Bank ishi” fakulteti “Bank ishi” kafedrasi Kurs ishi
O‘zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxiralari tarkibi
Download 1.12 Mb.
|
Kursi ishi.....Og\'abek
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxiralari tarkibidagi monetar oltin qiymati tahlili
O‘zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxiralari tarkibi:
Oltin-valyuta zaxiralari tarkibining tahlili ularning aksariyat qismi monetar oltindan iborat ekanini ko‘rsatdi: 2021 yil oxirida qariyb 61,5 foiz. Oltin hajmining yuqoriligi asosan oltin narxining oshishi va narx qiymati eng yuqori bo‘lgan paytda sotilishi bilan bog‘liq. Eksport hajmlari miqdoriy jihatdan unchalik o‘zgarmaydi, ularning oltin-valyuta zaxiralari tarkibidagi miqdori ham kamaymaydi. Masalan, 2019-yil boshi va 2021-yil oxirida, o‘tgan vaqt davomidagi ma’lum o‘zgarishlarga qaramasdan, oltin hajmi 11,4 mln troy unsiyasi (yoki 353,6 tonna oltin) darajasida saqlanib qoldi. Butunjahon oltin kengashining (WGC) 2021-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarkibidagi oltin hajmi bo‘yicha dunyoning top-20 taligi reytingida (Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya va Liberiyadan o‘zib ketgan holda) oltin-valyuta zaxiralari tarkibida 352,7 tonna yoki 60,5 foiz oltin hajmi bilan 15-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxiralari tarkibidagi monetar oltin qiymati tahlili: Reytingda birinchi o‘rinni uzoq yillardan beri AQSH egallab kelmoqda, uning zaxiralari jahondagi monetar oltinning chorak qismiga to‘g‘ri kelib, oltin-valyuta zaxiralari tarkibidagi oltin hajmi 8 133 tonna yoki 66,28 foizni tashkil qiladi. Germaniya, Italiya, Fransiya, Gollandiya kabi mamlakatlarda ham oltin-valyuta zaxiralaridagi oltinning ulushi yuqori. Rossiya MDH mamlakatlari orasida eng yirik oltin sohiblari top-20 taligiga kirib, 2301,64 tonna oltin hajmi bilan 5-o‘rinni egallagan, uning oltin-valyuta zaxiralari tarkibidagi monetar oltin hajmi 21,7 foizni tashkil qiladi. Qozog‘iston so‘nggi yillarda faol oltin xaridori hisoblanib, 2021-yilda eng yirik oltin hajmiga ega davlatlar safidan o‘rin egalladi. Qozog‘istonning oltin zaxiralari oltin-valyuta zaxiralari tarkibida 402,38 tonna yoki 68,32 foizni tashkil etadi. Oltin hajmi va oltin-valyuta zaxiralarining umumiy hajmi o‘sishi tendensiyasi, shu jumladan, Xitoyda ham kuzatilayotgan bo‘lib, mazkur davlat 1 948,3 tonna oltin hajmi bilan reytingda 7-o‘rinni egallagan. Jahonda AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinni 2 814 tonna oltin hajmi bilan Xalqaro valyuta jamg‘armasi egallagan. Umumiy hisobda, eng yirik oltin sohiblari 20 taligiga 10 ta iqtisodiy rivojlangan davlat, 3 ta yangi industrial mamlakat va mos ravishda 7 ta rivojlanayotgan davlat kirdi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling