Bank ishi” fakulteti “Bank ishi” kafedrasi Kurs ishi


Asosiy qism 1. Mamlakat oltin valyuta zaxiralarini tashkil qilishning huquqiy asoslari


Download 1.12 Mb.
bet2/7
Sana21.04.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1368693
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kursi ishi.....Og\'abek

Asosiy qism
1. Mamlakat oltin valyuta zaxiralarini tashkil qilishning huquqiy asoslari
Oʻzbekistonda soʻnggi 5—6 yil davo-mida O.-v.z.ning hajmi mamlakatning 5 oylik import hajmini qoplay olish darajasida saqlanib kelin-moqda. Xalqaro tajribaga muvofiq, mamlakatning Oltin valyuta zahiralarining hajmi maz-kur mamlakatning 3 oylik import haj-midan kam boʻlmasligi lozim (yana qarang Valyuta rezervlari).
Markaziy banklarning rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatadiki, ularning kelib chiqishi xususiy banklarga berilgan imtiyozda, ya'ni pul bosib chiqarishda (pul emissiyasi) namoyon bo‘lgan.
Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida markaziy (emitent) va tijorat banklari o‘rtasida farq bo‘lmagan, lekin pul-kredit tizimi rivojlangan sari bir necha yirik tijorat banklarida banknot emissiyasini markazlashtirish jarayoni yuz bergan, natijada banknotlarni chiqarish monopol huquqi bitta bankka tegishli bo‘lib qolgan.
Markaziy banklarning paydo bo‘lishi XIX asrning o‘rtalariga va XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi, chunki bu davrda ko‘pchilik hukumatlar muomaladagi pul masalasini nazorat qilish muayyan banklar bo‘ynida bo‘lishni qonunlashtirgan.
Markaziy bank birinchi marta qayerda va qachon paydo bo‘lganini aytish qiyin. Ayrim iqtisodchilar markaziy bankning vazifalarini birinchi bo‘lib bajargan bankning tashkil topgan sanasi deb hisoblaydilar. Bu mezonga Riksbank (Shvetsiya banki bo‘lib, 1668-yilda tashkil etilgan) mos keladi. Angliya banki 1694-yilda tashkil topgan. Yaqinda O‘zbekiston Markaziy bankining ochiqlangan ma’lumotlarida davlatimiz 26 milliard dollar qiymatdagi oltin-valyuta zaxiralariga ega ekanligi ma’lum qilindi. Xo‘sh, bu boylik nima uchun to‘plangan, umuman davlatlar qanday maqsadlarni ko‘zlab oltin-valyuta zaxiralarini shakllantiradilar?
O‘zini hurmat qilgan, ehtiyot choralarini ko‘rgan har qanday inson, oila ertangi kunini o‘ylaydi. Davlatni ham yirik bir oilaga qiyoslash mumkin. Kelajakni rejalashtirgan davlatlar albatta o‘z oltin-valyuta zaxiralarini saqlashni va ko‘paytirib borishni mo‘ljallaydilar.
Davlatlarning oltin-valyuta zaxiralari asosan xorijiy valyuta (AQSh dollari, Yevro, yapon iyenasi, Angliya funt sterlingi), qimmatbaho unsurlar (oltin, olmos, platina), maxsus obligatsiyalar va Xalqaro valyuta jamg‘armasiga kiritilgan mablag‘lar orqali shakllantiriladi hamda kuchli nazorat ostida saqlanadi.
Bu shakldagi boyliklar to‘planishining o‘ziga xos sabablari bor: sanab o‘tilgan valyutalar dunyoning barcha davlatlarida qabul qilinadi, oltin kabi qimmatbaho metallar odatda o‘z qiymatini yo‘qotmaydi va ularni zudlik bilan sotish mumkin, xaridorgir obligatsiyalar esa oz bo‘lsa-da, foyda keltirib turadi.
Oltin-valyuta zaxiralarini saqlashdan bir necha maqsad ko‘zlanadi:
Milliy valyuta kursini keskin tushib ketishdan asrash;
Kutilmagan vaziyatlarda (harbiy harakatlar, xalqaro iqtisodiy inqiroz, embargo, eksportning keskin tushib ketishi) iqtisodni qo‘llab-quvvatlash;
Byudjetdagi kamchiliklarni to‘ldirish, har qanday holatda ham ijtimoiy himoyani saqlab qolish;
Imkoniyat bo‘lganda foyda olish.
Bu shakldagi boyliklar to‘planishining o‘ziga xos sabablari bor: sanab o‘tilgan valyutalar dunyoning barcha davlatlarida qabul qilinadi, oltin kabi qimmatbaho metallar odatda o‘z qiymatini yo‘qotmaydi va ularni zudlik bilan sotish mumkin, xaridorgir obligatsiyalar esa oz bo‘lsa-da, foyda keltirib turadi.
Oltin-valyuta zaxiralarini saqlashdan bir necha maqsad ko‘zlanadi:
Milliy valyuta kursini keskin tushib ketishdan asrash;
Kutilmagan vaziyatlarda (harbiy harakatlar, xalqaro iqtisodiy inqiroz, embargo, eksportning keskin tushib ketishi) iqtisodni qo‘llab-quvvatlash;
Byudjetdagi kamchiliklarni to‘ldirish, har qanday holatda ham ijtimoiy himoyani saqlab qolish;
Imkoniyat bo‘lganda foyda olish.
Oltin-valyuta zaxiralarini saqlashdan bir necha maqsad ko‘zlanadi:
Shveysariya aholi soniga nisbatan o‘z oltin zaxirasi (1040 tonna)ning miqdori bo‘yicha mutlaq yetakchi hisoblanadi. Bu davlatning har bir fuqarosiga davlatning 140 gramm oltini to‘g‘ri keladi;
Yaponiyaning oltin zaxirasi ham 16 yildan buyon o‘zgarmas miqdorda saqlanmoqda va bu zaxira umumiy boylikning 2,3 foizinigina tashkil qiladi;
Hindiston 557,8 tonna oltin zaxirasi bilan o‘nlikni yakunlagan bo‘lsada, aholisi tomonidan oltin xarid qilish ko‘rsatkichlari bo‘yicha so‘nggi yillarning mutlaq yetakchisi hisoblanadi.
OLTIN VALYUTA ZAXIRA
Oʻzbekiston har yili 100 tonnaga yaqin oltin ishlab chiqaradi va qimmatbaho metallni eksport qilish boʻyicha dunyodagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatning rasmiy xalqaro oltin-valyuta zaxirasi esa 34 milliard dollardan oshgan.
Oʻzbekiston Markaziy banki xalqaro oltin-valyuta zaxirasining qariyb 60 foizi oltin koʻrinishida saqlanadi. Shuningdek, xalqaro zaxira tarkibida AQSH dollar katta ulushga ega. Vaqti-vaqti bilan “zaxiralar kamaydi” yo “koʻpaydi” kabi tushunarsiz xabarlar aslida jahon bozorida oltin narxining oʻzgarishi, dollarning boshqa valyutalarga nisbatan qadrsizlanishi yoki teskari harakat bilan ifodalanishi zarur.
Markaziy bank raisi oʻrinbosari Bobur Abubakirovning WGC nashriga bergan intervyusida Oʻzbekiston zaxiralarining katta qismi nima uchun oltinda saqlanishiga izoh berilgan.
“Avvalo, monetar siyosatni samarali amalga oshirish, valyuta almashinuv kursini qoʻllab-quvvatlash hamda xalqaro obligatsiya (sotib olgan) sohiblari oldida majburiyatlarimizni bajara olishimizga ishonchni oshirish maqsadida shunday qilinadi. Shuningdek, tabiiy ofatlar va tashqi shoklar davrida oltin zaxirasi xalqaro oʻtkazmalar boʻyicha shartnomalarni, mamlakatimiz iqtisodiy farovonligini kafolatlaydi”, — deydi Abubakirov.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda xalqaro zaxiralari tarkibida 375 tonna oltin mavjud va ayni paytda jahon bozorida buning qiymati 22 milliard dollardan oshadi.
Markaziy Bank 2003 yildan buyon Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan oltin boyliklarini sotib oluvchi huquqqa ega yagona idora hisoblangan. Asosan, Navoiy togʻ-kon metallurgiya kombinati oltinlarini sotib olgan Markaziy bank boyliklarni xorijiy bozorda sotish, xorijiy valyutadagi tushumlarni boshqarish orqali monetar siyosatni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlgan. Shuningdek, oʻz zaxirasini mustahkamlash uchun MB oltinni sotib oladi, bozorda narx koʻtarilsa, sotishi ham mumkin.
2019 yili bosh regulyatorning eksklyuziv huquqi bekor qilindi: endilikda oltin ishlab chiqaruvchi kombinatlar boyliklarni, birinchi navbatda, Markaziy bankka xarid uchun taklif etadi. Agar MB xaridga mayl bildirmasa, oltin birja savdosiga chiqarilishi mumkin. Bundan tashqari, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma orqali oltin sotilishi mumkin. Bundan koʻzlangan maqsad — mahalliy zargarlik bozorini rivojlantirish.
Markaziy bank raisi oʻrinbosari Bobur Abubakirovning taʼkidlashicha, bosh regulyatlor har safar kombinatlardan oltin xarid qilishi bilan iqtisodiyotga koʻproq mahalliy valyuta muomalaga kiritilishi tayin. Pul massasining koʻpayib ketishini kompensatsiyalash uchun MB oltin sotuvidan tushgan xorijiy valyutani birja savdolariga chiqaradi.
“Zaxiralarni valyuta almashinuv kursini barqaror saqlab turish uchun ishlatishdan yiroqmiz. Aksincha, bizning intervensiya milliy valyutada xarid qilingan oltin hisobiga iqtisodda toʻplangan oshiqcha likvidlikdan tozalashni maqsad qiladi. 2018 yilda ishlab chiqarilgan barcha oltin boyliklari bozorda sotildi va xalqaro zaxira moddiy hajmi oʻzgarmadi, shundan buyon biz neytralitet prinsipiga sobitmiz”, — deydi u.
Markaziy bank oltin zaxiralari qayerda saqlanadi? Ushbu savolga ochiq manbalarda aniq javob yoʻq. Masalan, valyuta boyliklarning qanchasi xorijiy banklar, jamgʻarmalarda saqlanishi haqida MB tomonidan davriy axborot eʼlon qilinadi. Lekin oltin va uning tarkibi, saqlanishiga doir aniq maʼlumotlar oshkor etilmagan.
O‘zbekiston Markaziy bankining dastlabki nomi O‘zbekiston SSR Davlat banki bo‘lgan va O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida faoliyat ko‘rsatgan.
So‘ngra 1991 yil 30 sentyabrda Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritilgach, O‘zbekiston SSR Davlat banki O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki deb, 1992 yil 2 iyulda esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki deb nomlangan.
O‘zbekiston Markaziy bankining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini belgilovchi hujjatlari bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (XXV bob, 124-modda), «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun va boshqa rasmiy qonun hujjatlaridir.
Bobur Abubakirovning aytishicha, Markaziy bank daromadlarini oshirish maqsadida oltin zaxirasining ayrim qismini xorijdagi investitsion banklarida saqlaydi.
Manbalarga koʻra, oʻzbek oltini Shveysariyaning Syurix shahrida joylashgan bank depozitlarida saqlanadi. Masalan, Uzbekistan Airwaysʼga qarashli uchoq shu yilning 26 oktyabr kuni maxsus reys bilan Toshkent–Syurix–Toshkent parvozini amalga oshirdi. Yuklarsiz parvoz qilganda 86 tonna ogʻirlikda boʻlgan havo kemasi parvozdan oldin texnik koʻrsatkichlarga asosan maksimal ogʻirlikda — 186 tonna boʻlgani koʻrsatilgan.
Keyinroq, 10 noyabrga qadar Syurixga yana ikkita maxsus reys amalga oshirlgan.
Xulosa shundayki, Oʻzbekiston milliy boyligining barchasi mamlakat ichida saqlanmaydi va hozircha ochiqlangan maʼlumotga koʻra, xorijiy bankdagi depozitga qoʻyilgan oltindan Markaziy bank qoʻshimcha daromad koʻradi. Katta ehtimol bilan, ushbu daromad xalqaro zaxirani boyitishga yoʻnaltirilgan.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari keskin ko‘paydi
2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,8 mlrd dollarni tashkil qildi.
Zaxiralar o‘tgan oyga nisbatan 2,3 mlrd dollarga ko‘paydi. Ular asosan oltin va xorijiy valyutadan iborat. Dekabr oyida ikkalasi ham ko‘paygan:
valyuta — 1,7 mlrd dollarga ko‘paydi (umumiy 11,6 mlrd dollar);
oltin — 600 mln dollarga ko‘paydi (umumiy 22,46 mlrd dollar).
Dekabrda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket ikkinchi oy ko‘paydi. Mamlakat zaxiralarida taxminan 395 tonna oltin bor va noyabrga nisbatan 3 tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston 2022-yilning noyabr oyida yetti oydan so‘ng ilk marta oltin sotdi. Mamlakatning oltin zaxiralari kamayishiga bu holat ham o‘z ta’sirni o‘tkazgan. Yil boshidan beri O‘zbekistonning qimmatbaho metall zaxiralari 35 tonnaga ko‘paygan.

O‘zbekiston nega oltin sotdi?


Global oltin narxlari mart oyida 2 050 dollar atrofida shakllangan edi. Biroq geosiyosiy vaziyat oqibatida narxlar yil davomida 1 650 dollardan ham tushib ketdi.
Bu holatda O‘zbekiston ko‘proq oltin sotib ola boshladi va qimmatbaho metallni xarid qilish bo‘yicha jahonda yetakchilardan biriga aylandi.
“Biz uchun ikkita omil bor: joriy narx va kelajakdagi narx. Narx ko‘tarilmoqdami yoki u o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetib, pasayyaptimi? Bu biz izlayotgan daqiqa. Agar narx ko‘tarilayotgan bo‘lsa, kutganimiz ma’qul”, — degan edi O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev.
Noyabr oyiga kelib vaziyat birmuncha yaxshilandi va jahonda oltin narxlari 1 800 dollargacha ko‘tarildi. Ayni shu davrdan boshlab O‘zbekiston yana oltin sotishni boshlagan.
Oltin zaxiralari nima uchun kerak?
Oddiy til bilan aytganda, bu sug‘urta, davlatning “xavfsizlik yostig‘i”. Zaxiralar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida favqulodda vaziyatlar uchun mavjud.
Zaxiralar odatda yuqori likvidli, ya’ni tez sotiladigan aktivlarda saqlanadi. Oltin va xorijiy valyuta ushbu talablarga javob beradi — ulardan istalgan vaqtda qarz to‘lash yoki investitsiyalar uchun foydalanish mumkin.
2017-yilgacha O‘zbekiston zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamoatchilikka e’lon qilinmas edi. O‘sha yilning noyabr oyida zaxiralar 26 milliardni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan. O‘shandan beri ular 10 mlrd dollargacha o‘sgan.
Zaxiralardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin va o‘rni qanday to‘ldiriladi?
Zaxiralardan turli mamlakatlarda turlicha foydalaniladi. Bu odatda to‘lov balansi taqchilligini moliyalashtirish, valyuta bozorida intervensiyalar o‘tkazish, milliy valyuta kursini ushlab turish, tashqi qarzlarni qoplash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Zaxiralar mamlakatda qazib olingan oltin, xalqaro bozorga qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi, savdo balansi profitsiti va boshqalar hisobiga to‘ldiriladi.
Masalan, O‘zbekistonda zaxiralar OKMK yoki NKMK tomonidan qazib olingan oltin hisobiga to‘ldiriladi. Oltin chetga sotilganda mamlakatdagi zaxiralar ham kamayadi. O‘zbekiston esa noyabrda mart oyidan beri birinchi marta oltin sotdi.
35,8 mlrd dollar — bu ko‘pmi yoki kam?
Boshqa mamlakatlar bilan taqqoslansa, unda Xitoy katta farq bilan birinchi o‘rinda — 3,1 trln dollar. Ikkinchi o‘rinda Yaponiya (1,23 trln dollar), uchinchi o‘rinda esa Shveysariya (841 mln dollar) turadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni mamlakatlar orasida Qozog‘iston zaxiralari 33,9 milliard dollarni, Tojikistonniki 2,7 milliard dollarni, Qirg‘izistonniki esa 2,5 milliard dollarni tashkil etadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarga, shu jumladan, O‘zbekistonga ham xalqaro tashkilotlar uch oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lgan zaxiralarni saqlashni tavsiya qiladi.
35,8 mlrd dollar hozir O‘zbekistonga 14 oydan ortiq importni moliyalashtirish uchun yetarli. Bunday ko‘rsatkich ishonchli hisoblanadi.
O‘zbekiston xalqaro zaxiralari 2022-yil boshidan 628 mln dollarga yoki 1,8 foizga oshdi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1 799 dollardan 1 812 dollargacha ko‘tarilishining ta’siri 0,2 mlrd dollarni tashkil qilgan.
O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, 33 mlrd 496,1 mln dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan 583,8 mln dollarga kam. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 12,5 mln troy unsiyani tashkil qilmoqda va bu o‘tgan nisbatan 0,2 mln troy unsiyaga ko‘p. Uning moliyaviy qiymati 21 mlrd 1,9 mln dollardan 20 mlrd 977 mln dollarga kamaygan.
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) 12 mlrd 44,2 mln dollardan 11 mlrd 502,3 mln dollarga kamaygan.
Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 1,64 mlrd. dollarga yoki 4,7 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1672,75 dollargacha pasayishining ta’siri 1,59 mlrd. dollarni tashkil qildi.

O‘zbekiston oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egalladi, yil boshidan buyon mamlakat oltin zaxirasini 19 tonnadan oshirgan. Bu haqda Gold.org xabar bermoqda.
Shunday qilib, joriy yilning birinchi choragida qariyb 25 tonna oltin sotilgan bo‘lsa-da, yil boshidan sof xaridlar 19 tonnadan oshdi. Ayni paytda oltin zaxiralari 381 tonnadan ortiqni (umumiy zaxiraning 59 foizini) tashkil etadi, deyiladi xabarda.
Yil boshidan buyon Turkiya, Misr, Iroq va Hindiston qimmatbaho metall zaxiralarining o‘sishi bo‘yicha O‘zbekistondan oldinda.
Avvalroq, Repost nashri O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 34 milliard dollarni tashkil qilgani haqida xabar bergan edi.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling