Bank ichki nazorati
Download 7.48 Kb.
|
Bank ichki nazorati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank ichki nazorati quyidagilarga qaratiladi
- Bankdagi ichki nazorat tizimi quyidagi tamoyillarga asoslanadi
Bank ichki nazoratiReja: Banklarda ichki nazorat va uni tashkil qilish asoslari Tijorat banklarida ichki nazorat tizimi Bank ichki nazorati qoidalari kiritilgan o’zgartirishlar 1.Banklarda ichki nazorat va uni tashkil qilish asoslariBank ichki nazorat - bu jarayon bo‘lib, bank kengashi, rahbariyat va bankning boshqa xodimlari tomonidan quyidagi maqsadlarga erishishni oqilona ta’minlash uchun amalga oshiriladi: - samaradorlik va operatsiyalarning samaradorligi; - moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi. - amaldagi qonunlar va qoidalarga rioya qilish. Ushbu ta’rif ba’zi fundamental tushunchalarni aks ettiradi: - ichki nazorat bu jarayon. Bu maqsadga erishish vositasi, o‘zi maqsad emas; - ichki nazorat xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu oddiy o‘quv qo‘llanmalar va shakllar emas, balki bankning barcha darajalaridagi xodimlari; - ichki nazorat bank kengashi va rahbariyati uchun mutlaq ishonchni emas, balki faqat oqilona ishonchni ta’minlaydi. - ichki nazorat bir yoki bir nechta alohida, ammo bir-birini to‘ldiruvchi maqsadlarga erishishga qaratilgan Ichki nazoratning ahamiyati juda katta: uning yordami bilan mulkni himoya qilish, buxgalteriya hisobini yuritish sifati va hisobotlarni ishonchliligi, xizmat ko‘rsatish sifati, moliya va boshqa zaxiralarni aniqlash va safarbar qilish ta’minlanadi. Ichki nazorat bankning barcha sohalarini qamrab oladi va bankni boshqarish samaradorligini oshirishga qaratiladi. Ichki bank nazorati tizimini tashkil etish dolzarb vazifa hisoblanadi, u bankning har bir filiali, bank va umuman bank tizimining barqaror rivojlanishi imkoniyatini belgilaydi. Banklarda ichki nazorat tizimini tashkil etishni belgilovchi muhim hujjatlarga nafaqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2008 yil 11 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi 1834-sonli yo‘riqnomasi, balki tijorat banklarining ichki nazoratni tashkil etish bo‘yicha hujjatlari, Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil 23 maydagi 2886-sonli “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari” va boshqa hujjatlarni kiritish mumkin. Bank operatsiyalarini ichki nazorati bu qonun hujjatlariga rioya etilishini, samaradorligini, yuqori darajada bajarilishini va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash tizimi hisoblanadi. Ichki nazorat - bu bank (uning boshqaruv organlari, bo‘linmalari va xodimlari) tomonidan amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon bo‘lib, quyidagi maqsadlarga erishish uchun tavakkalchiliklarni boshqarish, nazorat va korporativ boshqaruv jarayonlari samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Bank ichki nazorati quyidagilarga qaratiladi:
Ichki nazorat operativ tarzda quyidagilarni ta’minlashi kerak: aktivlarning butligini saqlash, bank resurslaridan tejamli va samarali foydalanish; amaldagi qonunchilik va bank ichki hujjatlari talablariga rioya qilish; bankning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi va biznes- rejalarini bajarish; buxgalteriya hujjatlari, moliyaviy hisobotlar, boshqaruv faoliyatiga oid hujjatlar to‘liqligi va to‘g‘riligi; bank faoliyatida tavakkalchilikning paydo bo‘lishi davrida uni aniqlash va tahlil qilish; Bankdagi ichki nazorat tizimi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Download 7.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling