Bank hisobi va audit


Kredit riskini boshqarishni takomillashtirish bo’yicha chora –


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana12.11.2020
Hajmi0.68 Mb.
#144091
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tijorat banklarida kredit riskini boshqarish


3.2. Kredit riskini boshqarishni takomillashtirish bo’yicha chora – 

tadbirlar 

Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  tijorat  banklari  kredit  riskini 

boshqarishda,  banklar  tomonidan  berilayotgan  kreditlarning  ahamiyati  nihoyat 

yuqoriligini 

inobatga 

olgan 


holda, 

ushbu 


ajratilayotgan 

kreditlarning 

samaradorligini baholash va qaytishini ta'minlash tijorat banklari zimmasiga zarur 

vazifalarni yuklashga olib kelmoqda. 

  

Ma'lumki,  hozirgi  sharoitda  tijorat  banki  tomonidan  berilgan  asosiy  qarz 



summasi  va  hisoblangan  foizlarni  o'z  vaqtida  qaytirishini  kafolatlash  uchun 

uzluksiz  amaliyotni  nazorat  qilish  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Shunisi 

xarakterliki,  kreditni  sifat  jihatidan  butun  kredit  operatsiyasi  vaqti  mobaynida 

kamdan-kam  hollarda  o'zgarmasdan  qoladi.  Mijozning  moliyaviy  imkoniyatlari 

iqtisodiyotning  holati,  garov  bahosi  xilma-xil  omillar  ta'sirida  doimiy  ravishda 

o'zgarib  turadi  va  tabiiyki,  kreditning  sifatiga  ta'sir  qiladi.  Berilgan  kreditlar 

ustidan  amalga  oshiriladigan  nazorat  jarayoni  quyidagi  ikki  asosiy  yo'nalishni  o'z 

ichiga olishi kerak: 

1. Operativ ma'lumot va ta'sir qiluvchi omillar ustidan nazorat qilish.  

2. Kredit operatsiyalarini to'liq va mukammal tahlil qilish ustidan nazorat. 

Kreditlar ustidan joriy nazoratni amalga oshirishda ushbu operatsiyalar turli 

darajalarda  ikkita  holis  mansabdor  shaxs  tomonidan  tekshirilishi  lozim.  Avvalo, 

joriy  nazorat  jarayoni  ushbu  mijozni  kreditlashni  amalga  oshirgan  yoki  ushbu 

kreditni  ishini  yuritish  topshirilgan  bank  xodimi  tomonidan  amalga  oshirilishi 



59 

 

lozim. Bundan tashqari, har bir kredit ishini ma'lum davriy oraliqlarda tahlil qilib 



borish,  kredit  operatsiyalarini  amalga  oshirib  borish  ustidan  nazorat  qilish 

topshirilgan  shaxs  tomonidan  amalga  oshirilishi  lozim.  Bunday  ikki  pog'onali 

tizimda har ikkala pog'onaning to'liq mustaqilligini ta'minlash muhim ahamiyatga 

egadir  va  nazorat  tizimidagi  xodim  kredit  berish  to'g'risidagi  qarorda  ishtirok 

etmagan bo'lishi lozim. Nazoratni ikkinchi yo'nalishi bo'lgan mukammal nazoratni 

amalga  oshirishda  faqat  tavakkalchilik  darajasi  yuqori  bo'lgan  ma'lum 

operatsiyalarni to'liq tahlil qilish uchun tanlab olish  imkonini beruvchi  mexanizm 

ishlab chiqish lozim. Bank xodimi o'zi kredit ishi bevosita yuritayotganligi sababli 

mijoz  bilan  doimiy  ravishda  munosabatda  bo'ladi.  Bu  esa,  yangi  ma'lumotlarni 

olish  imkoniyatini  beradi,  u  mijozning  kredit  shartnomasi  shartlariga  rioya 

qilayotganligi  va  to'lov  layoqatliligini  baholash  uchun  katta  imkoniyatga  ega 

bo'ladi. Ayni vaqtda nazorat jarayoni mijoz bilan bevosita aloqada bo'lmagan shaxs 

tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. 

Buning  asosiy  sababi  shundaki,  birinchidan,  nazorat  va  tahlilni  amalga 

oshirishda  bank  xodimi  o'zining  baholash  xususidagi  qarashlariga  asoslanadi  va 

eng muhimi bu baho uning mijoz bilan o'zaro shaxsiy munosabatlarining subyektiv 

ta'siri  ostida  bo'lmasligi  kerak.  Bank  xodimi  mijoz  bilan  doimiy  aloqada  bo'lishi 

ular orasida shaxsiy munosabatlarni bo'lishiga qulay muhit yaratadi. 

Ikkinchidan, nazorat jarayoni bank xodimini to'g'ri kredit qarori qabul qilish 

imkoniyatini beradi. Xolis tahlil ssudani berish to'g'risidagi qarorni qabul qilishda, 

bank xodimining holatini obyektivligini kafolatlash uchun zarurdir. 

Alohida  kreditlar  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish  bilan  bir  qatorda  kredit 

portfeli  sifatining  ustidan  umumiy  nazorat  o'rnatish  lozimdir.  Agar  bank  kredit 

berish  xuquqiga  ega  bo'lgan  bir  nechta  sho’balarga  ega  bo'lsa,  unda  kreditlar 

to'g'risidagi  barcha  ma'lumotlarni  yig'ib  borish  va  ularni  bosh  ofisdan  kredit 

boshqarmasiga  takdim  etish  lozim.  Umumlashtirilgan  ma'lumotlar  ushbu  kredit 

boshqarmasi  tomonidan  tegishli  boshqarmaga  uzatiladi.  Bosh  ofisdagi  kredit 

boshqarmasi  olingan  barcha  ma'lumotlarni  tahlil  qilish  va  belgilangan  limitlarga  

rioya  qilinishini  ta'minlashi  shart,  chunki  kredit  portfelini  tahlil  qilish  umumiy 


60 

 

tendensiyalarni  aniqlash  imkonini  beradi.  Agarda  salbiy  tendensiyalar  va 



normativlarning buzilishi aniqlansa, u holda bu buzilishlar tezda tahlil qilishini va 

kerakli  chora-tadbirlar  ishlab  chiqilishi  lozim.  Bunday  chora-tadbirlarga 

quyidagilarni kiritish mumkin:   

-  shubhali  ssudalar  bo'yicha  asosiy  qarz  summasi  va  foizlarni  uzaytirilishi 

(prolongatsiya) o'rniga ularni undirish yuzasidan talabnoma taqdim qilish

-  kredit  limitlari  buzilishi  hollari  mavjud  bo'lgan  keskin  sohalarga, 

qo'shimcha kredit berishni keskin ta'qiqlashni joriy qilish; 

-  kredit limitlarining o'sishini  qayta ko'rib chiqish imkoniyatini muhokama 

qilish; 

-  kredit foiz stavkasini o'zgartirish. 

Kredit  portfelida  yuzaga  kelgan  tavvakalchiliklarni  tahlil  qilish  bilan  birga, 

berilgan  kreditlar  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish  kredit  portfelining  foydalilik 

darajasini,  ya'ni  kredit  operatsiyalarning  samaradorligini  kuzatib  borish  ham 

zarurdir. 

Bank 

kredit 


portfelida 

vujudga 


kelgan 

risklarni 

boshqarish 

instrumentlarining  kredit  talabnomalarini  va  mijoz  haqidagi  axborotni  sifatli 

o'rganib  chiqish kredit  jarayonini  tashkil  etish  uchun  samarali  axborot  tizimini va 

nazoratini joriy etish, kreditlashtirish jarayonidagi subyektiv kamchiliklarni oldini 

olishga  imkon  yaratadi.  Bank  faoliyatining  asosiy  maqsadi  kreditlarning  hajmini 

emas, balki operatsiyalar daromadliligini oshirishdir.  

Kreditlarni  qoplash  jarayonining  qoniqarsiz  tarzda  olib  borilishi,    bank 

amalga  oshirgan  operatsiyalardan  kutilgan  pul  tushumlarini  ololmasligiga  olib 

keladi. 

Respublikamiz 

tijorat 

banklarining 

kredit 

riskini 


boshqarishni 

takomillashtirishga  qaratilgan quyidagi takliflar ishlab chiqildi: 

1. Tijorat  banklari  tomonidan  jismoniy  shaxslarga  ajratiladigan  kreditlar 

hajmini  ulardan  jalb  qilingan  depozitlar  hajmidan  kam  bo'lmasligiga  erishish 

lozim.  Jismoniy  shaxslarni  kreditlash  hajmining  oshirilishi  mamlakatda  ichki 

talabni  rag'batlantiradi  va  xo'jalik  subyektlarining  realizatsiyasini  jadallashtiradi. 



61 

 

Shu  bilan  birga  kreditlarning  milliy  iqtisodiyot  barqarorligini  ta'minlashdagi  roli 



oshadi. 

2. Shuningdek, qarzdorilikni boshqarishni asosiy  muammosi bu bank kredit 

portfelini  ichki  auditor  tomonidan  tekshirilmasligi.  Bizning  fikrimizga  ko'ra,  bu 

nazoratni  mustaqil  ichki  auditorlar  bajarishi  lozim.  Nazorat  bank  kredit  bo'limiga 

yoki qoidaga binoan har yilda bir marotaba bo'lishi kerak emas. Bunday auditorlar 

faqatgina  bankning  ichki  nazorat  boshqaruviga  bo'ysinishi  kerak.  Tekshiruv 

natijasi maxsus hisobotda ko'rsatilishi va u faqatgina bank boshqaruvi kengashiga 

taqdim etilishi kerak. Shuningdek, auditorlar kredit portfelini baholash bilan birga 

unga tegishli ko'riladigan chora tadbirlarni ham taqdim qilishlari lozim. 

3. KAMI  ni  rivojlantirish  lozim,  shu  bilan  birga  xususiy  kredit  axboroti 

byurolarini  tashkil  etishni  ta'minlash  lozim.  Chunki    faoliyat  yuritayotgan  Kredit 

Axborot Milliy Instituti mijoz tarixi haqida to'liq  axborot bera olmaydi, KAMIga 

banklarning  o'zi  axborot  beradi,  bu  yetarli  emas  deb  hisoblaymiz.  Unda  jismoniy 

shaxslarning  kredit  tarixi  haqidagi  ma'lumotlari  deyarli  yo'q.  Mijoz  tarixi  haqida 

qanchalik  ko'p  axborot    berilishi,  kredit  riskini  kamaytirishga  yordam  beradi.  Bu 

maqsadga  erishish  uchun  xususiy  kredit  byurolarini  ko'proq  tashkil  etilish,  uarda 

sof raqobat muxiti yaratilishini ta'minlash lozim. 

4. Kredit 

majburiyatlarini 

sug'urtalashni 

takomillashtirish 

lozim. 


O'zbekistonda  bank  va  sug'urta  tashkilotlari  amaliyotida  ta'minotni,  mulkni 

sug'urtalash  amalga oshirilmoqda, lekin kredit risklarini sug'urta qilish xali  yo'lga 

qo'yilgai yo'q. Kredit risklarni sug'urta qilishni yo'lga qo'yilishini ta'minlash lozim. 

5. Kreditning  ta'minlanganligiga  e'tibor  berish,  kreditning  ta’minlanganligi 

uchun  yuqori   likvidlilikka   ega   bo'lgan   vositalarni  qabul qilish va ularning 

qiymatini  to'g'ri  baholash  lozim.  Bank  bo'limida  garovga  olinadigan  mulklarni 

to'g'ri  baholay  oladigan,  ularning  bozordagi  narxlarini  o'zgarishini,  o'zgarish 

tendentsiyalarini  baholay  oladigan  aloxida  xodim  bo'lishini  ta'minlash  zarur. 

Bunday  xodimlarni  tayyorlash  uchun  respublika  markazidagi  “Baholovchilar 

assosiatsiyasi”  bilan  birgalikda    mol-mulk,  oltin  buyumlar  va  boshqa  mulkni 

baholash bo'yicha o'qish tashkil kilish  lozim. 


62 

 

Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  yuqorida  ta’kidlab  o'tilgan  takliflarning 



amaliyotda  qo’llanilishi,  banklarningt  kredit  portfelining  sifatini  oshiradi,  kredit 

riskini  boshqarishdagi  yuzaga  keladigan  bir  qancha  muammolar  oldini  olishga 

erishiladi deb o’ylaymiz. Bu esa,  hozirgi sharoitida bank tizimining barqarorligini 

ta’minlashga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi deb o’ylaymiz.  



3-bob bo’yicha xulosa 

 

Biz  uchinchi  bobimizda,  mamlakatimzda  kredit  risklarni  boshqarishda 



uchraydigan  amaldagi  muammolar  bilan  tanishib  chiqdik.  Ularga  qisqacha  ta’rif 

berilib, ularni oldini olish chora-tadbirlari haqida so’z yuritdik.  

 

Muammolar  sinfiga  bizlar,  bank  tizimidagi  ya’ni  huquqiy  normalardagi 



muamolarni,  tijorat  banklari  ichidagi  kredit  operatsiyalarini  amalga  oshirishda 

yuzaga  kelayotgan  kamchiliklar  hamda  xodimlarning  o’z  vazifalarini  amalga 

oshirishda amaldagi muammolar haqida so’z yuritilgan.  

 

Banklar  o’z  vazifalarini  amalga  oshirishda,  koorporativ  boshqaruvidagi 



muamolar,  Hukumatning  bank  tizimidagi  xatti-harakatlari,  ularning  bank 

operatsiyalarini  amalga  oshirishda  iqtisodiy,  huquqiy,  siyosiy  mustaqilliklari 

haqida fikrlar aks ettirilgan.  

 

Banklarda  kredit  riskini  boshqarish  bo’yicha  bir  qancha  tavsiyalar 



keltirilgan,  xususan,  kredit  riskini  oldini  olish  maqsadida  sug’urta  kompaniyalari 

xizmatlaridan foydalanishni bir nechta usullari keltirib o’tilgan. 

 

KAMI  ning  kredit  riskini  oldini  olish  va  uni  pasaytirishdagi  ro’li  ifoda 



etilgan.  

 

Keying  masalamiz  bo’lib  esa,  mamlakatimizda  kredit  riskini  boshqarishni 



takomillashtirish masalalari haqida so’z yuritilgan. Xususan jismoniy shaxslarning 

kreditga layoqatliligini baholashda skoring usuli haqida alohida e’tibor qaratildi.  

 

 

 



 

63 

 

XULOSA VA TAKLIFLAR 

Mamlakatimiz  tijorat  banklari  kreditlash  faoliyatini  olib  borishda  kredit 

riskini boshqarish bo'yicha qiyinchiliklar va muammolarga duch kelmoqda. 

Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tijorat  banklarining 

kredit  siyosatiga,  ularning  kredit  portfeli  va  uning  sifatiga,  undan  foydalanish 

darajasiga  katta  e'tibor  beriladi.  Chunki, kredit  portfelining  to'g'ri  tashkil  qilinishi 

banklarning samarali faoliyat yuritayotganligidan dalolat beradi. 

Kredit  riskini  boshqarishning  asosiy  yo'nalishlari  qilib  quyidagilarni 

ko'rsatish mumkin: 

1. Kredit  risklarini  darajasiga  ta'sir  ko'rsatuvchi  omillarni  aniqlash,  ularni 

baholash va bartaraf etish. 

2. Qarz  oluvchining  kreditga  layoqatliligini  va  uning  moliyaviy  ahvolini 

aniqlash, kredit riskini bashorat qilish. 

3. Muammoli  ssudalarni  oldindan  aniqlash  va  ularni  so'ndirish  choralarini 

ishlab chikish. 

4. Kredit  qo'yilmalarini  diversifikatsiya  qilishni,  ularning  likvidligini  va 

daromadliligini ta'minlash. 

5. Kredit olgan mijoz bilan doimiy aloqada bo'lib turish. 

 Tahlil  natijalari  shuni  ko'rsatadiki,  respublikamizning  yirik  tijorat 

banklarida kreditlarning asosiy qismini ma'lum tarmoqlarga mansub korxonalarda 

to'planganligi  kuzatilmoqda.  Bundan  tashqari,  kreditlarni  ayrim  mulk  shaklidagi 

mijozlarda to'planishi bank uchun yuqori kredit riskini vujudga keltiradi. Masalan, 

davlat  korxonalarining  mulk  shakli  o'zgarishi  bilan  unga  berilgan  kreditni 

qaytarishda jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.  

Fikrimizcha,  quyidagi  tadbirlarni  amalga  oshirish  bilan  banklarda  kredit 

riskini kamaytirishga erishish mumkin: 

1. Tijorat  banklari  kredit  portfeli  diversifikatsiyasini  kengaytirish  va  kredit 

qo'yilmalaridan 

samarali 

foydalanish 

banklarni 

universallashtirishda 

va 


64 

 

raqobatbardoshligini  oshirishda  yordam  beradi  hamda  kredit  riskini  pasaytirishni 



ta'minlaydi. 

2. Bank  likvidligini  boshqarishda  va  Markaziy  bank  tomonidan  iqtisodiy 

normativga  rioya  etish  maqsadida  jalb  qilingan  va  joylashtirilgan  mablag'larni 

muddati  bo'yicha  diversifikatsiya  qilish  natijasida,  o'z  kredit  operatsiyalarini 

rejalashtirishga  yordam  beradi.  Bu  bilan  tijorat  banki  zarur  bo'lgan  likvidlilik 

darajasini ushlab turgan holda maksimal darajada yuqori daromadga erishadi. 

3. Kredit portfelini shakllantirish jarayoni optimal kredit siyosatini aniqlash 

nuqtai-nazaridan  uning  diversifikatsiyalanishini  ko'zda  tutadi.  Kreditlarning  bir 

necha  mijozlar  ichida  jamlanish  darajasi  va  kreditlashning  umumiy  hajmi  oshishi 

bilan bank kredit riski ham o'sib boradi.  

Shuning  uchun  banklar  doimo  bir-biridan  mustaqil  bo'lgan  ko'p  sonli 

mijozlarga  ozroq  hajmdagi  kreditlarni  taqdim  qilishga  harakat  qilishlari  lozim. 

Bundan  tashqari,  kreditlarni  quyidagi  yo'nalishlar  bo'yicha  diversifikatsiyalashlari 

maqsadga muvofiqdir: 

-  muddatlari  bo'yicha  (qisqa  va  uzoq  muddatli  qo'yilmalar  salmog'ini 

iqtisodiyotda  kutilayotgan  o'zgarishlarga  va  depozitlar  muddatlariga  bog'liq 

holatda tartibga solish); 

-  maqsadli yo'nalish bo'yicha; 

-  ta'minot bo'yicha; 

-  kredit uchun o'rnatilgan foiz stavkasi bo'yicha (qat`iy belgilangan va suzib 

yuruvchi); 

-  tarmoqlar bo'yicha. 

4. Kredit  siyosati  bank  kredit  resurslarining  risk  darajasini,  kreditlarning 

ta'minlanganlik  darajasini,  kreditlarning  hududlar  va  tarmoqlar  bo'yicha 

jamlanganligini,  kreditlashning  manbalari  bo'yicha,  mulk  shakli  bo'yicha  tizimli 

tahlil qilishni nazarda tutib borishi lozim. 

5. Tijorat  banklari  kreditlari  hajmini  oshirish,  uning  yuqori  sifat 

ko'rsatkichlariga  erishishini  ta'minlash  bevosita  ularning  kreditlardan  ko'riladigan 



65 

 

zararlarni    qoplashga  mo'ljallangan  zahira  ajratmalarining  normativ  darajasini 



ta'minlashga bog'liq. 

6. Kreditlardan  ko'riladigan  zararlarni  qoplashga  mo'ljallangan  zahira 

ajratmalarining  amaldagi  darajasiga    baho  berish  uchun  quyidagilarga  alohida 

e'tibor  qaratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: 

-  bank tomonidan berilgan kreditlarning to'g'ri  tasniflanganligiga; 

-  zahira  ajratmalarini  tasniflash  asosida  kreditlarning  toifalariga  mutanosib 

ravishda tashkil etilganligiga

-  foizlarni o'stirmaslik maqomiga ega bo'lgan kreditlar bo'yicha hisoblangan 

va  muddati  o'tgan  foizlarni  o'z  vaqtida  va  to'liq  tijorat  bankining  balansidan 

chiqarilganligiga. 

7. Tijorat  banklarida  sindikatlashgan  kredit,  overdraft  kreditlaridan    keng 

foydalanishi  lozim.  Bir  loyihani  bir  necha  kreditorlar  tomnidan  moliyalashtirilish 

bilan kredit riskini pasaytirishga erishish mumkin. 

8. Tijorat  banklari  kredit  portfelining  sifatini  oshirishning  ustuvor 

yo'nalishlariga qat'iy amal qilish lozim, jumladan: 

-  tijorat  banki  kreditlarining  25  foizdan  ortiq  qismini  bitta  tarmoqda  yoki 

sohada to'planib qolishiga yo'l qo'ymaslik; 

-  tijorat  banki  tasniflangan  kreditlari  tarkibida  “standart”  toifasidagi 

kreditlarning salmog'ini 90 foizdan past bo'lmasligiga erishish

-  kreditlardan  ko'riladigan  zararlarni  qoplashga  mo'ljallangan  zahira 

ajratmalarining normativ darajasini ta'minlash kerak. 

 

O’ylaymizki  bu  takliflar  kredit  risklarini  boshqarishda,  kredit  portfeli 



sifatini  yanada  oshirishda  hamda  banklar  tomonidan  ajratilayotgan  kreditlarning 

sifatini yanada takomillashishiga olib keladi. 



 

 

 

 

 

66 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 



1. Me’yoriy-huquqiy xujjatlar 

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992 yil 8-dekabr. 

2. O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  Respublikasining  Markaziy 

banki to‘g‘risida”gi Qonuni. 1995 yil 21-dekabr. 

3. O‘zbekiston  Respublikasining  “Banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risida”gi 

Qonuni. 1996 yil 25-aprel.  

4. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston  Respublikasini 

yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasi  to‘g‘risida”gi  4947-sonli 

Farmoni. 2017 yil 7-fevral.  

5. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining “2011-2015 yillarda respublika 

moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish,  uning  barqarorligini  oshirish  va  yuqori 

xalqaro  reyting  ko‘rsatkichlariga  erishishning  ustuvor  yo‘nalishlari  to‘g‘risida”gi 

1438-sonli Qarori. 2010 yil 26-noyabr. 

6. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining “Tijorat banklarining  moliyaviy 

barqarorligini  yanada  oshirish  va  ularning  resurs  bazasini  rivojlantirish  chora-

tadbirlari to‘g‘risida” gi 2344-sonli Qarori. 2015 yil 6-may. 

7. O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bank  Boshqaruvining  “Tijorat 

banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishga nisbatan qo’yiladigan talablar 

to’g’risida”gi 2229-sonli Nizomi. 2011 yil 25-may. 

8.  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bank  Boshqaruvining  “Tijorat 

banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi 2693-sonli 

Nizomi. 2015 yil 6-iyul. 

9. O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bank  Boshqaruvining  “Tijorat 

banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni 

qoplash  uchun  zaxiralar  shakllantirish  hamda  ulardan  foydalanish  tartibi 

to‘g‘risida”gi 2696-sonli Nizomi. 2015 yil 13-iyun. 

10. O‘zbekiston    Respublikasi   Markaziy    banki    Boshqaruvining “Bir  qarz 

oluvchi  yoki  bir-biriga  daxldor  qarz  oluvchilar  guruhi  uchun  tavakkalchilikning 

eng ko’p miqdori to’g’risida”gi 2707-sonli Nizomi. 2015 yil 5-avgust. 


67 

 

11. O‘zbekiston    Respublikasi    Markaziy    banki    Boshqaruvining  “Tijorat 



banklarining kredit siyosatiga talablar to’g’risida”gi 905-sonli Nizomi. 2005 yil 2-

mart. 


2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari 

12. Karimov  I.A.  “Mamlakatimiz  taraqqiyoti  va  xalqimizning  hayot 

darajasini 

yuksaltirish 

barcha 

demokratik 



yangilanish 

va 


iqtisodiy 

islohotlarimizning pirovard maqsadidir”.- T.: O‘zbekiston, 2007. 

13. Karimov  I.A.  “Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O‘zbekiston 

sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari”. – T.: O‘zbekiston, 2009. 

14. Karimov  I.A.  “Asosiy  vazifamiz  –  vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz 

farovonligini yanada yuksaltirishdir”.- T.: O‘zbekiston, 2010.-56b. 

15. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini 

birgalikda barpo etamiz”.- Toshkent:  2016.-56b. 

16. Mirziyoyev  Sh.M.  “Tanqidiy  taxlil,  qat’iy  tartib  intizom  va  shaxsiy 

javobgarlik  –  har  bir  rahbar  faoliyatining  kundalik  qoidasi  bo‘lishi  kerak”.- 

Toshkent: “O‘zbekiston”. 2017. -104b. 

17. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta’minlash 

–  yurt  taraqqiyoti  va  xalq  farovonligining  garovi”.  –  Toshkent:  “O‘zbekiston”. 

2017.-48b. 



3. Darslik va o‘quv adabiyotlari 

18. Abdullayeva  Sh.Z.  Bank  risklari  va  kreditlash.Darslik.-  T.:  Moliya, 

2002. -304b. 

19. Abdullayeva  Sh.Z.  Pul,  kredit  va  banklar.  Darslik.-T.:  “IQTISOD-

MOLIYA”, 2008. -405b. 

20. Abdullayeva  Sh.Z.  Omonov  A.A.Tijorat  banklari  kapitali  va  uni 

boshqarish.Darslik. –T.: “Iqtisod-Moliya”, 2006 yil 120 b. 

21. Abdullayeva  Sh.Z.,  Karimov  F.Sh.,  Navro‘zova  K.N.,  Ortiqov  U.D. 

Bank resurslari va ularni shakllantirish asoslari. O‘quv qo‘llanma. 1-kitob T.:TMI, 

2004 yil.-205b. 



68 

 

22. Abdullayeva  Sh.Z.,  Karimov  F.Sh.,  Navro‘zova  K.N.,  Ortiqov  U.D. 



Tijorat  banklari  moliyaviy  resurslarini  boshqarish.  O‘quv  qo‘llanma.  2-kitob  T.: 

TMI, 2005 yil.-255b. 

23. Abdullaeva  Sh.Z.,  Qulliev  I.Ya.  Bank  risklari  fanidan  o’quv-uslubiy 

majmua. Moliya-2014, -255b. 

24. Belyakov  A.  V.,  “Банковские  риски,  проблемы  учета,  управления  и 

регулирования” M.: КНОРУС,2014г. 305c. 

25. Балабанов А.И., Боровкова Вик. А., и др. Банки и банковское дело: 

Учебник для вузов. 2-э изд. – СПб.: Питер, 2007 – 448с. 

26. Белоглазова  Г.Н.  Банковское  дело:  Учебник  для  вузов  –  СПБ.: 

Питер, 2008 - 400с. 

27. Вешкин  Ю.Г.,  Авагян  Г.Л.  Экономический  анализ  деятелности 

коммерческого банка: учебное пособие. – М.: Магистр, 2007 – 350с. 

28. Джеймс  К.  Ван  Хорн,  Джон  М.  Вахович.  Финансы,  учебное 

пособие.:Бишкек , 2003,-39 с. 

29. Ермаков  С.Л.  Основы  организатсии  деятелности  коммерческого 

банка: учебник. – М.: КНОРУС, 2009 – 656с. 

30. Жуков  Е.Ф.,  Зеленкова  Н.М.  Денги.  Кредит.Банки:  учебник  для 

студентов вузов. - 4-э изд., перераб. и доп. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2009-783с. 

31. Коробова Г.Г. Банковское дело: Учебник  - М.: «Экономистъ»,2005. 

-751с. 


32. Куликов А.Г. Денги, кредит, банки: Учебник. – М.: КНОРУС,2009 – 

656С 


33. Лаврушин О.И. Банковское дело. - М.: Финансы и статистика, 2001. 

-254с. 


34. Mullajonov  F.M.  O‘zbekiston  Respublikasi  bank  tizimi.  -  T.: 

O‘zbekiston, 2011. – 296b. 

35. Qoraliyev T., Ortiqov U. Bank resurslari va ularni boshqarish. Toshkent. 

2009 y. 


4. Davriy nashrlar (gazeta va jurnallar) 

69 

 

36.  Abdullaeva Sh.Z. Kredit skoring: banklar faoliyatidagi ahamiyatli uslub. 



//Bozor,pul va kredit. №12, 2016.-39 b. 

37.  Boboyev  B.  Bank  resurslaridan  foydalanishni  maqbullashtirish. 

//Bozor,pul va kredit. №2, 2001. 

38.  Власов 

С.Н., 

Рожков 


Ю.В. 

Управление 

ликвидностю 

коммерческого банка. // Банковское дело. №9, 2001. – С.24-26. 

39.  Jo‘rayev  U.  Xalqaro  bank  nazoratini  takomillashtirishda  Bazel 

qo‘mitasining roli. // Bozor, Pul va Kredit. №10, 2003 yil. – 3-7 b. 

40.  ATB “ASISA ALLIANCE BANK” ning yillik hisobot ma’lumotlari. 

41.  “Axbor-Reyting” milliy reyting agentligi hisobot ma’lumotlari. 



5. Internet saytlari 

42. http//www.cbu.uz - (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki). 

43. http//www.gov.uz - (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portali). 

44. http//www.stat.uz - (O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi). 

45. 

http://www.lex.uz



  -  (O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  ma’lu-

motlari milliy bazasi). 

46. 

http://www.grandars.ru



 -(iqtisodiyotga oid ma’lumotlar ensiklopediyasi). 

47. 


http://www.ahbor-reyting.uz -

 (“Axbor-Reyting” milliy reyting agentligi 

rasmiy sayti). 

48. 


http://www.aab.uz

 - (ATB “ASIA ALLIANCE BANK” rasmiy sayti). 



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling