Bank hisobi va audit


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana12.11.2020
Hajmi0.68 Mb.
#144091
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tijorat banklarida kredit riskini boshqarish


       

 

1-rasm. Riskning portfelga kiruvchi aktivlarning miqdoriga nisbatan 

bog’liqligi

3

 

Riskni  diversifikatsiya  qilish  orqali  uni  pasaytirishda,  portfeldagi 

aktivlarning turli-tumanligidan tashqari ularning ulushiga ham bog’liqdir. 

                                                           

3

 Джеймс К. Ван Хорн, Джон М. Вахович. Финансы, учебное пособие, Бишкек – 2003, 68 стр. 



14 

 

Shuni  aytish  kerakki,  istalgan  riskni  ham  diversifikatsiya  orqali  kamaytirib 



bo’lmaydi.  Masalan,  iqtisodiy  inqiroz  barcha  korxonalarga  birdek  ta’sir  qiladi. 

Oldini  olib  bo’lmaydigan  risk  sistematik  risk  deb  ataladi.  Aksincha,  oldini  olish 

mumkin bo’lgan risk esa nosistematik risk deb ataladi. 

 

Biz  yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  ko’pgina  insonlar  riskga  borishga 



tayyorlar.  Agar  ularga  buning  evaziga  yetarli  miqdorda  kompensatsiya  oladigan 

bo’lishsa  albatta.  Mantiqan,  qanchalik  risk  baland  bo’lsa,  unga  yarasha 

kompensatsiya ham shunchalik yuqori talab etiladi. 

 

Masalan,  qimmatli  qo’gozlarga  bo’lgan  risk  qanchalik  yuqori  bo’lsa, 



investorlar  undan  shunchalik  yuqori  daromad  talab  qilishadi.  Uning  grafigini 

quyidagicha tasvirlash mumkin. 

         

 

2-rasm. Riskning daromad bilan muttanosibligi



4

 

 

Sistematik  risk  bilan  qimmatli  qog’ozning  daromadlik  darajasi  orasidagi 

bog’liqlikni  ko’rsatuvchi  chiziq  qimmatli  qog’ozning  bozor  chizig’i  deb  ataladi. 

Bu chiziqning og’ish burchagi qanchalik katta bo’lsa qimmatli qog’ozning risklilik 

darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi.  

E’tibor  beringki,  biz  faqat  qimmatli  qog’ozlarning  talab  qilinadigan 

daromadligi  bilan  sistematik  risk  bilan  taqqosladik,  bunda  bizlar  investorning 

portfeli ideal diversifikatsiya qilingan deb olganmiz. 

                                                           

4

 Джеймс К. Ван Хорн, Джон М. Вахович. Финансы, учебное пособие, Бишкек – 2003, 69 стр. 



15 

 

 



Yuqorida  biz  riskga  umumiy  ta’rif  berib,  uning  mazmun  mohiyatini, 

turlarini,  boshqarish  metodlari,  daromadlik  bilan  muttanosibligini  va  uni 

kamaytirishning  yo’llari  bilan  qisqacha  tanishib  chiqdik.  Endilikda,  mavzuimiz 

bilan  bevosita  bog’liq  bo’lgan  bank  risklari,  aniqrog’i  kredit  risklani  bilan 

tanishamiz. 

 

Hozirda,  Bazel  II  standartlariga  ko’ra  bank  risklarini  quyidagi  yirik 



guruhlarga bo’lib o’rganishimiz mumkin. 

Bevosita bank risklari: 

1.  Kredit riski. 

2.  Bozor (foiz, valuta va boshqalar) riski. 

3.  Operatsion risk. 

4.  Likvidlik riski. 

Umumiy risklar: 

1.  Tarmoqli risklar. 

2.  Mamlakat yoki hudud riski. 

Kredit riskiga ta’rif beradigan bo’lsak, kredit riski  bu – bank kreditlarining 

o‘z  vaqtida  qaytmasligi  hamda  ularga  hisoblangan  foizlarni  to‘lashda  yuzaga 

keladigan muammolarning yuzaga kelishi deb aytishimiz mumkin. 

Kredit  riski  likvidlik  riski  bilan  bevosita  bog’liqdir.  Kredit  portfelining 

muddati  bo’yicha  qay  darajada  shakllantirilganligi,  passivlarning  strukturasining 

qay  holatda  ekanligidan,  biz  bankning  aktivlari  va  uning  majburiyatlarininng  qay 

darajada  balanslashganligiga  baho  berishimiz  mumkin.  Bu  esa  bankning  likvidlik 

darajasi bilan bog’liqligini aytishimiz mumkin. 

Bozor  riski  deganda,  iqtisodiyotdagi  4  ta  yirik  bozorlardagi  (qarz 

munosabatini  ifodalovchi  qimmatli  qog’ozlar  bozori,  aksiyalar  bozori,  tovar  va 

valuta bozori) narxlarning o’zgarishidan kelib chiqadigan riskni nazarda tutushimiz 

mumkin. 

Operatsion risk ichki tizimdagi muamolardan kelib chiqadigan xatoliklardan 

yuzaga  keladigan,  hodimlarning  xatti-harakatidan  yuzaga  keladigan  yoki 

firibgarlik, tashqi omillar natijasida yuzaga keladigan risklar tushuniladi.  



16 

 

1.2. Kredit riskini boshqarish va uning huquqiy asoslari  

Bank faoliyatini  risksiz  tasavvur  qilib bo’lmaydi.  Albatta risk  har  qanday 

iqtisodiy faoliyatda  yuzaga keladi. Lekin faoliyat xususiyatidan kelib  chiqiladigan  

bo‘lsa,    bank  faoliyati  uchun  ham    risk  albatta  mavjud  deb  aytishimiz  mumkin 

bo’ladi.  Shu  tufayli,  bu  yerda  gap  bank  faoliyatida  riskdan  umuman  qochish 

to‘g‘risida  emas,  balki  uni  oldindan  ko‘ra  bilish  va  minimal  darajaga    tushirish  

haqida  gap    boradi.    Riskni    boshqarish    aksariyat  hollarda  bankning  o‘z 

mablag‘larining    bir  qismini  yo‘qotish  “xavfi”,  daromad  ololmay  qolish  yoki 

moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida qo‘shimcha xarajatlarga yo‘l 

qo‘yib bo‘lsada, jarayonni ijobiy natija bilan yakunlashni maqsad qilib qo‘yadi. 

Yuqoridagi  fikrlar  asosi  sifatida  mamlakatimizda  bank  risklarini,  xususan, 

kredit risklarini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar bilan tanishib chiqsak. 

Mamlakatimiz  kredit  risklarini  boshqarish  jarayonlarini  yaqqol  o’zida  mujassam 

etuvchi bir nechta normativ hujjatlar mazmun – mohiyatini tahlil qilsak. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26-noyabrdagi 1438-sonli 

“2011-2015  yillarda  respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish  va 

barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning 

ustuvor  yo’nalishlari  to’g’risida”gi  Qaroriga  ko’ra,  respublika  moliya-bank 

tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va 

butun  moliya-bank  tizimi  faoliyatiga  yondashuvlarni  hamda  baholash  tizimini 

tubdan o’zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar 

va  baholash  ko’rsatkichlariga  muvofiq  bank  faoliyatini  tashkil  etishning  yanada 

yuqoriroq darajasiga chiqishni ta’minlash zarurligi keltirib o’tilgan.

5

  

Bu masalalarni hal etish maqsadida, Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan 



xalqaro  standartlar talablariga  muvofiq, tijorat  banklarini  yanada  kapitallashtirish, 

ushbu  sohaga  xususiy  kapitalni  jalb  etish,  resurs  bazasini  ko’paytirish,  aktivlar 

sifatini  yaxshilash,  bank  ishini  takomillashtirish  hisobiga  banklarning  moliyaviy 

barqarorligi va likvidligini oshirish yo’lga qo’yilishi nazarda tutilgan. 

                                                           

5

 



http://www.lex.uz

 

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi). 



17 

 

Shu bilan bir qatorda, xolisona baholash imkonini beradigan tijorat banklari 



va  butun  moliya-bank  tizimi  faoliyatini  baholash  va  tahlil  qilishning  zamonaviy 

tizimini  joriy  etish,  moliya-bank  faoliyatining  normativ-huquqiy  bazasini  yanada 

takomillashtirish,  zamon  talablari  va  xalqaro  normalar  hamda  standartlarga 

muvofiq  holda  amaldagi  qonun  hujjatlariga  o’zgartish  va  qo’shimchalar  kiritish 

hamda  yangi  qonun  hujjatlari  va  me’yoriy  hujjatlar  qabul  qilish,  tijorat 

banklarining  investitsiyaviy  faolligini  kuchaytirish,  investitsiya  loyihalarini 

moliyalashtirishda  tijorat  banklari  ishtirokini  yanada  kengaytirish,  loyihalarni 

ekspertiza qilish va xatarni baholash tizimini takomillashtirish, kreditlar bo’yicha 

muammoli  qarzlarning  hosil  bo’lishiga  yo’l  qo’ymaslik  borasida  oldini  olish 

choralarini  ko’rish  yo’li  bilan  tijorat  banklarining  kredit  portfeli  muttasil  o’sishi 

hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish 

zarurligi aytib o’tilgan. 

Yuqoridagi qarorning bajarilishida, tijorat banklarining iqtisodiy, moliyaviy, 

siyosiy  jihatdan  mustahkamligini  yanada  oshirilishini,  ularning  moliyaviy 

barqarorligini,  raqobatbardoshligini  iqtisodiyotning  rivojlanayotgan  sharoitida 

ta’minlab berishi bejiz  emas.  Albatta  yuqoridagi  iqtisodiy  ko’rsatkichlarning  a’lo 

darajada  bo’lishi  bank  tizimining  samarali  ekanligini,  bu  esa  o’z  navbatida  bank 

risklarini boshqarishda yuqori o’rin egallaydi. Bu bilan cheklanib qolmagan holda, 

mamlakatimizda bir qancha normativ – huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. 

Yuqoridagi  qarorga  asoslanib,  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 

Boshqaruvi    2011  yil  25-maydagi  2229–sonli  “Tijorat    banklarining    bank 

tavakkalchiliklarini  boshqarishiga  nisbatan  qo‘yiladigan  talablar  to‘g’risida”gi 

Nizomni ishlab chiqadi. 

Nizomning  mazmun  mohiyati  bilan  tanishadigan  bo’lsak.  U  yerda,  tijorat 

banklarida  vujudga  kelishi  mumkin  bo’lgan    tavakkalchiliklarning  har  bir  turi 

bo’yicha  ta’riflar,  bank  tavakkalchiligini  boshqarishdan  asosiy  maqsad  va  unga 

qo’yiladigan talablar aks ettirilgan. 

Bank  tavakkalchiligi-bank  faoliyatiga  ta'sir  qiluvchi  iqtisodiy,  moliyaviy, 

ijtimoiy,  siyosiy,  texnologik  ichki  va  (yoki)  tashqi  omillarga  bog'liq  bo'lgan 


18 

 

holatlar natijasida bank faoliyatiga xos bo'lgan moliyaviy zararlar ko'rish va (yoki) 



bank  likvidligi  (bank  o'z  majburiyatlarini vaqtida  bajarish  qobiliyati)ni  to'liq  yoki 

qisman yo'qotish xavfining mavjudligi deb aytib o’tilgan. 

Kredit  tavakkalchiligi-qarzdorning  shartnomada  belgilangan  shartlar 

bo'yicha  bank  oldidagi  o'z  moliyaviy  majburiyatlarini  qisman  yoki  to'liq  bajara 

olmasligi  natijasida  bankda  yuzaga  keladigan  moliyaviy  yo'qotish  bilan  bog'liq 

tavakkalchilik. 

Bank  tavakkalchiliklarini  boshqarish-bank  o'z  faoliyatini  yuritishi  va  bank 

operatsiyalarini  o'tkazishida  paydo  bo'lishi  mumkin  bo'lgan  tavakkalchiliklarni 

aniqlash,  ularning  oldini  olish,  bartaraf  etish,  kamaytirish  va  ko'rilishi  mumkin 

bo'lgan  zararlarni  boshqa  moliyaviy  vositalar  orqali  qoplash  bo'yicha  bank 

tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi. 

Bank  faoliyatidagi  tavakkalchiliklarni  boshqarishning  asosiy  maqsadi  bu  -  

bank omonatchilari va kreditorlari, aksiyadorlari manfaatlarini himoya qilish, bank 

tavakkalchiliklarini kamaytirish, bartaraf etish va oldini olish va bank faoliyatining 

yetarli darajadagi barqarorligini ta'minlash hisoblanadi. 

Yuqoridagi nizomda, risk bilan bog’liq barcha ma’lumotlar; ularni aniqlash, 

boshqarish  va  kamaytirish  bo’yicha  barcha  ko’rsatmalar  aks  ettirilganini 

ko’rishimiz mumkin.   

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015  yil  6-maydagi  2344-sonli 

“Tijorat  banklarining  moliyaviy  barqarorligini  yanada  oshirish  va  ularning  resurs 

bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ham tijorat banklarining 

moliyaviy  holatini  yaxshilashga  qaratilgan  chora-tadbirlari  qatoriga  kiritishimiz 

mumkin. Bu esa albatta uning umimiy bank risklariga bevosita ta’sirini ko’rishimiz 

mumkin.  Qaror  bilan  yaqindan  tanishadigan  bo’lsak,  unda  quyidagilar  keltirib 

o’tilgan. 

Bank  tizimining  moliyaviy  barqarorligi  va  ishonchliligini  yanada  oshirish, 

tijorat  banklarining  resurs  bazasini  mustahkamlash  va  rivojlantirish  uchun  qulay 

shart-sharoitlar  yaratish,  ularning  investitsiyaviy  faolligini  rag'batlantirish, 

shuningdek  umum  qabul  qilingan  xalqaro  me'yor  va  standartlarga  muvofiq  bank 


19 

 

faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori darajaga chiqishini ta'minlash maqsadida, 



O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  O'zbekiston  Banklar 

uyushmasi  va  mamlakatning  tijorat  banklari  bilan  birgalikda  tijorat  banklarining 

moliyaviy  barqarorligi  va  likvidliligini  yanada  oshirish,  ularning  resurs  bazasini 

rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlariga ko’ra, xalqaro 

me'yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan depozit va kredit siyosati sohasida 

respublika  banklariga  nisbatan  qo'yilayotgan  me'yoriy  talablarni  yanada 

takomillashtirish hisoblanadi. 

Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi tomonidan tijorat banklariga nisbatan 

qo'yiladigan me'yoriy talabalarni yanada takomillashtirishni, jumladan, kapitalning 

yetarliligi va likvidlilik ko'rsatkichi bo'yicha yangi talablarni nazarda tutgan yangi 

standartlar  va  tavsiyalar  (Bazel-III  standartlari)  ishlab  chiqilganligini  va  uni 

mamlakatimiz tijorat banklari ma’lumot sifatida bilib olishlarini tavsiya qildi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki,  yuqorida  ko'rsatilgan  bank 

nazorati  bo'yicha  Bazel  qo'mitasining  standart  va  tavsiyalarini  (Bazel  -  III 

standartlari)  2015-2019  yillarda  bosqichma-bosqich  joriy  etilishini  ta'minlashi 

kerak bo’ladi. 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015  yil  6-maydagi    2344-sonli 



”Tijorat  banklarining  moliyaviy  barqarorligini  yanada  oshirish  va  ularning  resurs 

bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq O’zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  banki  Boshqaruvi  Tijorat  banklari  aktivlari  sifatini 

tasniflash bo’yicha, kapital yetarliligiga qo’yilgan talablar  bo’yicha va likvidlikni 

boshqarishga qo’yilgan talablar bo’yicha bir nechta Nizomlar ishlab chiqdi. 

 

Bu  o'rinda,  O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  2015  yil  14-



iyuldagi  2696-sonli  "Tijorat  banklarida  aktivlar  sifatini  tasniflash  va  aktivlar 

bo'yicha  ehtimoliy  yo'qotishlarni  qoplash  uchun  zaxiralar  shakllantirish  hamda 

ulardan  foydalanish  tartibi  to'g'risida"gi  Nizomini  alohida  ta'kidlab  o'tishimiz 

mumkin.  

Bu  nizom  tijorat  banklarining  barcha  aktiv  operatsiyalari,  xususan,  bizning 

mavzuimizga  to'g'ridan  to'g'ri  bog'liq  bo'lgan,  kredit  operatsiyalari  bo'yicha 



20 

 

aktivlarning sifati bo'yicha tasniflanishini ko'rishimiz  mumkin. Bu qarorda,  tijorat 



banklari  kredit  risklarini  bevosita  oldini  olib,  ularni  boshqarish  bo'yicha  chora  – 

tadbirlarini  amalga  oshiradi.  Nizomga  ko’ra,  aktivlar  sifati  bo’yicha  bir  nechta 

guruhlarga  ajratiladi.  Tijorat  banklarning  aktivlari  sifatiga  ko’ra  ”standart”, 

”substandart”, ”qoniqarsiz”, ”shubhali”, ”umidsiz” toifalarga tasniflanadi. 



1-jadval 

Aktivlar sifati bo’yicha tasniflanishi

6

 

Aktivning sifati bo'yicha turlari 

Zaxira normasi (foizda) 

Standart 

Substandart 



10 

Qoniqarsiz 

25 

Shubhali 



50 

Umidsiz 


100 

Yuqoridagi  jadval  ma’lumotlari  shuni  ko’rsatadiki,  kredit  risklarini  oldini 

olishda,  riskni  qabul  qilish  usulidan  foydalanilgandir  va  har  bir  aktivning  sifati 

bo’yicha  maxsus  zaxiralar  tashkil  qilinishini  ko’ramiz.  Qoniqarsiz,  shubhali  va 

umidsiz  deb  topilgan  aktivlarning  bankning  muamoli  aktivlar  guruhiga  kiritiladi. 

Bunday  aktivlarning  minimal  darajada  mavjudligini  ta’minlash  bank 

daromadliligini,  likvidligini  va  moliyaviy  barqarorligini  ta’minlashda  ko’mak 

bo’ladi.  Bu  esa  o’z  navbatida  bank  aktiv  operatsiyalardan  ko’riladigan  risklarni 

boshqarishning samarali yo’li deb aytishimiz mumkin bo’ladi. 

Bu  zaxiralarning  manbasi  tijorat  banklarining  daromadlari  hisoblanadi. 

Mazkur  tashkil  qilingan  zaxiralar  bank  faoliyatiga  ta’sir  ko’rsatadi,  zaxiralar 

tashkil  qilingan  davrdan  xarajatlar  inobatga  olinishi  zarur  hisoblanadi.  Bunday 

aktivlarning  sifati  bo’yicha  tasniflashdan  maqsad  berilgan  kreditlarning  qay 

darajada  sifatliligini,  kreditlarning  o’z  vaqtida  qaytarilishini  monitoring  qilish, 

kredit riskini inobatga olgan holda ular bo’yicha to’gri miqdorda zaxiralar tashkil 

                                                           

6

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2696-sonli ”Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash 



va  aktivlar  bo'yicha  ehtimoliy  yo'qotishlarni  qoplash  uchun  zaxiralar  shakllantirish  hamda  ulardan  foydalanish 

tartibi to'g'risida"gi Nizomga ko’ra, muallif tomonidan tuzildi. 



21 

 

qilinishini  ta’minlash.  Balansda  aktivlarninng  summasi  bo’yicha  to’gri  ma’lumot 



aks  ettirilishi,  bank  likvidliligi  va  uning  moliyaviy  barqarorligini  oshirish  va 

boshqarish bo’yicha chora -tadbirlarni ishlab chiqish va uni qo’llash hisoblanadi.  

Albatta,  kreditning  qay  darajada  sifatliligi  uning  risklilik  darajasiga  to’gri 

bog’lanadi. Ajratilgan kreditlar qay darajda sifatli bo’lsa, uning risklilik darajasini 

shunchalik past deb baholashimiz mumkin. 

Shu jumladan, tijorat banklari taqdim etayotgan hisobotlar ularning aktivlari 

sifatining haqiqiy holatini aks ettirishi lozim. Hisobotlarning haqqoniy bo’lmasligi 

tijorat  banki  omonatchilari,  kreditorlari  va  aksiyadorlari,  shuningdek  Markaziy 

bank  va  boshqa  manfaatdor  tomonlarni  chalg’itishga  va  yanglishtirishga  urinish 

deb  baholanadi  hamda  xavfsiz  bo’lmagan,  nosog’lom  bank  amaliyoti  deb 

hisoblanadi. 

Tijorat  banki  balansida  va  balansdan  tashqari  moddalarda  yuritilayotgan 

muammoli aktivlarning ulushi jami aktivlarning 10 foizidan ortiq bo’lsa, Markaziy 

bank  tomonidan  tijorat  banki  ijro  rahbariyatining  malakasi  Markaziy  bank 

talablariga  muvofiq  emas  deb  topishga  hamda  Tijorat  banki  Kengashi  tomonidan 

bank  faoliyati  ustidan  o’rnatilgan  nazoratni  yetarli  emas  deb  hisoblanishiga  asos 

bo’ladi.  Lekin,  daromad  keltirmaydigan  aktivlarning  ulushi  jami  aktivlarning 

yetmish  foizidan  ortiq  bo’lishi  bank  kredit  siyosati,  kreditlar  ajratish  va  ularni 

boshqarish jarayonining bo’shligini bildiruvchi ko’rsatkich hisoblanadi. 

Kreditning  qaytarilishida  albatta  qarzdor  ham  bir  nechta  mezonlarga  javob 

berishi kerak. Masalan, qarzdorning moliyaviy holati, iqtisodiyotdagi tutgan o’rni, 

kredit  tarixi,  raqobatbardoshligi,  kredit  olishga  qobilyati,  kredit  ta’minotining 

yomonlashuvi  yoki  uning  likvidliligining  o’zgarishi,  agar  u  yuridik  shaxs  bo’lsa, 

rahbariyatning boshqarish qobilyatlarini inobatga olish kerak bo’ladi. 

Qarz oluvchi kreditni qaytarish qobilyati umuman yo’q deb topilgan paytda, 

berilgan  kreditni  undirib  olish  maqsadida  bank  mijoz  tomonidan  taqdim  etilgan 

garovga  qaratiladi.  Albatta,  amaliyotda  kreditni  qaytarib  olishda  bunday  choraga 

borish bank uchun salbiy holat hisoblanadi. Ta’minot kredit to’lashning ikkilamchi 

manbai  hisoblanadi. Ammo,  kreditni qaytarishdagi eng ohirgi chora shu bo’lgani 


22 

 

sababli bank bunday ishni amalga oshirishga majbur bo’ladi. Shuning uchun, bank 



mijozning  ta’minotiga  juda  katta  e’tibor  berishi  kerak.  Nizomga  ko’ra  ta’minot 

quyidagi talablarga javob berishi kerak. Ta’minotni tahlil qilishda tojorat banklari 

tomonidan  uning  likvidliligi  e’tiborga  olinishi  lozim.  Bunda  tijorat  banki 

ta’minotni  sotishdan  asosiy  qarz  va  foiz  summalarining  qaytarilishini  baholashi 

shart.  

Aktivlarning  yuqori  likvidli  ta’minotiga,  O’zbekiston  Respublikasi 

Hukumatining  kafolati,  tijorat  banklarida  ochilgan  hisobvaraqlardagi  milliy  va 

xorijiy valuta shaklidagi garov, hukumatning qimmatli qog’ozlari shaklidagi garov, 

Markaziy  bankning  qimmatli  qog’ozlari  shaklidagi  garov,  qimmatbaho  metallar 

shaklidagi oltin va kumush quymalari shaklidagi garov kiradi.  

Aktivlarning  yuqori  likvidli  bo’lmagan  ta’minotiga  esa,  ko’char  mulk,  shu 

jumladan yer uchastkasiga bo’lgan huquq, ko’char mol-mulk, xo’jalik jamiyatidagi 

ulushga  bo’lgan  huquq,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  kafolat  va  kafilliklari 

kiradi. 


 

O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  2015  yil  5-avgustdagi  2707-

sonli  "Bir  qarz  oluvchi  yoki  bir-biriga  daxldor  qarz  oluvchilar  guruhi  uchun 

tavakkalchilikning  eng  ko'p  miqdorlari  to'g'risida"gi  Nizom  ham  kredit  risklariga 

bevosita bog'liqdir. Unga ko'ra,  bankning  bir  qarz  oluvchi  yoki bir-biriga daxldor 

qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng yuqori miqdori bank birinchi 

darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak. Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga 

daxldor 


qarz 

oluvchilar 

guruhiga 

to'g'ri 


keluvchi 

ta'minlanmagan 

kredit,shuningdek,    faktoring  xizmatlari  uchun  tavakkalchilikning  eng  yuqori 

miqdori  bank  birinchi  darajali  kapitalining  5  foizidan  oshmasligi  zarur.  Yirik 

tavakkalchiliklarning  umumiy  miqdori  bank  birinchi  darajali  kapitalining  8 

barobaridan oshmasligi lozim. 

 

O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  2015  yil  6-iyuldagi  2693-



sonli "Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo'yiladigan talablar to'g'risida"gi 

Nizom  ham  bevosita  tijorat  banklarining  moliyaviy  ahvoliga,  bu  esa  kredit 

risklariga to'g'ridan - to'g'ri ta'sir qiladi.  


23 

 

Aktivning  tavakkalchilik  darajasi  o'z  zimmasiga  majburiyatlarni  qabul 



qilgan  shaxs  va  garov  yoki  kafolat  tavsifiga  bog'liq.  Tavakkalchilikni  hisobga 

olgan  holdagi  aktivlar  summasi  har  bir  aktiv  balans  summasini  unga  tegishli 

tavakkalchilik  miqdoriga  ko'paytirish  va  tavakkalchilik  bo'yicha  aniqlangan 

aktivlar yig'indisi orqali topiladi.  

Tavakkalchilikdan xolis bo'lgan aktivlar ya’ni tavakkalchilik darajasi 0 foiz 

bo’lgan  aktivlarga,  bankda  va  uning  filiallarida  naqd  pul  ko'rinishida 

saqlanayotgan  milliy  va  chet  el  valutasi  jumladan,  bank  omborlarida  yoki 

O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  omborlarida  saqlanayotgan  oltin 

quymalar,  O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  vakillik  va  zaxira 

hisobvaraqlaridagi  mablag'lar,  O'zbekiston  Respublikasi  Hukumati  va  Markaziy 

bankiga to'g'ridan-to'g'ri talablar va ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlar, 

tavakkalchilik darajasi past bo'lgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari 

tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog'ozlar,  shuningdek,  bu  mamlakatlar 

hukumatlari va Markaziy banklariga qo'yiladigan boshqa majburiyatlar, nomoddiy 

aktivlar kiradi.  

 

Minimal  tavakkalchilik  darajasiga  ega  aktivlar  ya’ni  tavakkalchilik  darajasi 



20  foiz  bo’lgan  aktivlar  quyidagilarni  o'z  ichiga  oladi.  Mamlakatlar  banklariga 

qo'yilgan  barcha  talablar,  shu  jumladan,  qarzlar  va  pul  bozori  vositalari, 

tavakkalchilik  darajasi  past  bo'lgan  mamlakatlarda  ro'yxatga  olingan  banklar 

tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog'ozlar  bilan  ta'minlangan  boshqa  barcha 

aktivlar. 

 

O'rtacha  tavakkalchilik  darajasiga  ega  aktivlar  ya’ni  tavakkalchilik  darajasi 



50  foiz  bo’lgan  aktivlar,    o'z  ichiga  jismoniy  shaxslarga  bir  oilaga  uy-joy  sotib 

olish yoki qurish uchun berilgan va dastlabki garov sifatida sotib olinayotgan yoki 

qurilayotgan uy-joy bilan ta'minlangan kreditlarni oladi. Bunda kredit miqdorining 

garov qiymatiga nisbati 60 foizdan oshmasligi kerak.  

 

Yuqori  tavakkalchilik  darajasiga  ega  aktivlar  ya’ni  tavakkalchilik  darajasi 



100 foiz bo’lgan aktivlar quyidagilarni o'z ichiga oladi. Bank tomonidan berilgan 

barcha  kreditlar,  bankning  asosiy  vositalari  va  boshqa  xususiy  mulklari, 



24 

 

”o'stirmaslik”  maqomi  berilgan  yoki  restrukturizatsiya  qilingan  kreditlar,  bank 



dastlabki  garov  huquqiga  ega  bo'lmagan  kreditlar,  tavakkalchilik  darajasi  past 

bo'lgan  mamlakatlarning  depozitar  institutlarining  kapitali  bo'lgan  qimmatli 

qog'ozlar,  milliy  valutaga  denominatsiya  qilinmagan  va  milliy  valutada 

moliyalashtirish summasidan oshib ketgan aktivlar, boshqa barcha aktivlar. 

 

O'ta  yuqori  tavakkalchilik  darajasiga  ega  aktivlar  ya’ni  tavakkalchilik 



darajasi 150 foiz bo’lgan aktivlar quyidagilarni o'z ichiga oladi. Sud jarayonidagi 

aktivlar  va  (yoki)  belgilangan  tartibda  undirilmagan  aktivlar,  qarzini  to'liq  yoki 

qisman  undirish  uchun  bank  balansiga  olingan  ko'chmas  mulk,  ikki  yildan  ko'p 

bo'lgan muddatda foydalanilmayotgan bankning ko'chmas mulklari, shartlari qayta 

ko'rib chiqilgan yoki muddati bir marotabadan ortiq uzaytirilgan kreditlar. 

Tijorat banklarining kreditlash faoliyatini samarali tashkil etishda Markaziy 

bankining  2005  yil  2-martdagi  905-sonli  "Tijorat  banklari  kredit  siyosatiga 

qo’yiladigan  talablar  to’g’risida"gi  Nizom  muxim  ahamiyat  kasb  etadi.  Nizomga 

muvofik  bankning  kredit  siyosati-kreditlash  jarayonida  yuzaga  keluvchi  risklarni 

boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni 

belgilovchi  hamda  bank  rahbariyati  va  xodimlarini  kreditlar  portfelini  samarali     

boshqarishga  doir  ko’rsatmalar  bilan  ta’minlovchi  xujjatdir.  Ayni  chog’da,  kredit 

siyosati  bankning  kredit  faoliyati  maqsadlarini  aniq  ko’rsatishi  va  aniqlab  berishi 

shart  hisoblanadi.  Bu  esa  tijorat  banklarida  kredit  operatsiyalarini  samarali  olib 

borishda ijobiy natijalarga erishga yordam beradi. 

7

 



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling