Bank ishi fakulteti bank huquqi fanidan Mustaqil ish


Download 9.7 Kb.
bet1/3
Sana29.01.2023
Hajmi9.7 Kb.
#1138165
  1   2   3
Bog'liq
Bank ishi fakulteti bank huquqi fanidan Mustaqil ish-fayllar.org


Bank ishi fakulteti bank huquqi fanidan Mustaqil ish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BANK ISHI FAKULTETI
Bank huquqi fanidan
Mustaqil ish
BIA90-2-guruh talabasi
Xakimov Avazjon
Mavzu: Bank tizimi va Markaziy banklarning maqsadi, vazifalari, funksiyalar va operatsiyalari.
1. Banklar, bank tizimi
2. Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va operatsiyalari.
Banklar, bank tizimi
Hozirgi zamonda jahonda umum qabul qilingan tizim bo‘lib ikki pog‘onali bank tizimi xizmat qiladi va u davlat Markaziy banki va tijorat banklari tarmog‘ini o‘z ichiga oladi.
Markaziy Bank banklarning banki sifatida bank va moliya muassasalari faoliyatining barqarorligini ta’minlaydi. Birinchi navbatda, u ko‘pchilik moliya institutlari, banklarning faoliyatida moliyaviy jihatdan muammolar yuzaga kelganida, banklar omonatchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolgan holda moliyaviy sarosima paydo bo‘lishining oldini olishi kerak. Bu masalani hal qilish uchun Markaziy bank, avvalo, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini ikkinchi pog‘ona - tijorat banklari tizimiga nisbatan bajaradi. Markaziy bank majburiyatiga tijorat banklarining har kunlik faoliyatiga aralashish kirmaydi. Markaziy bank tijorat banklarning me’yoriy boshqarilishi, ularning to‘lovga qobiliyatliligi va likvidliligini ta’minlanishini kuzatib borishi va omonatchilar manfaatlarini himoya qilishi kerak. Bularning barchasi nazorat me’yorlari tizimi yordamida amalga oshirilib tijorat banklari pog‘onasiga yetkaziladi.
Markaziy bank pul siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan muomaladagi pul massasi ustidan nazoratni amalga oshiradi va inflyasiya, ishsizlikning past darajasini ta’minlash va iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratishi kerak. Bunda Markaziy bank emission bank vazifasini bajaradi, ya’ni muomalaga pul belgilarini chiqarish va ularni muomaladan olish huquqiga ega bo‘ladi.
Markaziy bank yana tijorat banklari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni olib borishga imkoniyat yaratadi.
Bank tizimining ikkinchi pog‘onasi - bu xalq xo‘jaligi va aholiga xizmat ko‘rsatishda bosh bo‘g‘in bo‘lgan mustaqil tijorat banklarning tarmog‘idir. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida turli hisob-kitob va kredit operatsiyalarini amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa turli bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradilar.

Download 9.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling