kredit  miqdori va hajmini  cheklashdan 

iboratdir. 



27 

 

3.  Egalik huquqining cheklanishi. 



 

Ba'zi  mamlakatlar  nomoliyaviy  tashkilot  va  kompaniyalarning  tijorat 

banklariga  egalik  qilib  olishlariga  ruxsat  bermaydi.  Chunki  bu  narsa  kredit 

mablag'larini  shaxsiy  maqsadga  va  bank  egalari  uchun  eng  qulay  va  foydali 

sharoitlarda  ishlatishga olib keladi.  

4.  Kapitalga talab. 

 

Kapitalning  minimal  hajmiga  talab  riskni  nazorat  qilish    va  yo'qotishlar 



riskini  pasaytirishning  eng  muhim  omillaridandir.  Kapitalning  darajasini 

pasaytirish  riskli  operatsiyalar  bo'yicha  daromadlar  va  zararlar  o'rtasidagi 

mutanosiblikning pasayishiga olib keladi. 

 

Oxirgi  yillarda  G'arbning  asosiy  davlatlarida  “riskli”  kapitalga  talablarning 



standart to'plami kiritilmoqda. Bank balansining aktivlari kredit risk darajasida bir 

nechta kategoriyaga ajratiladi.  

 

Qo'shma shtatlarda riskning hamma turlarini hisobga olish uchun kapitalning 



minimal  hajmi  talabini  aktivlarining  hamma  turiga  belgilab  qo'yadilar.  AQShda 

kapital  darajasida  belgilangan  minimumdan  oshadigan  banklargagina  yangi 

vakolatlar va imtiyozlar berish siyosati o'tkazilmoqda.  

5.  Kafolatlangan majburiyatlar bo'yicha ta'minlanganlik. 

 

Bank  tizimining    barqaror  faoliyat  ko'rsatishini  ta'minlash  borasida 



qo'llanilayotgan  chora-tadbirlardan  ko'riladigan  soliq  to'lovchining  zararlarini 

pasaytirish  maqsadida  banklarning  kafolatlangan  majburiyatlariga  cheklovlar 

o'rnatish mumkin. AQShda bir jamg'armadagi sug'urta summasi hajmi ko'rsatilgan 

bir  nechta  hisobvaraqasining  egasi  bo'lsa  ham  depozitlarni  sug'urtalash  tizimi 

tomonidan  har  bir  alohida  hisobvaraqadagi  100  ming  dollargacha  bo'lgan 

depozitlar sug'urtalanadi. 

6.  Xususiy va sinchikov tekshiruv olib borish. 

 

Nazoratchilar bankning kapital bo'yicha vaziyatini va banklarning o'rnatilgan 



qoidalariga  rioya  qilishlarini  va  oxirgi  kafolat  soliq  to'lovchilarning  muhofazasi 

yuzasidan  bank  portfellarini  risk  darajasi  bo'yicha  baholashlari  kerak.  Bu 



28 

 

maqsadga  malakali  revizorlarni  jalb  qilish  yo'li  bilan  sinchikov  tekshirishlar 



o'tkazish orqali erishish mumkin.  

 

Fransiyada  24-yanvar  1984  yilda  qabul  qilingan  “Kredit  muassasalarining 



faoliyati va nazorati to'g'risida”gi qonunga muvofiq Fransiya bankining Prezidenti 

qiyin  vaziyatga  tushib  qolgan  bankning  aksionerlariga  o'z  majburiyatlarini 

bajarishni  davom  ettirishlarini  yoki  tartibni  saqlash  va  ushbu  muassasa  mavqeini 

ushlab  qolish  maqsadida  boshqa  banklar  yordamini  jalb  qilishlarini  taklif  qiladi. 

G'arb  davlatlaridagi  bozor  xo'jaligi  va  klassik bank  operatsiyalarining  rivojlanishi 

risklarni aniqlashni uch kriteriyasiga amal qilish muhimligini namoyish qildi: foiz 

stavkalarini o'zgarishi, valuta kursi va bozor baholari. 

 

AQShda  banklar  faoliyatini  nazorat  qilish  funksiyasini  Federal  Rezerv 



Tizimi  amalga  oshiradi.  “Federal  Rezerv  Tizimi  to'g'risida”gi  aktda  (1913  yil) 

FRTning vazifalaridan biri bo'lmish “Bank ishi” ustidan samarali nazoratni tashkil 

etish  haqida  qayd  etilgan.  Bu  majburiyatni  boshqa  Federal  bank  idoralari  bilan 

bo'lishish  orqali  FRT  tartibga  solish  funksiyasi  bilan  pul-kredit  siyosatini 

o'tkazishni afzal ko'radi.  

 

Qo'shma shtatlarda depozit muassasalar faoliyatini tartibga solish va nazorat 



qilish sohasidagi FRTning  vazifalariga quyidagilar kiradi: 

-  FRTning a'zolari shtatlardan o'tgan banklar, EDJ qonuni doirasida harakat 

qiluvchi  hamma  korporatsiyalar    hamda  barcha  holding  kompaniyalari  faoliyatini 

tartibga solish va nazorat qilish; 

-  AQSh  hududida  joylashgan  xorijiy  bank  tashkilotlari  faoliyatini  tartibga 

solish va nazorat qilish; 

-  FRTning  Amerika  tijorat  banklari  yoki  EDJ  Qonuni  asosida  tashkil 

qilingan korporatsiyalar orqali o'zlarining tashqi iqtisodiy faoliyatlarini yurituvchi 

korxonalarning xorijdagi faoliyatlarini tartibga solish. 

Nazorat ishida uchta federal organ harakat qiladi: 

-  Federal Rezerv Tizimi (FRT); 

-  Pul muomilasini nazorat qilish apparati (PMI); 

-  Depozitlar sug'urtasi bo'yicha federal koorporatsiya (DSFK). 


29 

 

 



Bu  federal  organlar  50  ta  shtatning  bank  ishi  nazoratchilari  bilan  birga 

ishlaydilar,  bu  tuzilmada  majburiyatlarning  ba'zi  o'xshash  tomonlari  kuzatilgan. 

Masalan pul muomalasi nazoratchisi milliy banklarni ro'yxatdan o'tkazishni amalga 

oshiradi.  Uning  o'zigagina  katta  majburiy  javobgarlik  yuklatilgan.  FRT  va  unga 

a'zo  banklarning  faoliyatlarini  tartibga  solish  va  nazorat  qilish  bo'yicha  umumiy 

javobgarlikni  o'ziga  olgan.  A'zo  banklarga  milliy  banklar  ham  kirgan  bo'lib, 

ulardan  FRT  a'zosi  bo'lishlarini  qonuniy  talab  qilinadi.  Depozitlarni  sug'urtalash 

federal  koorporatsiyasi  FRT  a'zolari  banklar  ustidan  hukmronlik  qiladi.  FRTning 

a'zolari  bo'lmagan  sug'urtalangan  banklardan  ham  qonun  depozitlarini  majburiy 

federal sug'urtalanishini talab qiladi. 

 

Jahon  bank  amaliyotida  yirik  tijorat  banklarida  kreditni  boshqarishning 



ikkita qo’mitasi faoliyat olib boradi. Ularning birinchisi va uning asosiy vazifalari 

quyidagichadir.  

 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

3- rasm. Kreditni boshqarish bo’yicha birinchi qo’mitaning vazifalari 

8

 

                                                           

8

 Belyakov A. V., “Банковские риски, проблемы учета, управления и регулирования” M.: КНОРУС,2014г. 



45стр. 

Birinchi qo’mita 

Bank boshqaruvchisi, kredit bo’limi va 

Operatsion bo’limi boshliqlari, analitik 

bo’limi boshlig’i, bosh iqtisodchi 

buxgalter 

- Kredit siyosatini  holati bo'yicha monitoring olib borish 

- Kredit siyosati reytingini olib borish 

- Yangi kredit olishni kriteriyalarini ishlab chiqish 

- Kreditni o'tkazish chora tadbirlari 

- Ssudalar bo'yicha cheklashlar  

- Kredit portfeli bo'yicha doimiy riskni baholab berish 

- Qaytmaydigan ssudalar bo'yicha qutqaruvchi siyosatini ishlab chiqish 

- Ishonchsiz ssudalar bo'yicha siyosati ishlab chiqish 

- Kreditni muzlatish bo'yicha siyosati 

- Standart kredit hujjatlarini ishlab chiqish 

- Kreditni berish shartnomasini ishlab chiqish 

- Kredit bahosini  aniqlash siyosatini ishlab chiqish 

- Bankning ichki me'yoriy huquqiy hujjatlariga qarash 

- Kreditni berishni ko'paytirish bo'yicha siyosati ishlab chiqish 



30 

 

 



Rasmdan  ko'rib  turganimizdek,  bank  boshqaruvchisi,  kredit  bo'limi  va  

operatsion  bo'limi  rahbarlari,  analitik  bo'limi  boshlig'i,  bosh  iqtisodchilar  kreditni 

boshqarishning  birinchi  qo’mita  a'zolari  bo'lib,  kreditni  boshqarish  vazifalarini 

aynan ular amalga oshiradilar. 

 

Tijorat banklarida  kreditning boshqarishning ikkinchi qo’mitaning faoliyati 



va uning yo'nalishlari, vazifalari quyidagi  4 - rasmda ko'rsatilgan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

4-rasm. Kreditni boshqarish bo’yicha ikkinchi qo’mitaning vazifalari

9

 

 

Birinchi  va  ikkinchi  qo’mitalar  birgalikda  o'ziga  biriktirilgan  vazifalarni 



bajarib borish natijasida risklarni kamayishiga erishish mumkin.  

 

O'zbekiston bank amaliyotida kredit risklarini boshqarishda jaxon amaliyoti 



tajribasidan  foydalanish  mumkin.  Risklarni  kamaytirish  uchun  ularni  baholab 

borish  talab  etiladi.  Xorijda  kredit  risklarini  baholashning  turli  usullaridan 

foydalaniladi: 

1. Historical  Simulation  usuli.  Bu  usul  tarixiy  ma'lumotlar  yig’ish  asosida 

portfel  aktivlarida  daromadlarning  tarixiy  taqsimlanishini  qo'llash  g'oyasiga 

asoslanadi  va  uning  yordamida  risk  kattaligi  modellashtiriladi.  Bu  o'tgan  davrda 

ma'lum vaqt oralig'ida mavjud bo'lgan, portfelning har bir elementi riskining bozor 

                                                           

9

 Belyakov A. V., “Банковские риски, проблемы учета, управления и регулирования” M.: КНОРУС,2014г. 



46стр. 

- Moliyaviy risklarni chegaralash yo'llarini aniqlash 

- Foiz siyosatini ishlab chiqish 

- Valyuta risklarini chegaralash yo'llarini aniqlash 

- Balanslashgan operatsiyalar bo'yicha risk siyosatini ishlab chiqish 

- Qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq bo'lgan risk siyosatini ishlab chiqish 

- Bankni asosiy moliyaviy manbalarini aniqlash 

- Bank kapitalini struktura risklarini boshqarish 

- Bank aktiv va passivlarini boshqarish bo'yicha boshqarish kriteriyalarini ishlab chiqish

 

Ikkinchi qo’mita 



Bank boshqaruvchisi, kredit bo'limi va  

Operatsion bo'limi  boshliqlari, analitik 

bo'limi boshlig'i, bosh iqtisodchi 

buxgalter, moliyaviy nazorat 

bo'limBoshliqlari va boshqa bo'lim bosh. 


31 

 

omillarining  qo’llanilishini  hisobga  olgan  holda  portfelni  qayta  baholash 



jarayonidir. Bu usulning qo'llaninlishi portfelning tarkibiy elementlarini  aniqlashni 

va  ularning  ko’rilayotgan  tarixiy  davr  ichida  amalga  oshirilgan  aylanmasining 

grafigini  tuzishni  talab  etadi.  Bu  usulni  qo’llashda  daromadlarning  tarixiy 

taqsimlanishi biz kelajakda ma'lum davrda oladigan daromadlar taqsimlanishining 

o'ziga  xos  ifoda  etilishi  ekanligini  tasavvur  etish  mumkin,  Mos  ravishda,  bizni 

qiziqtirayotgan  o'tmishdagi  daromadlar  taqsimoti  haqidagi  ayni  joriy    vaqtdagi 

bizning potfel uchun ehtimoliy risk kattaligini  aniqlashga yordam beradi.   

2. Stress testing usuli. Bu usul o'zida  o'tgan davrda moliya  bozorlarida yuz 

bergan  gipotetik  va  ekstremal  voqealarga  portfelning  chidamliligini  baholashga 

yordam  beruvchi  turli  mulojalar  to'plamini  aks  ettiradi.  Bu  kabi  tadqiqotlarning 

natijalari  kelgusidagi  mumkin  bo'lgan  yuqotishlar  va  moliyaviy  risklarga  duch 

kelish  extimolini  modellashtrishda  foydalaniladi.  Stress  testing  usuli  gipotetik 

stenariylarni stillashgan stenariylar, favqulotda holatlar stenariylari va bir martalik 

gipotetik voqea stenariylarini to’plashdan boshlanadi.   

3. Monte  Carlo  usuli  kredit  riski  ehtimolligini  statistik  va  matematik 

modellar yordamida olingan natijalar asosida baholaydi, bu usulning g’oyasi bizni 

qiziqtirayotgan  moliyaviy  vositalarning  baholarini  boshqaruvchi  tasodifiy 

jarayonlarni  bir  necha  bor  modellashtirishdan  iborat.  Mazkur  usul  kredit  riskini 

baholashda  juda  kuchli  va  ko'p  qirrali  usul  hisoblanadi,  uning  yordamida  deyarli 

ixtiyoriy turdagi kredit  portfelining nazoratini amalga oshirish mumkin.  

4. Simulation Scenario usuli, bu usul anchagina sodda hisoblanadi va “What 

if? “ degan yoki “Ixtiyoriy tanlangan stenariy yuz bersa portfelga, bankga, bozorga 

va  shu  kabilarga  nima  bo'ladi?”  degan  savolga  javob  berishni  ko’zda  tutadi. 

Mazkur  usul  ixtiyoriy  olingan,  o’ylab  topilgan  yoki  tarixiy  stenariylarning 

to’plamini  tuzishdan  iborat.  Ularning  asosida  yakuniy  natijada  umumiy  kredit 

portfelining  bahosiga  ega  bo'lish  uchun  mavjud    kredit  portfelining  baholanishini 

har  bir  stenariy  bo’yicha  alohida  amalga  oshiriladi.  Bu  usulning  vazifasi 

modellashtirish natijalarini bank faoliyatining  o'tgan yilgi natijalari, o’z mablaglari 

va shu kabilar bilan solishtirishdan iborat.  


32 

 

5. Riskni balli baholash usuli. Bu usul risk darajasi ko'rsatkichlarini ekspertli 



baholanuvchi  qiymatlari  bo'yicha  hisoblanuvchi  umumlashtiruvchi  ko'rsatkich 

asosida riskni ekspertiza qilish usuli hisoblanadi. U  quyidagi bosqichlardan iborat: 

operatsiyaninng  risk  darajasini  aniqlovchi  omillar  ro’yxatini  o'rnatish;  har  bir 

omilning  namoyon  bo'lish  sohasidagi  ta'sir  va  riskni  tavsiflovchi  ko'rsatkichlar 

tarkibini  ishlab  chiqish;  har  bir  ko'rsatkichning  omillar  bo’yicha,  omillarning  esa 

risk  darajasining  umumlashgan  bahosiga  ta'sirini  baholash;  har  bir  ko'rsatkich 

bo’yicha  baholar  ustunini  ishlab  chiqish;  riskni  umumlashtiruvchi  baholashning 

hisoblash uslubini shakllantirish.  

6. Kredit  risklarini  ekspert  baxolash  usullari-ekspertlaring  xulosalariga 

asoslangan,  kredit  risklarini  prognozlash  va  tahlil  qilish  usullari  to'plami 

hisoblanadi.  Ulardan  keng  tarqalganlari  qatoriga  Delfi  usuli,  zanjirlash,  juftlab 

taqqoslash,  balli  baholashlar  usullarini  kiritish  mumkin.  Ekspertlarning  fikrlarini 

umumlashtiruvchi 

olingan 


baholarning 

haqiqatga 

qanchalik 

yaqinligi 

fikrlashlarning  malakaliligi,  mustaqilligi,  hamda  ekspertizani  amalga  oshirishning 

uslubiy ta'minotiga bog'liq.  

 

Kredit  risklarini  baholash  bo'yicha  xulosalarimiz  shundan  iboratki,      jahon 



bank amaliyotida kengroq tarqalgan  bir  necha usullar, ya'ni  Simulation Scenario, 

Monte Carlo, Delfi, Stress testing, Historical Simulation usuli shu bilan birga balli 

baholash  usullari  mavjud  bo'lib,  ularning  har  biri  o'ziga  hos  xususiyatlarga  ega 

ekan.  Bu  usullardan  biri    ma'lum  bir  stenariyga  asoslansa,  ikkinchisi  statistik  va 

matematik  modellarga  asoslangan,  yana  boshqasi  zanjirli,  juftlab  taqqoslashni 

nazarda  tutadi.  Kredit  risklarini  baholashning  bunday  usullari  O'zbekiston  bank 

tizimi  tajribasida  qo'llanilmaydi.  Bu  usullarni  bank  amaliyotida  qo'llanilishi 

risklarni  baxolashda  xilma-xillik  bo'lishi  va  buning  natijasida  birining  kamchiligi 

ikkinchi usul yordamida to'ldirilishi mumkin bo'ladi. 

 

Yuqoridagi  fikrlarimizni  davom  ettirgan  holda,  xorijda  mijozning  kreditga 



layoqatliligini baholashning quyidagi usullari mavjud: 

33 

 

1. Aqshda potensial qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholashda va 



kredit riskini minimal darajaga olib kelishda “5 C” yondashuvni qo’llashadi.

10

 



-  customer character-mijozning obro’si; 

-  capacity to pay-to’lovga qobilyatlik; 

-  capital-kapital; 

-  collateral-ta’minot; 

-  current  business  conditions  and  goodwill  –  iqtisodiy  holat  va  uning 

samaradorligi. 

2. Buyuk Britaniyada esa “PARTS” yondashuvidan foydalanishadi.

11

 



-  purpose-maqsad; 

-  amount-miqdor; 

-  repayment-asosiy qarz va foizlarni to’lovga qobilyatliligi;  

-  term -muddat; 

-  security-ta’minot. 

3. Angliya  kliring  banklarida  asosan,  “PARSER”  va  “CAMPARI”  kabi 

yondashuvlardan  keng  foydalaniladi.  Chunki,  bu  yondashuvlarda  mijozning 

to’lovga qobilyatliligi kengroq tahlil qilinadi.

12

 

PARSER: 



-  Person-mijoz obro’si; 

-  amount-miqdor; 

-  repayment-to’lovga qobillik; 

-  security-ta’minot; 

-  expediency-maqsadlilik; 

-  remuneration-qarz berganlik uchun olinadigan daromad ya’ni foiz stavka. 

CAMPARI: 

-  character-mijoz obro’si; 

-  ability-qarz oluvchining biznesini baholash; 

                                                           

10 ,11,12 

http://www.grandars.ru

  (iqtisodiyotga  oid  ma’lumotlar  ensiklopediyasi)  ma’lumotlari  asosida  muallif 

tomonidan tayyorlandi. 

 

 


34 

 

-  means-qarz olishga ehtiyojning tahlili; 



-  purpose-maqsadi; 

-  amount-miqdor; 

-  repayment-to’lovga qobillik;insurance -ta’minot. 

 

Albatta,  bu  kabi  yondashuvlar  bir-biriga  mazmunan  bog’liq  deb  aytishimiz 



mumkin  va  ularning  mamlakatimizdagi  kredit  berish  tamoyillariga  o’xshash  deb 

aytishimiz ham mumkin. Bu esa mamlakatimizda kredit riskini pasaytirishda xorij 

tajribalaridan foydalanilayotganining yorqin bir misoli deb aytamiz.

 

2.2 Kredit riskini boshqarishda tijorat banklari kredit porfeli tahlili

 

 

Yuqorida  biz  bank  risklari  ichida  muhim  kasb  etuvchi  kredit  riski  haqida 



barcha  ma’lumotlarga  ega  bo’ldik.  Xususan,  kredit  riskini  aniqlash,  baholash  va 

boshqarish bo’yicha qo’llanilib kelinayotgan chora  – tadbirlar bilan ham tanishib 

chiqdik. Quyida esa mamlakatimzda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari misolida 

kredit riskini boshqarish bo’yicha amaldagi holatini tahlilini ko’rsak.



 

Mamlakatimizni  rivojlanishida  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev  2017-    

2021  yillarda  O’zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor 

yo’nalishi  bo’yicha  Harakatlar  strategiyasida  bank  tizimini  isloh  qilishni 

chuqurlashtirish va barqarorligini ta'minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va 

depozit  bazasini  oshirish,  ularning  moliyaviy  barqarorligi  va  ishonchliligini 

mustahkamlash,  istiqbolli  investitsiya  loyihalari  hamda  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  sub'ektlarini  kreditlashni  yanada  kengaytirish  borasidagi  chora 

tadbirlarni  amalga  oshirilishida,  mamlakatimizdagi  tijorat  banklariga  talablar 

yanada kuchaydi.

13

 

Yuqoridagi  vazifalarni  amalga  oshirishda,  bank  tizimi  har  tomonlama 



iqsitodiyotni  rivojlanishi  bilan  hamnafas  bo’lishi  kerak.  Albatta  bunday 

ko’rsatkichga erishishda, tijorat banklarining har bir operatsiyasiga alohida e’tibor 

berish  kerek.  Shu  jumladan,  kredit  operatsiyalar  sifati  ham  muhim  o’rinni 

                                                           

13

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 



Harakatlar strategiyasi tog’risida”gi Farmoni  2017 yil 7-fevral. 

35 

 

egallaydi.  Chunki  kredit  risklarini  baholashni  kredit  operatsiyari  sifatini  tahlil 



qilmasdan amalga oshira olmaymiz. 

Mamlakatimizdagi  kredit  operatsiyalari  sifati,  ularning  risklilik  darajasiga 

baho  berishda,  tahlilni  makro  darajada  amalga  oshirish  maqsadga  muvofiqdir. 

Shunga  muvofiq,  mamalakatimizdagi  tijorat  banklari  faoliyatiga  ko’ra,  bank 

balansidagi  aktivlar  sifati  va  ularning  risklilik  darajasi  bo’yicha  guruhlarini, 

ularning dinamikasi bilan tanishsak. 

 

Mamlakatimizdagi  tijorat  banklarining  2016  yil  to’rtinchi  chorak  davridagi 



ma’lumotlarga  ko’ra,  tahlil  qilingan  banklarning  umumiy  aktivlarining  risklilik 

darajasini  ko’rsak  va  uni  shu  banklar  misolida  o’tgan  yilgi  ko’rsatkichlari  bilan 

solishtirsak.  


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling