Bank ishi fakulteti bank huquqi fanidan Mustaqil ish


Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va operatsiyalari


Download 9.7 Kb.
bet2/3
Sana29.01.2023
Hajmi9.7 Kb.
#1138165
1   2   3
Bog'liq
Bank ishi fakulteti bank huquqi fanidan Mustaqil ish-fayllar.org

Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va operatsiyalari.
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi. Ulardan eng asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish;
-O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini yaratish;
-banklar faoliyatini tartibga solish va banklarni nazorat qilish;
-O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zahirasini saqlash va uni boshqarish;
- Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini uyushtirish.
Mazkur vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi yumushlarni ado etishi zarur.
Iqtisodiyotni pul-kredit vositasida boshqarish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi sifatida uning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq keyingi moliya yili boshlanishiga uzog‘i bilan 30 kun qolganda bu haqda Oliy Majlisga axborot beradi.
MARKAZIY BANKNING HUKUMAT BILAN MUNOSABATLARI
Markaziy bankning vazifalari
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi.
Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda vakolatlariga daxldor barcha muhim masalalar bo‘yicha maslahat beradi.
Markaziy bank har yili hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar, shuningdek monetar va valyuta siyosati bo‘yicha davlat budjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan ma’ruzani taqdim etadi.
Davlat sektoriga qarz ajratish masalalarida maslahatlar berish
Hukumat kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz ajratish, shu jumladan ushbu qarz doirasida to‘lanadigan summalarni berish rejalari, shuningdek kredit berishning taklif etilayotgan muddatlari va shartlari to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va uning davlat organlari olayotgan barcha qarzlar to‘g‘risida Markaziy bankka xabar beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini bir yilga ishlab chiqadi va ular Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangandan so‘ng u mukammal dastur sifatida qabul qilinadi. Bu dastur iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni, pul miqdorining yillik o‘stirish sur’atlarining maqsadli ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valyuta siyoatini amalga oshirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy iqtisodiy tahlilning zarurligiga sabab shuki, monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish barcha muhim makroiqtisodiy hodisalar; pulning qadrsizlanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy qismi va mehnat resurslarining bandligi, to‘lov balansi bilan chambarchas bog‘langan. Pul muomalasini boshqarib borish vositalarini quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin.

Download 9.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling