Bank ishi fakulteti bank huquqi fanidan Mustaqil ish
Download 9.7 Kb.
|
Bank ishi fakulteti bank huquqi fanidan Mustaqil ish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hukumat bilan Markaziy bank o‘rtasida axborot almashuvi
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
Hukumatga kredit berish
Kredit berish hukumat va Markaziy bank o‘rtasida alohida kredit shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, to‘lanadigan foizlar normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi. Markaziy bank hukumatga obuna bo‘yicha badallar uchun yoki respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiquvchi boshqa to‘lovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar berishga haqli. Markaziy bank hukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlaridan tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas. Hukumat bilan Markaziy bank o‘rtasida axborot almashuvi Hukumat bilan Markaziy bank iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni nazorat qilish uchun doimiy ravishda statistik axborot almashib turadilar. Hukumat, vazirliklar va idoralar Markaziy bankka u o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy axborot va hujjatlarni taqdim etadilar Undan tashqari, Markaziy bank foiz (diskont) siyosatini, targetlash va boshqa usullardan foydalanib pul massasini boshqarib borishi mumkin. Muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidligini muvofiqlashtirish va inflyasiya sur’atlarini tushirish maqsadida Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy rezervlar me’yorini o‘rnatib berish siyosatini amalga oshiradi. Minimal zahiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur bo‘lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig‘ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Bu zahira bevosita banklarning kreditlash imkoniyatini chegaralasada, ularning minimal likvidligini ta’minlash omili bo‘lishi mumkin. Majburiy zahira me’yori hozirgi kunda O‘zbekistonda 15 foizni tashkil qiladi. Markaziy bank tomonidan zahira miqdori ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda o‘zgartirilishi mumkin, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Banklar Markaziy bankda majburiy zahiralarni deponentlash tartibiga rioya qilinishi uchun javobgardir. «Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zahiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risida»gi nizomda belgilangan majburiy zahiralarni deponentlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha banklar uchun taalluqlidir. Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki omonatlar ko‘rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda depozitga o‘tkaziladi. Majburiy rezerv talablarining me’yorlari yoki tarkibi belgilangani yoki o‘zgartirilgani to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarda kamida bir oylik muddat ko‘rsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki miqdoriga doir yangi me’yorlarni banklar ana shu muddatgacha bajarishlari shart. Banklar har oyning dastlabki uch ish kuni mobaynida Markaziy bankka bank rahbari va bosh hisobchisi (yoki ular vazifasini bajaruvchi shaxslar) tomonidan imzolangan majburiy zaxiralar hisob-kitobini (1-va 2-ilovalarda keltirilgan jadvalga hamda uni to‘ldirish bo‘yicha berilgan uslubiy ko‘rsatmalarga asosan) taqdim etadilar. Markaziy bankda deponentlanishi lozim bo‘lgan majburiy zaxiralarning hisob-kitobi kunlik balans asosida (alohida milliy va alohida xorijiy valyutada) majburiy zaxiralanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning o‘rtacha oylik qoldig‘ini aniqlash orqali tuziladi. Majburiy zaxiralanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning o‘rtacha oylik qoldig‘i hisobot oyining har bir ish kuni bo‘yicha hisobvaraqlarning (alohida milliy va alohida xorijiy valyutada) qoldiqlari yig‘indisini ish kunlari soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!! http://fayllar.org Download 9.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling